Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   290
Bog'liq
falsafa

4-§. Diniy ong 
 
Diniy  ong  har  qanday  dinning  uyg‘unlashtiruvchi  elementi  hisoblanadi.  U  muayyan 
tadrijiy jarayonni bosib o‘tgan va turli shakllarda mavjud bo‘ladi. 
Dinning  nisbatan  mustaqil  ma'naviy  soha  sifatida  paydo  bo‘lishidan  ilgari  mifologik 
ongning shakllanish va rivojlanish jarayoni ro‘y bergan. Mifologiya  (yunoncha – nutq, so‘z, 
hikoya, tasavvur, naql, rivoyat) afsonalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Mifologiya inson ongi 
rivojlanishining  dastlabki  bosqichlarida  olamni  ma'naviy  jihatdan  o‘zlashtirishning  yagona 
vositasi  bo‘lgan  va  diniy  bilimlar,  badiiy  obrazlar,  ijtimoiy  normalar  va  xatti-harakat 
namunalarini mushtarak holda birlashtirgan. 
Mifologiya  doirasida  protodin  va  unga  xos  e'tiqod  hamda  marosimlar  vujudga  keladi. 
Shunday  e'tiqodlarga  fetishizm  (fransuzcha  fetiche  –  sanam,  g‘ayritabiiy  xislatlarga  ega 
bo‘lgan tilsim) taalluqlidir. Fetishizm real narsalarda aslida ularga xos bo‘lmagan sifatlarning 
mavjudligiga  ishonish  va  bu  narsalarni  qadrlashdan  iboratdir.  Turli  tuman  tabiiy  jismlar  – 
toshlar, daraxt bo‘lagi, jonivorning qoziq tishi va boshqalar, keyinchalik esa sun'iy ravishda 
tayyorlangan narsalar ham fetishlarga aylangan. Fetishlar kasalliklardan, ko‘z tegishidan xalos 
etish, asrash, ovda yordam berishga xizmat qilgan va hokazo. 
Totemizm,  magiya,  animizm    va  boshqa  shu  kabi  diniy  e'tiqodlar  ham  mavjud  bo‘lgan. 
Totemizm (shimoliy amerikalik hindulari tilida «o-toteman» – «uning qavmi» degan ma'noni 
anglatadi)  odamlar  qavmi,  qabilasi  o‘rtasidagi  hamda  jonivorlar  va  o‘simliklarning  ayrim 
turlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka e'tiqod qilish, mazkur e'tiqoddan kelib chiqadigan xatti-harakat 
va  diniy  marosimlardir.  «Sher  qavmi»,  «odam  qavmi»  va  boshqa  shu  kabi  etnonimlar 
totemizm  bilan  bog‘liqdir.  Totemizm  shu  asnoda  birinchi  marta  etnik  mansublik  belgisini 
yaratdi. 
Magiya  (yunoncha  –  jodugarlik,  afsungarlik  )  -  odamlarning  voqyelikdagi  ayrim  xatti-
harakatlari  bilan  ayrim  voqyealar  o‘rtasida  sababiy  bog‘liqlik  mavjudligiga  e'tiqod  qilish, 
mazkur e'tiqoddan kelib chiqadigan diniy marosimlar, rasm-rusumlar. 
Animizm (lotincha anima + tus  - jonli) ruhiy fenomenlarning – barcha moddiy narsalarda 
jonning, ruhlarning mavjudligiga e'tiqod qilishdir.  
Tarixiy  taraqqiyot,  ijtimoiy  tabaqalashuv  va  mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi 
jarayonida  mifologik  shakllar  voqyelikni  tushuntirishning  universal  va  yagona  vositasi 
bo‘lishdan  to‘xtaydi.  Garchi  miflar  o‘zidan  o‘zi  yo‘q  bo‘lib  ketmasa-da,  din,  falsafa,  san'at, 
axloq, siyosat, huquq, ilmiy fanlar  paydo bo‘ladi. 
Tugab  borayotgan  urug‘chilik  tuzumi  sharoitida  polidemonizm  (ikki  yunoncha  so‘zdan 
kelib  chiqqan –  ko‘p  va  xudolilik) yuzaga keladi,  ya'ni  qabila xudosi sifatlariga ega bo‘lgan 
ustuvor  ruh  ajratib  olinadi.  Qabila  xudolarining  ta'sir  doirasi  chegaralangan  bo‘ladi  va  bir-
birini cheklaydi.  
Nisbatan  kuchliroq  xudo  tevaragida  qabilalar  ittifoqining  vujudga  kelishi  mazkur  qabila 
xudosining  oldingi  o‘ringa  o‘tishiga  sharoit  yaratib  berdi.  U  qabilalararo  xudoga  aylanib, 
boshqa  qabilalarning  xudolari  tobelik  huquqi  ostida  kiradigan  panteon  (xudolar  silsilasi) 
boshlig‘i  bo‘lib  qoladi.  Politeizm  (  yunoncha  –  ko‘p,  xudo;  so‘zma-so‘z  –  ko‘pxudolik


vujudga  keladi.  Politeizm  bir  nechta  yoki  ko‘plab  xudolar  mavjudligi  to‘g‘risidagi  diniy 
tasavvurdir.  Tabiat  va  jamiyatning  qator  sohalarida  amal  qiluvchi  xudolar  timsollari  yuzaga 
keladi.  Faoliyat  maydoni  bir  qancha  sohalarni  qamrab  olgan  Xudo  timsoli  boshqa  xudolar 
ham  mavjudligini  e'tirof  etish  bilan  uyg‘unlashib,  voqyelikning  boshqa  sohalari  ana  shu 
xudolar  yordamida  tushuntirilgan.  Bugungi  kunda  buddizm,  hinduizm,  sintoizm  va 
konfutsiylik politeistik dinlar hisoblanadi. 
Mehnat  taqsimoti,  jamiyatning  tabaqalashuvi,  xalqlarning,  monarxiya  tuzumidagi 
davlatlar    shakllanishining  yanada  chuqurlashuvi  natijasida  politeistik  tizimlar  ham  yanada 
rivojlanadi.  So‘ngra  bitta  xudo  boshchiligidagi  ko‘plab  xudolar  mavjudligi  e'tirof  etilishini 
anglatuvchi  supromoteizm  (lotincha  supro  –  ustun,  ustida,  +  yunoncha  –  xudo),  shuningdek 
ko‘plab  xudolarning  mavjudligini  e'tirof  etsa-da,  biroq  bittasini  qadrlovchi  genoteizm  paydo 
bo‘ladi.  
Diniy  e'tiqodlarning  uzoq  davom  etgan  tadriji  natijasida  monoteizm  (yunoncha  yakka, 
yagona  xudo,  so‘zma-so‘z  –  yakkaxudolik)  vujudga  keladi.  Barcha  rang  barang  tabiiy  va 
ijtimoiy  hodisalarni  nazorat  qiluvchi  Xudo  timsoli  yuzaga  keldi.  Ko‘proq  yoki  kamroq 
darajada  cheklangan  va  bir-birini  cheklaydigan  ko‘plab  xudolarning  rivojlanishi  jarayonida 
umumiy va yagona Xudo to‘g‘risidagi tasavvur paydo bo‘ladi. Iudaizm, nasroniylik va islom 
monoteistik dinlar hisoblanadi. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish