Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. FALSAFADA QADRIYaTLAR MUAMMOSI



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
1-bob. FALSAFADA QADRIYaTLAR MUAMMOSI 
 
1-§. Qadriyat falsafiy kategoriya sifatida 
 
Falsafa tarixida qadriyat muammosi 
Insoniyat  tarixining  ilk  davrlaridayoq  odamlar  narsalarning  muayyan  qimmatga  ega 
ekanligini,  insonning  u  yoki  bu  ehtiyojlarini  qondira  olishini,  biron  sohada  foydali  bo‘lishi 
mumkinligini kashf etganlar. Shu bilan narsalarning qadriyaviy xususiyati ochilgan. 
Dastlabki  paytlarda  bu  xususiyat  buyumlarning  amaliy  foydasi  bilan    bog‘lanar  edi. 
Keyinchalik qadriyat maqomi boshqa ijtimoiy instutlar va ma'naviy hodisalarda ham tan olina 
boshlandi. 
Inson  o‘z  faoliyatini  yo‘naltirishi  lozim  bo‘lgan  ne'matlar  va  qadriyatlar  muammosi 
qadimgi  sharq  falsafasi  va  falsafaga  qadar  bo‘lgan  fikr  tarixida  muhim  o‘rin  tutadi. 
Braxmanlikda  -  bu  qayta  tug‘ilish  orqali  yanada  yuksakroq  varnaga
407
  erishish.  Insonning 
keyingi  hayotida  qaerda  tug‘ilishi  uning  taqvodorligi  bilan  bog‘liq,  taqvodorlik  esa  o‘z 
varnasining dxarmasiga xizmat qilish va uning ko‘rsatmalaridan chetga chiqmasligini anglatar 
edi. Oliy maqsadga faqat braxmanlar erishishlari mumkin bo‘lib, u hamma narsadan (oiladan, 
boylikdan,  olimlikdan)  voz  kechish  va  sansaradan  ozod  bo‘lish  yo‘li.  Zohidlik,  xayr-ehson, 
poklik,  kuch  ishlatmaslik,  yaqin  kishilarga  hamdard  bo‘lish,  o‘z  ehtiroslarini  jilovlash  - 
braxmanlikning  yetakchi  qadriyatlari.  Upanishadlarda  ideal  braxman  hyech  narsaga  ko‘ngil 
qo‘ymaydigan,  qayg‘u,  baxillik,  umid  tuyg‘ularidan  ozod,  osoyishta,  yolg‘on  va  hatto  o‘z-
o‘zini idrok etishdan ham xoli bo‘lgan tafakkuri berilgan kishi sifatida tasvirlanadi
408

Braxmanlikda  salmoqli  o‘rin  tutuvchi  qadriyatlar  qadimgi  hind  jamiyatidagi  kastalarga 
bo‘linish  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Bunday  bog‘liqlik  (bunga  har  bir  kasta  vakili  amal 
qilishi kerak) braxmanlikka nisbatan  muxolifatda bo‘lgan  bxagavatgizmjaynizm va boshqa 
oqimlarda ham mavjud. Biroq charvaklar falsafasida bunday xildagi aloqaning asoslanganligi 
shubha  ostiga  olinadi.  Bundan  tashqari  charvaklarda  asketizmning  targ‘ib  qilinishi  o‘rnini 
baxtni lazzat sifatida tushunishga yo‘naltirilgan gedonistik dastur egallaydi. 
Qadimgi  Xitoy  falsafiy  tizimlarida  ham  qadriyaviy  ideallar  shakllantirilgan. 
Konfutsiylikda  bu  qadimiylikka  yo‘naltirilganlik,  «oltin  o‘rtaliq»,  «insonsevarlik», 
«hamdamlik» singari tamoyillardir. Konfutsiylikning asosiy tamoyili shunday: «o‘zingga ravo 
ko‘rmaganni  o‘zgalarga  ravo  ko‘rma»
409
.  Konfutsiylikning  axloqining  asosida  -  fuqaroning 
podshohga,  xotinning  erga,  o‘g‘ilning  otasiga,  kichikning  kattaga  hurmati  va  bo‘ysunish 
yotadi. 
Daosizmda  konfutsiylik  qadriyatlari  inkor  etiladi.  «Mutlaq  donolarcha»  xulq-atvorning 
asosiy tamoyili - faoliyatsizlik tamoyilidir: hamma narsa tabiiy yo‘l hisoblanuvchi dao yo‘lida 
ketishi kerak. 
yevropa  falsafasida  qadriyatlar  muammosi  Qadimgi  Gretsiyada  qo‘yilgan  edi.  Bu 
muammoni birinchilardan bo‘lib Suqrot ko‘tarib chiqdi. U aksiologiyaning asosiy masalasini 
«Ne'mat nima?» degan savol bilan ifodaladi. Uning bu savolga murojaat etishi tasodifiy emas 
edi. Bu hol Afina demokratiyasining tanglikka uchrashining qonuniy natijasi sifatida yuzaga 
keldi. Mazkur savolga javob berish yangi ijtimoiy ideallarni qidirishda yordam berishi lozim 
edi.  Keyingi  davrlarda  ham  qadriyatlar  falsafasi  tarixning  burilish  davrlarida,  an'anaviy 
                                                 
407
 Қадимги ҳинд жамияти 4 варналардан – брахманлар, кшатрийлар, вайшьялар ва шудралар 
табақаларидан иборат эди. 
408
 Чанышев А.Н. Начало философии. М., 1982. 138-б. 
409
 Древнекитайская философия. В 2-хт. М., 1972. Т.1.167-б. 


qadriyatlar qadrini yo‘qotgan, jamiyatning ijtimoiy negizlari obro‘sizlangan paytlarda dolzarb 
ahamiyat kasb etganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Antik  an'ana  doirasida  qadriyatlar  muammosini  ishlab  chiqishda  Demokrit  katta  rol 
o‘ynadi.  Qadriyatlar  tabiatini  naturalistik  (ob'ektivistik)  talqin  qilish  an'anasini  u  boshlab 
berdi.  Antik  faylasufning  fikriga  ko‘ra,  baxt-saodat,  ezgulik,  adolat,  go‘zallik  mezonlari 
tabiatning  o‘zida,  hamma  narsaning  o‘z  tabiiy  oqimida  ketishidadir.  Nimaiki  tabiatga  mos 
bo‘lsa - yaxshi, nimaiki unga zid bo‘lsa - yomon. Bizning xuzur-halovatimiz va azoblarimiz, 
qoniqishimiz va noroziligimizning asosi ana shunda. 
Aflotunga  ham  qadriyatlarni  ob'ektivistik  tushunish  xos  edi.  Biroq  materialist 
Demokritdan farqli o‘laroq Aflotun ularning manbaini tabiatda (narsalar olamida) emas, balki 
vujudsiz  mohiyatlar  (ob'ektivlashtirilgan  tushunchalar)  -  g‘oyalar  olamida  ko‘radi.  «Katta 
Gippiy»  asarida  Aflotunning  Suqrot  ismli  qahramoni  Gippiy  bilan  suhbatda  u  yoki  bu 
narsalarni  go‘zal  qiluvchi  narsa  nima  ekanligini  bilishga  urinadi.  Go‘zallikning  ayrim 
narsalardagi  in'ikosini  namoyish  qilish  orqali  go‘zallikning  nima  ekanligini  idrok  etish 
mumkin  emasligi  faylasufni  go‘zallik  «g‘oya»siga  olib  keladiki,  ana  shu  go‘zallikning 
qandaydir bir narsaga qo‘shilishi uni go‘zal qiladi. Aflotun g‘oyalari bir-biriga bo‘ysunuvchi 
muayyan  tartibda  joylashadi.  Mazkur  g‘oyalar  piramidasining  cho‘qqisi  baxt-saodat 
g‘oyasidir.  Aynan  shu  g‘oya  ijobiy  fazilatlarning,  go‘zallikning,  haqiqat  va  uyg‘unlikning 
manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Qadriyatlarning  boshqa  bir  relyativistik  (sub'ektivistik)  konsepsiyasi  ham  mavjud  bo‘lib, 
unga  Protagor  asos  solgan.  Mazkur  konsepsiyaga  muvofiq  qadriyatlarning  bahosi  nisbiy 
bo‘lib, u insonga bog‘liqdir. 
Qadriyat  muammosiga  antik  davrdayoq  shakllangan  yondashuvlar  o‘z  ko‘rinishlarini 
muayyan  darajada  o‘zgartirgan  holda  keyingi  falsafiy  tizimlarda  ham  saqlab  keldilar. 
Aksiologiya muammosini ishlab chiqishga I.Kant, G.Lotse, G.Rikkert, N.Gartman, F.Nitsshe 
va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish