Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi rivojining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   290
Bog'liq
falsafa

2-§. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi rivojining o‘ziga xos xususiyatlari 
 
O‘zbekiston  mustaqilligi  e'lon  qilingan  paytdan  boshlab  uning  rivojida  yangi  bosiqich 
boshlandi.  Haqiqiy,  real  davlat  suverenitetining  ob'ektiv  (ichki  va  tashqi)  sharoitlari  va 
sub'ektiv  omillari  vujudga  keldi.  Ta'kidlash  joizki,  butun  postsotsialistik  makonda  bo‘lgani 
kabi  O‘zbekistonda  ham  yangi  davlatchilikning  qaror  topishi  va  rivojlanishi  jamiyatdagi 
chuqur  ijtimoiy  o‘zgarishlarning  yuz  berishi,  sovetlar  davridagi  bir  ijtimoiy  tuzumdan 
boshqasiga,  ya'ni  hozirgi  zamonda  dunyoning  ko‘pchilik  mamlakatlari  rivojining  asosini 
tashkil  etuvchi  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  bilan  mos  keladi.  Respublikada  bu  jarayonga 
boshchilik qiluvchi siyosiy kuchlar shakllandi, yangi milliy elita vujudga keldi. Mamlakatning 
siyosiy  rahbariyati  jamiyat  oldida  turgan  yaqin  va  istiqboldagi  maqsadlarni  aniq  belgilab 
berdi,  ularni  amalga  oshirishning  yo‘llari  va  mexanizmlarini  ishlab  chiqdi.  «Pirovard 
maqsadimiz ijtimoiy  yo‘naltirilgan barqaror  bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi  siyosatga ega 
bo‘lgan  kuchli  demokratik,  huquqiy  davlatni  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishdan 
iborat»
440
,-deb ko‘rsatildi.   
Dunyoda  shu  singari  masalalarni  hal  etishning  boy  tajribasi  to‘plangan.  Bu  yerda  gap 
O‘zbekiston  xalqining  milliy  o‘ziga  xosligi,  tarixiy  ildizlari,  turmush  ukladi,  an'analari, 
mentaliteti  kabi  ko‘plab  spetsifik  omillarni  hisobga  olgan  holda  dunyoda  to‘plangan  ijobiy 
tajribadan oqilona foydalanish haqida bormoqda. 
Eng  avvalo,  respublika  qulay  geosiyosiy  sharoitga  ega.  U  yevroosiyoning  o‘zaro 
kesishadigan  yo‘llari  chorrahasida  joylashgan  bo‘lib,  o‘zining  mustaqil  energetik  va  suv 
tizimi bilan Markaziy Osiyo mintaqasining qoq markazini tashkil etadi. Bu yerda agrar sektor 
rivoji  va  jahon  bozorida  ayniqsa  xaridorgir  bo‘lgan,  qimmatbaho  qishloq  xo‘jaligi 
mahsulotlarini,  ayniqsa  paxta  yetishtirish  uchun  qulay  tabiiy-iqlimiy  sharoitlar  mavjud.  Shu 
bilan  birga  mintaqa  iqtisodiyoti  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tabiiy  omillardagi  o‘zgarishlarga  bog‘liq 
bo‘lib,  unda  sun'iy  sug‘orish  va  irrigatsiya  sistemalari  hamda  suv  resurslari  va  hosildor 
yerlarning kamligi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Demografik  vaziyatning  o‘ziga  xosligi  –  aholining  yillik  tabiiy  o‘sishi  nihoyatda  yuqori 
(o‘rtacha  2,5%),  oilaning  tarkibi  –  o‘rtacha  5,5  kishidan  iborat,  bolalar  aholining  43%  ni 
tashkil  etadi,  60%  aholi  qishloq  hududlarida  istiqomat  qiladi,  aholi  migratsiyasi  past  va  h.k. 
Aholi milliy tarkibining o‘ziga xosligi – 70% ga yaqini o‘zbeklar, qolganlar – o‘z madaniyati 
va an'analariga ega bo‘lgan 100 dan ortiq millat va elatlarning vakillari hisoblanadi. 
Bu yerda oila manfaatlarining ustuvorligi, turmush faoliyatining jamoatchilikka moyilligi, 
ijtimoiy  o‘z-o‘zini  boshqarish  instituti  bo‘lmish  –  mahallani  asrash  va  mustahkamlash 
kabilarda namoyon bo‘ladigan turmush ukladining milliy o‘ziga xosligi, musulmon turmush 
tarzi, sharqona sivilizvatsiyaga tegishli tomonlari mavjud. 
Milliy  mentalitetning  o‘ziga  xos  etnopsixologik  standartlari  xususan,  kishilarning 
qadriyatlar  tizimida,  qaror  topgan  xulq  otvor  normalari,  qoidalari  va  stereotiplarida  ro‘y 
berayotgan  yangiliklarga,  keskin  o‘zgarishlarga  ehtiyotkorona  munosabatlarida  kuzatish 
mumkin. Diniy hamda aslida xalq an'analari o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. 
                                                 
1
1
 И.А.Каримов. Ѝзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йѝлида//Ѝзбекистон: буюк 
келажак сари. Т.1998.179-б.  


Shuningdek, avvalgi davrda xulq-atvor va qadriyaviy mo‘ljallarda shakllangan stereotiplar 
– ijtimoiy tenglikka, mehnat qilish huquqining kafolatlanishi, bepul ta'lim va tibbiy xizmatga 
bo‘lgan intilishlarning mavjudligini ham hisobga olmasdan iloji yo‘q. Ma'muriy buyruqbozlik 
tizimi  davrida  vujudga  keltirilgan  insonning  mulkdan  begonalashuvi,  egalik  xissining 
yo‘qolishi boqimandalik psixologiyasi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. 
Texnologik,  ishlab  chiqarish  resurslari  jihatdan  boshqa  davlatlarga  bog‘liqlik  respublika 
iqtisodiyoti  uchun  xarakterli  bo‘lib,  bu  o‘z  navbatida  O‘zbekistonning  ular  bilan  o‘zaro 
manfaatli hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishiga asos bo‘ladi. 
Shu bilan birga, O‘zbekiston  kuchli iqtisodiy potensialga,  yer  osti boyliklariga, mineral-
xom-ashyo  zahiralariga,  boy  energetik  imkoniyatlarga,  soflik  darajasi  eng  yuqori  bo‘lgan 
oltin,  kumush,  uran  va  boshqa  qimmatbaho  va  nodir  metallar,  mis,  molibden,  qo‘rg‘oshin, 
sink kabi rangli metall konlariga ega. Bu yerda kuchli  qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari mavjud. 
O‘zbekiston  paxta  xom-ashyosini  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  dunyoda  to‘rtinchi  va  eksport 
qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi, u pilla-ipak tolasi, qorako‘l, teri, jun, meva-sabzavot 
mahsulotlarini  yetishtirish  bo‘yicha  yetakchilik  qiladi.  Shuningdek,  kuchli  ko‘ptarmoqli 
sanoat  ham  vujudga  keltirilgan.  O‘zbekiston  turizm  sohasini  rivojlantirishning  keng 
imkoniyatlariga ham ega. 
Respublikada transport va kommunikatsion aloqaning barcha shakllari rivoj topgan. Ayni 
paytda  O‘zbekiston  ochiq  dengiz  portlariga  chiqish  imkoniyati  bo‘lmaganligi  sababli, 
aksariyat 
yuklarni 
quruqlik 
orqali 
yetkazishga 
majbur, 
bu 
esa 
transnatsional 
kommunikatsiyalarni  barpo  etishda  uning  ishtirokini  ta'minlashni  birinchi  darajali 
muammolardan biriga aylantirmoqda. 
Mamlakat yuqori darajada mehnat resurslari bilan ta'minlangan, bu yerda Markaziy Osiyo 
mehnat resursining 40% i joylashgan. Respublikaning ilmiy va intellektual imkoniyatlari ham 
juda yuqori. 
Shunday qilib, mamlakat boy xom-ashyoviy, ishlab chiqarish va intellektual imkoniyatga 
ega. 
 Bir tomondan yuqorida qayd etilgan, mamlakatning o‘ziga xos geosiyosiy  holati, tabiiy-
iqlimiy  sharoiti,  xo‘jalik  ukladi,  tarixi,  turmush  tarzi,  xalq  mentalitetining  xususiyatlari, 
shuningdek,  yaqin  o‘tmishdagi  qaramlik  holati  asoratlari,  boshqa  tomondan  –  boy  xom-
ashyoviy,  ishlab  chiqarish  va  intellektual  imkoniyatlari  O‘zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojining o‘z modelini yaratishga asos bo‘ldi. Bu modelning negizini Prezident I.A.Karimov 
tomonidan shakllantirilgan besh tamoyil tashkil etadi: 
1)  iqtisodiyotni mafkuraviy aqidalardan xalos etish; 
2)  davlat – bosh islohotchi; 
3)  qonunning barcha sohalarda ustivorligi; 
4)  kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish; 
5)  bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish
441

Ushbu  tamoyillar  jamiyatni  yangilash  va  mamlakatda  bozor  munosabatlariga  o‘tishni 
ta'minlovchi  islohotlarning  asosiga  qo‘yilgan.  Lekin  ularni  amalga  oshirish  jarayonida 
islohotlarni  olib  borishdagi  noizchillik,  boshlangan  islohotlarni  mantiqiy  yakuniga 
yetkazmaslik; konservatizm, kishilar ongida tafakkurning eskicha stereotiplarining o‘rnashib 
qolgani,  shakllanayotgan  tizimdagi  buyruqbozlik;  boshqaruv  va  xo‘jalik  kadrlarning  tayyor 
emasligi,  tajriba  va  bilimlarning  yetishmasligi  kabi  salbiy  sabablar  ham  namoyon  bo‘la 
boshladi
442
.   
                                                 
441
 Қаранг: И.А.Каримов. Наша цель: свободная и процветающая Родина. Т., 1996. 39-б. 
442
 Қаранг: Наши цели и устремления. Выступление президента И.А.каримова на заседании Совета 
управления ЕББР.//Правда Востока, 5 мая 2003 г. 


Bularning  barchasi  iqtisod,  davlat  va  jamiyat  qurilishini  demokratlashtirish  jarayonini 
mamlakatni  modernizatsiyalash  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishning  har  bir 
bosqichining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirishni taqozo etadi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish