Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   290
Bog'liq
falsafa

irodasiga  ko‘ra  yaratgan  va  uni  mangu  boshqaradigan,  olamga  nisbatan  barhayot  ilohiy 
xilqat  (shaxs)  sifatida  tushunishdan  kelib  chiqadi.  Teistik  ta'limotga  ko‘ra  Xudo  olamning, 
umuman,  rang  baranglikdan  iborat butun  borliqning  bosh  negizidir.  Hamma  narsaning  ildizi 
Unda, chunki hamma narsa bosh sabab sifatida Undan kelib chiqadi va oxirgi maqsad sifatida 
Unga intiladi. Xudo – birinchi va so‘nggi sababdir, ya'ni olamning sababkori va maqsadidir. 
Xudo  o‘z  xususiy  mohiyatidagi  mutlaq  zarurat  tufayli  ham  shundaydir.  Teizmda  Xudo 
cheksiz,  barhayot,  tabiatdan  ustun  turuvchi  yaratilmagan  shaxsiyat  voqyeligi  sifatida 
anglanadi.  U  O‘zidan  tashqaridagi  hamma  narsani  yaratgan,  butun  borliqqa  nisbatan 
transsendentdir (ya'ni bilib bo‘lmas, har qanday tajriba doirasidan tashqarida), shu bilan birga 
u olamdagi ta'sirchan ishtirokini saqlab qoladi. 
Deizm  va  panteizm  kabi  noan'anaviy  teistik  ta'limotlar  birmuncha  boshqacharoq 
yondashuvlarga tayanadilar. 
Deizm  ta'limoti  yevropada  Uyg‘onish  davrida  XUP  asrda  yoyilgan  bo‘lib,  unga  ingliz 
mutafakkiri lord Cherberi asos solgan.Deizm ta'limoti Xudoning olam yaralganidan  keyingi 
ta'sirchan  ishtirokini  inkor  etadi.  Xudo  olamni  yaratib  bo‘lgach,  keyingi  jarayonlarning 
qonuniy kechishida hyech qanday tarzda ishtirok etmaydi va unga aralashmaydi.  
Panteizm yana bir falsafiy-ilohiy oqimlardan biri hisoblanadi. Mazkur atama XIX asrda K. 
Krauze  tomonidan  muomalaga  kiritilgan.  Ushbu  ta'limotga  ko‘ra,  olam  Xudoning  o‘zida 
yashaydi, lekin Xudo olamga singib ketmaydi. Panenteizm panteizmga yaqin ta'limot bo‘lib, u 
Xudoni koinot bilan tenglashtirmaydi, ayni paytda ularni ajratmaydi ham. 
Panteistik  g‘oyalar  qadimiy  hind  tafakkurida  – ayniqsa,  braxmanizm,  hinduizm,  vedanta 
ta'limotlarida, shuningdek qadimiy Xitoy falsafasi  - daosizmda, qadimiy yunon falsafasida  – 
Fales,  Anaksimen,  Anaksimandr  ta'limotlarida  allaqachon  mavjud  edi.  Bu  ta'limotlar  o‘rta 
asrlarga  kelib  ham  musulmonlar  Sharqida,  ham  yevropada  rivojlana  boshladi.  Panteistlar 
olamning  Xudo  tomonidan  hyech  narsadan  yaratilganligi  haqidagi  hukmron  teistik 
tasavvurlarga zid ravishda tabiatning vaqtdan tashqarida, doimiy ravishda shaxsiyatsiz Xudo 
tomonidan  vujudga  keltirilishi  to‘g‘risidagi  konsepsiyani  rivojlantirdilar.  Bu  g‘oyalar 
neoplatonchilar  va  ularning  Yaqin  Sharqdagi  izdoshlarining  emanatsiya  to‘g‘risidagi 
ta'limotlarida  o‘z  ifodasini  topdi.  Emanatsiya  g‘oyasi,  masalan,  sharq  peripatetizmi 
vakillaridan  biri  bo‘lgan  Forobiy  falsafiy  ta'limotining  asosini  tashkil  etgan.  Forobiy 


ta'limotiga  muvofiq  Alloh  –  «o‘z-o‘zidan  zaruriy  mavjudiyat»  har  biri  osmonning  muayyan 
sohasiga  taalluqli  bo‘lgan,  koinot  «aqllaridan»  (aql  qadimiy  yunon  tilida  Nus)  boshlanuvchi  
qator emanatsiyalar (kechimlar) orqali abadiy olamni  – «o‘zga tufayli zaruriy mavjudiyat»ni 
yaratadi. Mazkur «aqllarning» maqsadi oy ostidagi olamda  ro‘y beradigan vujudga  keltirish 
va yo‘q qilib yuborish jarayonlarini boshqaradigan «faol aql»ga (ongga) borib taqaladi.  
Panteistik g‘oyalar Uyg‘onish davrida yevropalik faylasuflar – N.Kuzanskiy, J. Bruno, B. 
Spinoza va boshqa shu kabilar ijodida o‘z ifodasini topgan. Masalan, Bruno fikricha, cheksiz 
zoxiriy mutlaqlik bo‘lgan Xudo tabiat bilan tobora to‘laroq birlashib borgan, bu hol to Xudo 
mohiyatan tabiatning taxallusiga aylangunga qadar davom etgan
399

Shu  tariqa  falsafiy  teologiya  e'tiqod  nuqtai  nazaridan  keltirib  chiqariladigan  diniy 
teologiyadan  –  ilohiyotdan  farqli  ravishda  Xudo  to‘g‘risidagi  masalalarni  «oldindan  taxmin 
qilish»  va  ularni  falsafiy  usullar  vositasida  ko‘rib  chiqishga  da'vogarlik  qiladi.  Xudoga  oid 
masalalarni, ilohiy voqyelikni talqin etish muayyan falsafiy oqimlar, ta'limotlar, konsepsiyalar 
nuqtai nazaridan, ular tomonidan ontologik, antropologik, gnoseologik, sotsiologik va boshqa 
muammolarni hal etish  orqali amalga oshiriladi. Bu yerda fikrlar olamni anglashdan Xudoni 
anglash sari harakat qiladi. 
Falsafiy  teologiyadan  diniy  falsafani  yoki  teosofiyani  (  yunoncha  Deos  –  Xudo,  sofia  – 
donolik)  ajrata  bilish  kerak.    Diniy  falsafa  o‘zining    ontologik,  antropologik  va  boshqa 
muammolarni  qanday  hal  etishidan  kelib  chiqqan  holda,  olamni,  insonni,  qadriyatlarni,  shu 
jumladan  ilohiy  voqyelik  masalalarini  ko‘rib  chiqishni  o‘z  predmeti  qilib  oladi.  Bu  yerda 
fikrlar  diniy  dunyoqarashlardan  falsafiy  muammolarni,  ya'ni  inson-olam  munosabatlari 
muammolarini ko‘rib chiqish sari harakat qiladi. Diniy falsafa, uning tomizm, islom falsafasi 
(kalom),  dzen-buddizm,  neotomizm,  nasroniylik  antropologiyasi,  umumiy  mushtaraklik 
metafizikasi  kabi  boshqa  oqimlari  ilohiyot  ilmi  bilan  falsafa  ilmi  to‘qnashadigan  nuqtada 
joylashgan. Ular  borliq, olam, inson muammolarini ko‘rib chiqishda diniy dunyoqarashning 
asosiy qoidalaridan kelib chiqadilar.  
 
2 bobDIN FeNOMeNI (DINNING MOHIYaTI) 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish