Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   290
Bog'liq
falsafa

olamni va insonni yaratgan, O‘zi haqidagi bilimlarni ochish qobiliyatini odamlarga bergan 
eng mukammal xilqat (shaxs) sifatida Xudoga mutloq ishonishdan iboratdir.  
Falsafada  diniy  e'tiqod  inson  hayotining  muayyan  tarzda  namoyon  bo‘lishi,  insonning 
alohida ruhiy, ma'rifiy va hissiy holati sifatida ko‘rib chiqiladi.  
Falsafada  Xudo  emas,  balki  u  haqidagi  tasavvurlar  asosiy  ob'ekt  hisoblanadi.  Bunda 
Xudoning  mavjudligi  to‘g‘risidagi  bilim  muammoga  aylantiriladi,  u  avvaldan  mavjud  va 
shubhasiz  haqiqat  bo‘lgan  bir  narsa  sifatida  qabul  qilinmaydi,  balki  ochib  berilishi  talab 
etiladigan  narsa  sifatida  ko‘rib  chiqiladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  falsafa  e'tiqodning 
qonuniyligini  yaxlit  holda  aniqlashga  intiladi.  Bunda  masalaga  uni  yoqlash  yoki  betaraf 
qolish, nigilistik, ateistik nuqtai nazardan yondashish mumkin. 
Birinchi  holatda  tafakkur  va  e'tiqod  munosabatlari  muammolariga,  tafakkurning  diniy 
e'tiqodlar tizimini asoslashda o‘z rolini bajara oladimi yo‘qmi degan masalaga alohida e'tibor 
qaratiladi.Ushbu savollarga javob berishda turli yondashuvlar mavjud.  
U yoki bu diniy e'tiqodni tafakkur uchun maqbul bo‘ladigan tarzda asoslash zaruriyatini 
e'tirof  etuvchilar  keskin  yondashuvga  tayanadilar.  Shu  munosabat  bilan  e'tiqodni  ilmiy 
jihatdan  baholashda  ratsional  uslub  imkoniyatlaridan  maksimal  darajada  foydalanishga 
chaqiriqlar yangraydi. Bunda diniy dunyoqarashlarni tanqid qilishga yo‘l qo‘yiladi.  
Falsafiy-teologik  yondashuv  ham  mavjud  bo‘lib,  unga  muvofiq  e'tiqod  tarkibidagi  bilim, 
eng  avvalo  Xudoning  mavjudligiga  bo‘lgan  ishonch  shu  bilimning  o‘zagi  sifatida  ratsional 
dalillar  bilan  asoslashga  muhtoj  emas.  Fideizmning  turli  variantlari  shunga  kiradi.  Fideizm  
(fransuzcha  fideisme  va  lotincha  fides  -  ishonch)  e'tiqod  faqat  ilohiy  haqiqatning  yoki  diniy 
e'tiqod an'analarining nufuzi bilan belgilanishi kerak deya ta'kidlaydi. Fideizm nuqtai nazariga 
ko‘ra  diniy  bilimning  tabiati  aqldan  ustun  turadi  va  shu  sababli  uni  na  asoslab  bo‘ladi,  na 
tafakkur  bilan  ta'sir  etib  bo‘ladi.  Diniy  e'tiqodlar  asosga  juda  ham  boy,  ulardan  asosliroq 
hyech  bir  narsa  yo‘qki,  ular  vositasida  diniy  e'tiqodlarni  isbotlab  bo‘lsa.  Hatto  e'tiqodning 
mazmuni  shubha  tug‘dirgan  taqdirda  ham,  iroda  kuchi  va  «ekzistensial»    intilish  bilan  bu 
shubhani  yengib  o‘tib,  e'tiqodni  asrash  va  saqlash  zarur.  Diniy  e'tiqodning  o‘zi  e'tiqod 
qiluvchi odam uchun asos bo‘ladi. 
Falsafa o‘zining butun tarixi davomida diniy e'tiqodni, umuman dinni tanqid qiluvchi fan 
sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Diniy  e'tiqodning  tanqidi  agnostitsizm,  indeferentizm,  ateizm  va 
antiteologik  empirizm  (diniy  aqidalarni  mantiqiy  pozitivizm  doirasida  mazmunsiz  deb  e'lon 
qilish)  shaklida  yuzaga  chiqadi.  Agnostitsizm  dinning  o‘zida  Xudo  haqidagi  ishonchli 
bilimlarni mujassam etganligi to‘g‘risidagi da'vosini shubha ostiga oladi yoki diniy ilm, agar 
bunda  allaqanday  voqyelik  to‘g‘risidagi  bilim  tushunilgudek  bo‘lsa,  u  ilm  emas  deb 
ta'kidlaydi.  
Ateizm  (fransuzcha  atheisme,  yunoncha  «a»  inkor  etuvchi  qo‘shimcha,  +  Xudo,  so‘zma-
so‘z  tarjimasi  –  xudosizlik)  Xudoning  mavjudligi  va  har  qanday  transsendent  (g‘ayritabiiy) 


mohiyatlar  xususida  u  yoki  bu  turdagi  ratsional  dalillar  vositasida  bahslashadi.  Ateizmning 
quyidagi  turlari  mavjud:  nazariy  ateizm  –  muayyan  nazariya  va  dunyoqarash  pozitsiyasi; 
amaliy ateizm – insonning amaliy xatti-harakati bo‘lib, bu xatti-harakat Xudoning mavjudligi 
bilan  biror  bir  bog‘liqqa  ega  bo‘lmasligi,  Xudoni  nazariy  jihatdan  inkor  etish  bilan  bog‘liq 
bo‘lmasligi  ham  mumkin;  siyosiy  ateizm  –  dinni,  uning  aqidalarini  va  eng  avvalo  cherkov 
institutlarini tanqid qilish insonni ozod qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 
Nazariy  ateizmning  ildizlari  uzoq  o‘tmishga  borib  taqaladi.  Antik  zamonlarda  hukmron 
dinga  nisbatan  boshqa  qandaydir  dinning  foydasiga  shubha  bildiruvchilar  «ateistlar»  deb 
tushunilgan.  Ilohiy  voqyelikni  «asil»,  haqiqiy  tarzda  tushunish  uchun  hukmron  dinni 
almashtirishni talab etuvchi faylasuflar ham «ateistlar» qatoriga kiritilgan.  
Ateizm  butkul  xudosizlik  va  Xudoning  mavjudligini  inkor  etuvchi  ta'limot  sifatida 
yevropada XU1-XUP asrlarda paydo bo‘lib, X1X asrda Lyudvig Feyerbax asarlarida bir oqim 
sifatida  shakllandi.  XX  asrda  vaXX1  asr  boshlarida  ateizm  turli  shakllarga  kiradi.  Bu  eng 
avvalo  dinni  falsafiy-antropologik  tanqid  qilish  shakli  bo‘lib,  u  dinning  kelib  chiqishi  va 
yashashini  Xudo  bilan  emas,  balki  insonning  o‘zi  bilan  bog‘laydi.  Xudo  g‘oyasi  insonda 
uning  doimiy  yaratuvchilik  va  reflektiv  faoliyatida  o‘ziga  tayanch  izlashi  asnosida  yuzaga 
keladi.  Din  asosan  borliqqa  nisbatan  ojizlik  tajribasidan  kelib  chiqadigan  ruhiy  va 
dunyoqarashga oid muammolarini hal etish vositasi hisoblanadi. 
Yana boshqa yetarlicha keng tarqalgan qarashlardan biri – antiteologik empirizm, xususan 
mantiqiy  pozitivizmdir.  Unga  muvofiq  Xudo  to‘g‘risidagi,  g‘ayritabiiy,  xayoliy  olam 
to‘g‘risidagi  fikrlar  asosli  emas.  Ular  aniqlashtirilishi,  verifikatsiya  qilinishi  mumkin  emas, 
chunki empirik kuzatuvlar olib borib bo‘lmaydi. Shundan diniy e'tiqodlardagi ichki qarama-
qarshilik  hamda  mazmunsizlik  muqarrarligi  to‘g‘risidagi  xulosa  kelib  chiqadi.  Umuman, 
e'tiqod  tarkibidagi  diniy  bilimga  nisbatan  falsafiy  yondashuvlarning  hyech  biri  bu  bilimga 
so‘zsiz maqom berishga va diniy bilimni noaniqlikdan xalos etishga qodir emas. 
 
3-bob. ASOSIY DINIY KONFeSSIYaLAR 
 
Asosiy  diniy  konfessiyalar  –  bular,  avvalo,  uchta  jahon  dini:  buddaviylik,  xristianlik  va 
islomdir. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish