Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
 
 
2-§. Xristianlik 
 
Xristianlik (grekcha so‘zdan kelib chiqqan: «Xristos  – «muqaddas yog‘ surilgan shaxs», 
«masih»,  xaloskor  degani)  I  asrda  Falastinda  paydo  bo‘ldi.  Eng  avval  Falastin  va  O‘rta  yer 
dengizi bo‘ylarida yashagan yahudiylar orasida tarqalib, dastlabki o‘n yilliklardayoq boshqa 
xalqlar («majusiylar»)dan tobora ko‘proq muxlislar orttirdi. V asrgacha xristianlik asosan Rim 
imperiyasining  jug‘rofiy  hududida,  shuningdek  uning  siyosiy  va  madaniy  ta'siri  doirasida 
(Armaniston,  sharqiy  Suriya,  Habashiston),  keyinchalik  (asosan  birinchi  ming  yillikning 
ikkinchi  yarmida)  german  va  slavyan  xalqlari  orasida,  keyinroq  (XIII-XIV  asrlarga  kelib) 
boltiq  va  fin-ugor  xalqlari  orasida  ham  tarqaldi.  Yangi  va  Eng  yangi  davrda  xristianlikning 
yevropadan  tashqarida  tarqalishi  mustamlakachilik  harakatlari  va  missionerlarning  faoliyati 
tufayli  sodir  bo‘ladi.  Butun  dunyoda  xristianlikka  e'tiqod  qiluvchilar  soni  1mlrd.  kishidan 
oshadi (jahon aholisining qariyb 28 foizi), bundan 475 mln.ga yaqini yevropada, 250 mln.ga 
yaqini  Lotin  Amerikasida,  155  mln.ga  yaqini  Shimoliy  Amerikada,  100  mln.ga  yaqini 
Osiyoda, 110 mln.ga yaqini Afrikada istiqomat qiladi. Bulardan 660 mln.ga yaqini katoliklar, 
300 mln.ga yaqini protestantlar (sektalari bilan birgalikda, ular orasida 42 mln. metodistlar va 
37 mln. baptistlar bor), pravoslavlar va Sharq «noxalkidon» diniy e'tiqodlariga ergashuvchilar 
(monofisitlar, nestorianlar va h.k.) 120 mln. kishiga yaqin
405

Xristianlik  yahudiylikda  pishib  yetilgan  mutlaq  barakat  va  marhamat,  mutlaq  bilim  va 
mutlaq qudrat egasi bo‘lmish yagona Xudo g‘oyasini rivojlantirdi. Ya'ni barcha jonzotlar va 
                                                 
1
1
 M. Malherbe. Zes religions. Saind-Amand-Moontrond, 2000, p. 95. 


ashyolarni u yaratgan, hamma narsa ilohiy irodaning moneliksiz mayl-ixtiyori bilan vujudga 
kelgan. 
Xristianlik ta'limotiga ko‘ra, inson Xudoga «qiyofadoshlik va o‘xshashlikni» ifodalovchi 
sifatida yaratilgan. Biroq dastlabki odamlar tomonidan sodir etilgan osiylik odamga ilk gunoh 
tamg‘asini  bosib,  insonning  xudoga  o‘xshashligini,  ya'ni  pokligini  barbod  qildi.  Xristos 
chormixga  tortish  azoblarini  va  o‘limni  qabul  qilib,  butun  odamzod  uchun  aziyat  chekib, 
odamlarning «gunohini yuvgan». Shu sababli xristianlik azob-uqubatning, inson o‘z istaklari 
va  ehtiroslarini  har  qanday  tarzda  cheklashining  poklovchilik  ahamiyatini  ta'kidlaydi:  «o‘z 
krestini qabul qilar ekan» inson o‘zidagi va atrof muhitdagi yovuzlikni yengishi mumkin. Bu 
bilan inson xudoning amrini bajo etibgina qolmay, balki uning o‘zi ham o‘zgaradi va Xudo 
sari  yuksalishga  musharraf  bo‘ladi,  unga  yaqinroq  bo‘lib  qoladi.  Xristian  kishining  taqdiri, 
uning Iso o‘zini qurbon qilganligini to‘g‘ri deb hisoblashi – oqlashi ana shundandir. 
1054 yilda pravoslav va katolik cherkovlarining bo‘linishi yuz berdi.  
Pravoslavie  –  xristianlikning  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘lib,  tarixiy  jihatdan  uning 
sharqiy  tarmog‘i  sifatida  shakllangan.  U  asosan  Sharqiy  yevropa,  Yaqin  Sharq 
mamlakatlarida,  Balqonda  tarqalgan.  Pravoslaviening  teologik  asoslari  Vizantiyada 
shakllangan bo‘lib, bu yerda pravoslavie IV – XI asrlarda hukmron din edi. 
Muqaddas  kitob  (Bibliya)  va  Muqaddas  rivoyat  (IV  –  VIII  asrlardagi  yettita  Dunyo 
xristianlari  yig‘inining  qarori),  shuningdek  Afanasiy  Aleksandriyskiy,  Vasiliy  Velikiy, 
Grigoriy  Bogoslov,  Ioann  Damaskin,  Ioann  Zlatoust  singari  eng  e'tiborli  yirik  cherkov 
arboblarining asarlari diniy ta'limotning asosi sifatida e'tirof etilgan. Diniy ta'limotning asosiy 
qoidalarini shakllantirish cherkovning ana shu rahnamolari zimmasiga tushgan. 
Katolitsizm  xristianlikning  ikkinchi  yirik  yo‘nalishidir.  «Katolitsizm»  so‘zi  umumiy, 
butun dunyoga oid degan ma'noni anglatadi. Uning ibtidosi, rivoyatga ko‘ra Rimdagi, apostol 
(havoriy)  Pyotr  birinchi  yepiskop  bo‘lgan,  uncha  katta  bo‘lmagan  xristian  jamoasidan 
boshlanadi.  Xristianlikda  katolitsizmning  ajralish  jarayoni  Rim  imperiyasining  g‘arbiy  va 
sharqiy  qismlari  o‘rtasidagi  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  tafovutlar  kuchaygan  va 
chuqurlashgan paytda, III asrdayoq boshlangan. 
Katolitsizm  xristian  dinining  yo‘nalishlaridan  biri  sifatida  uning  asosiy  aqidalari  va 
marosimlarini  tan  oladi,  lekin  diniy  ta'limotda,  ibodatda tashkiliy  tuzilishda  bir  qator  o‘ziga 
xos  xususiyatlarga  ega.  Butun  xristianlikda  bo‘lgani  singari  Muqaddas  kitob  va  Muqaddas 
rivoyat  katolik  diniy  ta'limotining  asosi  hisoblanadi.  Biroq  pravoslav  cherkovidan  farqli 
ravishda  katolik  cherkovi  faqat  yettita  dastlabki  Dunyo  xristianlari  yig‘inining  emas,  balki 
keyingi  barcha  yig‘inlarning  ham  qarorlarini,  bundan  tashqari  –  papaning  maktublari  va 
qarorlarini  Muqaddas  rivoyat  deb  hisoblaydi.  Katolik  cherkovining  tashkiliy  tuzilishi  qat'iy 
markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Rim papasi – bu cherkovning rahnamosi. U e'tiqod 
va  axloq  masalalariga  doir  qonun-qoidalarni  belgilaydi.  Uning  irodasi  Dunyo  xristianlari 
yig‘ini irodasidan yuqoridir. 
XVI-XVII  asrlardagi  Refarmatsiya  jarayonlari  natijasida  protestant  cherkovlari 
(lyuteranlik,  kalvinizm,  anglikanlik va  boshqalar)  paydo  bo‘ldi.  Ular  Shimoliy  va  Markaziy 
yevropa  (Buyuk  Britaniya,  Skandinaviya,  Germaniya  va  boshqa)  mamlakatlarida,  keyinroq 
esa  Shimoliy  Amerika  (AQSh,  Kanada),  Avstraliya  va  boshqa  bir  qator  mamlakatlarda  eng 
ko‘p tarqalgan. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish