Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   290
Bog'liq
falsafa

markazlarning  (Sharqiy  va  Janubi-Sharqiy  Osiyo,  Xitoy,  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  va 
boshqalar)  shakllanayotgan  bir  davrda,  umumbashariy  ijtimoiy  tartibotining  yangi  formulasi 
sifatida ko‘pqutbli dunyo haqida mulohazalarni tez-tez uchratish mumkin. Ikki qutbli dunyo 
sharoitida mavjud bo‘lgan bir-biriga qarama-qarshi tizimning barham topishi bilan, ko‘pqutbli 
dunyo  loyihasining  amalga  oshishi  –  gegemonlik  siyosatini  qayta  tug‘ilishga  to‘sqinlik  qilib 
qolmasdan,  xalqaro  munosabatlar  sohasida  demokratik  tamoyillarning  kengayishiga  yo‘l 
ochib beradi. 
XX  asr  oxiri    -  XXI    asr  boshlariga  kelib,  nafaqat  mintaqaviy,  balki  mikroijtimoiy 
tuzilmalar  –  alohida  individ,  oila,  etnik  umumiyat  va  boshqa  ijtimoiy  guruhlarning  qadrini 
anglashga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Insoniyatning butun tarixi davomida individ yoki 
kishilar  guruhining  manfaatlari,  his-tuyg‘ulari,  tashvishlari,  hattoki  hayoti  davlat  manfaatlari 
yoki  hukmron  sinf  manfaatlariga  nisbatan  hyech  qanday  qadr-qimmatga  ega  bo‘lmagan. 
Alohida  inson  unga  nisbatan  begona  va  bahaybat  mashina  –  «Davlat»  ning  alohida  
vintchasigina  bo‘lgan.  Individlar  «Tarix»,  deb  atalmish  o‘zining  hayotiy  borliqda  faqatgina 
«omma», tarixning ishchi materiali bo‘lganlar xalos. 
XX  asr  oxirlariga  kelib,  eng  rivojlangan  mamlakatlardagi  ijtimoiy  atomar  tizilmalarning 
ehtiyojlari,  erkinlik  va  huquqlari  nisbatan  kattaroq  tuzilmalar,  davlat,  umummilliy  va 
h.k.larning  qadr-qimmati  va  ahamitidan  kam  bo‘lmagan  holda  qarala  boshladi.  Rivojlangan 


demokratik institutlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda davlat va alohida individ sud jarayonida 
teng tomonlar sifatida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Umumlashtirilgan  shaklda  makro  va  mikro-narslaarning  o‘zaro  tengligi,  kichik 
narsalarning cheksizligi, muqobil tomonlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish nisbiy ekanligi 
haqidagi  fikrlarni,  masalan,  Qadimgi  Xitoy  falsafasida  xususan,  Chjuan  –szы  (mil.av.  369-
286  yillar),  Xuey  Shi  (mil.av.  350-260  yillar),  Gunsun  Lun  (mil.ava.  284-259  yillar) 
qarashlarida  uchratish  mumkin.  Xususan,  «Chjuanszы»  da  quyidagi  sentensiya  keltiriladi: 
«Osmonostidagi buyuklik – kuz momig‘ining uchi; eng kichik zarra – Ulkan tog‘».
433
 XX asr 
o‘zi uchun umuminsoniy manfaatlar bilan birga alohida inson manfaatlarini ham kashf etdi. 
Bu  qarama-qarshiliklar  («umumiylik»  va  «alohidalik»)  aslida  o‘zaro  dialektik  birlikda 
mavjud:  inson  manfaatlari  va  huquqlari  poymol  etilgan  jamiyat  o‘zining  barcha 
imkoniyatlarini  to‘la  namoyon  qila  olmaydi,  chunki  umuminsoniy  qadriyatlar,  Insonda 
insoniylikning  ustivorligidan,  alohidaning  umumlashgan  holatidan  boshqa  narsa  emas. 
Mikrokoinot olami makrokoinot olamiga ayniy holda anglana boshlanadi. Umumlashtirilgan 
majoziy shaklda bu g‘oya Dostoevskiy tomonidan shunday bayon etilgan: hyech bir ijtimoiy 
inqilob qadr-qimmatga ega emas, hyech qanday yorqin kelajakni oqlash mumkin emas, agar 
uning  oqibatida  bolaning  bir  donagina  ko‘z  yoshi  ham  tukilsa.  Jamiyat  tomonidan  amalga 
oshiriladigan  insoniy  o‘lcham  dasturlarining  ommaviylashuvi  –  insoniyatni  sifat  jihatdan 
yangi davrga – global gumanizm davri
434
ga qadam qo‘yganligidan dalolar beradi. 
Hozirgi  davrda  shakllanayotgan  madaniy  borliq  usuli  ijtimoiy  va  tabiiy  jarayonlarda 
insoniy  o‘lchovning  oshib  borishi  bilan  xarakterlanadi.  Shuning  uchun  ham  bugun  olimlar 
xalqaro,  davlat  va  ijtimoiy,  shuningdek,  iqtisodiy  ekologik,  siyosiy  va  boshqa  barcha 
dasturlarning  asosi  va  so‘nggi  maqsadini  inson  tashkil  etgan  antropogen  sivilizatsiyaning 
texnogen  sivilizatsiya  o‘rnini  egallashi  haqida  fikr  yuritishlari  bejiz  emas.  Shu  munosabat 
bilan ilgari ishlab chiqarish, fan va texnikaning sinonimi bo‘lgan taraqqiyot tushunchasi endi 
insonparvarlik  mazmuni  bilan  to‘ldirilib  bormoqda.  O‘tgan  asrning  70-yillaridayoq  Rim 
klubining Prezidenti A.Pechchei «Faqat inson manfaatlariga mos keladigan va uning ijtimoiy 
moslashuv  qobiliyati  doirasidagi  taraqqiyot  va  shunday  o‘zgarishlargina  mavjud  bo‘lish  va 
rag‘batlantirilish huquqiga ega»
435
, -deb yozgan edi. 
XX asrda ilk bor keng miqyosda katta doiralarda (avval alohida nazariyotchilar darajasida, 
keyinchalik  esa  siyosatchilar,  siyosiy  va  ijtimoiy  tashkilotlar,  ommaviy  siyosiy  ong 
darajasida)  hozirgi  zamon  sivilizatsiyasining  ilgarilanma  rivojida  insonning  o‘rni  va 
ahamiyati anglana boshlandi. Bu demokratik institutlarning jadal rivojida (insonning ijtimoiy 
jarayonlarni  boshqarishga  qo‘shilganligida),  ekologik  harakatlar  va  dasturlarda  (yashash 
muhiti  va  insonning  omon  qolishi  uchun  kurash),  inson  tafakkurining  globallashuvi  (inson 
taqdiri uchun individual va umumiy mas'uliyatning oshib borishi) da o‘z ifodasini topmoqda.  
Jamiyatning insonga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgarmoqda. Inson shaxs sifatida va o‘z 
mohiyatining yaxlit holida hozirgi zamondagi ijtimoiy nazariyalar, fuqarolik qonunchiligi va 
siyosiy dasturlarda tobora ko‘proq yangicha dunyoqarash mo‘ljallarining asosini, istiqboldagi 
antropogen sivilizatsiyaning sharti va maqsadlarini tashkil etmoqda. 
Hozirgi davr, ayniqsa XX asr oxiri – XXI asrning boshlari jahon hamjamiyati hayotidagi 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish