yashaydi. Jahondagi musulmon jamoalari bo‘lgan 120 tadan ortiq mamlakatdan 35 tasida
musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil etadi. Osiyo va Afrikadagi 28 ta davlatda islom
davlat dini (yoki rasmiy din) deb e'tirof etilgan
406
. Ayrim mamlakatlarda «islom» so‘zi
ularning nomiga kiritilgan: Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi,
Mavritaniya Islom Respublikasi va boshqalar.
Islom ijtimoiy-mafkuraviy hodisa sifatida Arabiston jamiyati taraqqiyotining tarixiy
in'ikosi, butun Yaqin Sharq qadimgi zamondan o‘rta asrga o‘tishi davrida unga xos bo‘lgan
umumiy jarayonlarning natijalaridan biri bo‘ldi. Sof diniy nuqtai nazardan uning paydo
bo‘lishi o‘zidan oldingi dinlar –
xristianlik, yahudiylik va
zardushtiylikning ta'siri va rivoj
topishi bilan ham, Arabiston aholisi diniy ongining tadrijiy yuksala borishi hamda
sinkretik
(qorishiq) yakka xudolikning arablarga xos shakllari bilan ham bog‘liq bo‘ldi.
«Al-islom» atamasi Qur'onda «al-imon» (ishonch, e'tiqod) va «ad-din» (diniy
majburiyatlar majmui, din) so‘zlariga yaqin ma'noda sakkiz marta uchraydi. Ana shu
tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni islom ulamolari turlicha izohlaydilar. Sunniylar
orasida tarqalgan nuqtai nazarlardan biriga ko‘ra, «
ad-din» tushunchasi beshta arkonning yoki
asosiy diniy qoidalarning majmui sifatida «
al-islom»ni, Allohning va Muhammad payg‘ambar
aytgan hamma narsaning chinligiga ishonch sifatida «
al-imon»ni va ma'naviy fazilat sifatida
«
al-ehson»ni o‘zida mujassam etadi.
Islom diniy ta'limotining
beshta arkoni (ustuni) to‘g‘risidagi tasavvur musulmon
jamoasining vujudga kela boshlagan ilk davridayoq tarkib topgan. Bu beshta arkon (arkon
shariat
al-islom,
arkon al-islom, al-arkon al-xamsa) quyidagilardir:
1)
ash-shahoda (kalimai shahodat) – islomning ikkita asosiy aqidasini, ya'ni Allohning
yagonaligiga iqror bo‘lish (
at-tauxid)ni va Muhammadning payg‘ambarlik vakolati e'tirof
etilishi (
an-nubuvva)ni o‘zida mujassam etgan dinga e'tiqod qilish; 2)
as-salat (namoz
o‘qish); 3)
as-saum (ro‘za tutish); 4)
az-zakot (faqiru bechoralarga berish, Alloh yo‘lidagi
ishlarga sarflash uchun berilishi shart bo‘lgan xayr-ehson); 5)
al-xadjj (muqaddas joylarga,
xususan Makka shahriga ziyoratga borish). Islom diniy ta'limotining beshta arkonidan to‘rttasi
ma'naviy-axloqiy va marosimga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi hamda shu asnoda islom
asoschisining marosimlarga va diniy hayot qoidalariga ko‘proq e'tibor qaratganligini aks
ettiradi. Bu holat keyinchalik
aqidalarga qaraganda
huquqning ustunlik bilan rivojlanishini
ta'minladi. Shu bilan birga, ilk islomda aqidalar va odat-taomillar, din va huquq o‘rtasida aniq
farq bo‘lmagan.
«
To‘g‘ri e'tiqodlilik» va «
adashganlik» muammosi musulmon ilohiyotchiligining bosh
muammolaridan biriga aylangan. Turli maktablarga mansub sunniy ilohiyotchilar faqat
sunniylar (ahli as-sunna va-l-jama’a) 73 ta islom jamoasi orasida «to‘g‘ri yo‘ldan»
borayotgan
yagona jamoa sifatida «najot topishi», jannatga tushajagi haqidagi, Muhammad payg‘ambarga
nisbat berilgan hadisga asoslanib «to‘g‘ri e'tiqodlilik» tarafdorlari ekanliklarini qat'iyat bilan
himoya qilganlar. G‘arb va mamlakatimiz islomshunosligida an'anaviy, sunniylik
yo‘nalishidagi islomga ergashuvchilarni «e'tiqodi mustahkamlar» (ortodokslar) deb, ularning
muxoliflarini – «bid'atchilar» (yeretiklar), «mazhabchilar» (sektantlar) deb ataydilar. Lekin
xristianlikdagi «ortodoksiya», «eres», «sektantlik» tushunchalari islomning din sifatidagi
mohiyati va o‘ziga xosligini ifodalay olmaydi. Islomda xristianlikdagi Dunyo xristianlarining
yig‘ini singari
aqidalarni qonunlashtirib qo‘yadigan institut (tuzilma) yo‘q; islomning
teokratik oliy maqsadi davlat bilan bir qatorda diniy institutning (cherkovning) mavjud
bo‘lishi g‘oyasiga zid edi. Islomda
barcha mintaqalarda umumiy e'tirof etilgan diniy maktab
bo‘lmagan. Diniy masalalarning turlicha sharhlanishi ehtimoli ana shundandir. Qarama-qarshi
nuqtai nazarlarning tarafdorlari ayni birday yengillik bilan Qur'ondan va sunnadan o‘z fikrlari
foydasiga va o‘z muholiflariga qarshi dalillar topganlar.
1
1
Ислам. Энциклопедический словарь. М., 1991. 109-б.