universallashuvi boshlandi», - deb yozadi u
423
. Dunyo endi liberal-demokratiya darajasiga
yetgan «
tarixdan keyingi» xalqlar va hali «
tarixda mavjud», lekin rivojlanishning asosiy
maqsadi mutlaq g‘arblashish (vesternizatsiya) bo‘lgan hamda AQShda o‘zining yorqin
ifodasini topgan g‘arbona qadriyatlar orqali «
tarixdan keyingi»
mamlakatlar hamjamiyatiga
qo‘shilishdan iborat xalqlarga bo‘linadi. Aynan AQSh jahon hamjamiyatiga yetakchilik
vazifasini va yangicha dunyoviy tartibot uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oluvchi yagona
buyuk davlat sifatida ko‘rsatiladi.
Amerikalik yana bir siyosatshunos –
S.Xantington «sovuq urush» tugaganidan so‘ng,
o‘zgargan dunyoda ijtimoiy-madaniy jarayonlar dinamikasini tushuntirishga, zamonaviy
dunyoda ixtiloflarning bosh manbaini aniqlashga yo‘naltirilgan yangi paradigmani yaratishga
harakat qildi. U «
sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» modelini ilgari surdi
424
.
Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va «uchinchi
dunyo»dan tashkil topgan xalqaro sistema endi 8 ta asosiy: g‘arbona, konfutsian, yapon,
islom, induizm, pravoslav-slovyan, lotinamerikasi va afrika sivilizatsiyalarini o‘z ichiga olgan
yangi tizimga o‘tmoqda. Raqobat qiluvchi harbiy bloklar, uning fikricha ushbu
sivilizatsiyalardan qaysi biriga tegishli ekanligi bilan farqlanadi. Oxir oqibat kishilar uchun
siyosiy mafkura yoki iqtisodiy manfaatlar emas, balki e'tiqod va oila, qon-qarindoshlik va
ishonch, ya'ni kishilar o‘zlarini qanday anglashlari, nima uchun kurashishlari va halok
bo‘lishlarini bilish muhimroqdir. Ammo Xantington madaniy-tarixiy maktabning asoschilari
(Shpengler, Toynbi, Danilevskiy, Sorokin)dan farq qilib,
sivilizatsion o‘zlikni anglashning
yangi mezonlarini ilgari surdi, xususan bu qurol-yarog‘, ayniqsa ommaviy qirg‘in
qurollarining tarqalishi, inson huquqlari va immigratsiya bilan bog‘liq jahonshumul
muammolarni uzil-kesil hal etilishi edi. Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi chegara aynan shu
muammolarning hal etilishiga qarab aniqlanadi. Bunda G‘arb bir tomonda, qolgan
sivilizatsiyalar, ya'ni qolgan dunyo esa boshqa tomonda joylashadi.
Xantington g‘arb sivilizatsiyasining yaxlit birbutunlik sifatida, sistemalararo ixtiloflar
davriga nisbatan dahshatliroq fojea oldida turganligi haqidagi tezis bilan chiqdi. Xantington
konsepsiyasiga binoan, kelajakda geosiyosatdagi markaziy muammo G‘arb va qolgan
sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ixtilof bo‘lib qoladi. «Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi jahon
siyosatining belgilovchi omiliga aylanadi. Sivilizatsiyalar orasidagi uzilish chizig‘i G‘arb va
qolgan dunyo o‘rtasidagi munosabatlar orqali o‘tadi»
425
. Shundan kelib chiqib, u G‘arbdagi
hukmron doiralarga g‘arbiy sivilizatsiya chegaralarida, ayniqsa, AQSh va yevropa o‘rtasidagi
munosabatlarni mustahkamlash, boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarda G‘arbning
manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning imkoniyatlarini kuchaytirish zarurligi
haqidagi g‘oyalar bilan murojaat qiladi.
«Sivilizatsiya to‘qnashuvi» modeli sivilizatsion bag‘rikenglikka rahna soladi. U jahon
jamoatchiligiga kelajakda G‘arb va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi ixtilof – geosiyosatning
markaziy o‘q chizig‘i bo‘lib qolishligini isbotlashga qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar
o‘rtasida, balki turli mamlakatlar, xususan, islom dunyosidagi siyosiy doiralarda ham turlicha,
ba'zan salbiy munosabatga sabab bo‘lmoqda. Masalan, Eron Islom Respublikasining sobiq
Prezidenti Sayyid Muhammad Xotamiy tashabbusi bilan sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot
masalasi YuNeSKOning 1999 yildagi sessiyadagi va BMTning 2000 yildagi 53-Bosh
Assambleyasida muhokama etildi. Mazkur ming yillik sammitida XXI asr –
Do'stlaringiz bilan baham: