Insoniyatning kelajagi va qadriyat
XX asrda turli madaniy dasturlarning (maqsadlar, qadriyaviy mezonlar, manfaatlar,
ehtiyojlar va boshqalarning) yonma-yon mavjud bo‘lishi haqidagi masala global-planetar
xususiyat kasb etganligi munosabati bilan turli qadriyaviy tizimlar integratsiyasining
ahamiyati keskin ortib boradi. Bunday integratsiya turli darajadagi sub'ektlar (individlar,
ijtimoiy guruhlar, jamoatchilik tashkilotlari, davlatlar, davlatlararo tuzilmalar) tomonidan
umumiy manfaatlarning anglab olinishini taqozo etadi. Umumiy manfaatlar o‘zaro bir-birini
tushunish, «o‘zga»ga nisbatan bag‘rikenglik va hurmatni chuqurlashtirish uchun zamin bo‘lib
xizmat qiluvchi bazadir.
Turli madaniyatlarning va qadriyaviy tizimlarning o‘zaro ta'siri bir-biriga kirib borishi va
ularning yangilanishga bo‘lgan tamoyili butun tarixiy taraqqiyot davomida mavjud bo‘lganiga
qaramay, butun tarix davomida unga qarama-qarshi bo‘lgan tamoyil-an'anaviy ukladni,
madaniyatlarning o‘ziga xosligini saqlashga bo‘lgan intilish ham yashab keldi. Madaniy
o‘ziga xosligini va madaniy-qadriyaviy tizimlarning xilma-xilligini saqlash muammosi
g‘arbga xos «ommaviy» madaniyatning tarqalishi sharoitlarida ayniqsa dolzarblik kasb etdi.
«Ommaviy» madaniyatning kuchli ekspansiyasiga qaramasdan, o‘zining o‘ziga xosligini
saqlash, milliy madaniyatlarni birxillashtirishni (unifikatsiyani) va standartlashtirishni qabul
qilmaslikka intilish ham butun o‘tgan asr davomida ko‘zga tashlanadi.
XX asrning asosiy tamoyillari yaxlitlikka (birlikka, integratsiyaga) tomon harakat qilish va
madaniyatlarning rang-barangligini saqlash, xuddi ilgaridek, XXI asrda ham rivojlanadi.
Vazifa ana shu ikki qarama-qarshilikni uyg‘unlashtirishga - xilma-xillikdagi
mushatarklikka erishishdan iborat. Mazmun jihatdan XXI asrda ham XX asrda rivoj topgan
qadriyatlar bilan bir qatorda insoniyat ongida va ijmtioiy amaliyotdagi yangi paradigmalar
bilan bog‘liq yangi qadriyaviy mezonlar paydo bo‘lishi kerak.
Insoniyatning turli tarkibiy qismlarining qadriyaviy mezonlari (G‘arb-Sharq, Shimol-
Janub) bugungi kunda turli xil vektorga va turlicha darajada xususiyatga ega. Tranzit va
rivojlanayotgan jamiyatlar uchun ularning kelajagini belgilovchi qadriyaviy mezonlar
haqidagi masala - eng muhim va dolzarb masala. Ularni XX asrning texnogen jamiyati
(industrial jamiyat) qadriyatlariga yo‘naltirilish mumkin. Ammo bu holda eng rivojlangan
industrial mamlakatlardan butunlay orqada qolib ketish xavfli tug‘iladiki, buning o‘ziga xos
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-psixologik oqibatlari mavjud. Bundan tashqari texnogen
(industrial) sivilizatsiya o‘z imkoniyatlarini tugatib bo‘ldi hisob va eng rivojlangan industrial
mamlakatlarning anada progressiv tarixiy bosqich sifatida postindustrial, axborotli jamiyatga
o‘tishi shundan dalolat beradi. Jamiyatning mazkur tipiga orientatsiya etish «industrial»
bosqichning muammosini hal qilishga imkon beruvchi butunlay yangi strategiyalarni qidirib
topishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |