Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   290
Bog'liq
falsafa

Sharq,  Shimol-Janub,  «oltin  milliard»  va  qolgan  insoniyat  o‘rtasidagi  qarama-qarshilik
etnik, diniy va boshqa ziddiyatlarga ko‘chdi. Insoniyat borlig‘ining parchalanganligi hali ham 
jamiyat  tarixining  xususiyati  bo‘lib  qolmoqda.  Lekin,  tanglik  va  manfaatlar  to‘qnashuviga 
to‘la  bo‘lgan  XX  asr  tarixi  rivojlanib  kelayotgan  (milliy,  diniy,  mintaqaviy  va  h.k) 
madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirlarning konfrontatsion shakli, ularning ajralib qolganligi 
va  alohida  o‘zicha  mavjudligi  odatiy  holat  hisoblangan  borliq  va  ong  shakllarining  tarixan 
(ya'ni umumbashariy istiqbolda) hayotiy emasligini isbotlaydi. Umumbashariy xususiyat kasb 
etgan  ushbu  muammoning  murakkabligi,  shuningdek,  diniy,  etnik  va  davlatlararo 
ziddiyatlarning  hali  ham  mavjudligiga  qaramay,  hozirgi  zamon  sivilizatsiyasining  rivojida 
butun  insoniyat  taqdiri  uchun  belgilovchi  ahamiyat  kasb  etuvchi  xususiyatlar  kuzatilmoqda. 
Bugun insoniyat qarama-qarshiliklar, xato va qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, o‘zining birligi va 
yaxlitligini  yaratishga  qarab  harakat  qila  boshladi.  Butun  tarixi  davomida  bashariyat  bir-
biridan ajralgan milliy-davlatchilik tizilmalari yig‘indisi sifatida mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endi, 
tarixda  birinchi  bor  ongli  ravishda  yagona  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy  va  axborot  makonini 
yaratish orqali birlashishga harakat qilmoqda.
432
  Gap jahon hamjamiyatining o‘zaro ta'siri va 
o‘zaro  aloqadorligini  kuchayib  borish  hamda  yagona  hayotiy  makonning  kengaytirilishini 
ifoda  etuvchi  globalizatsiya,  shuningdek,  ilmiy  adabiyotlarda  «global  qishloq»,  «global 
sivilizatsiya»,  «megajamiyat»  va  h.klar,  deb  nom  olgan  jamiyatning  imkoniyatdagi  holati 
haqida bormoqda. 
Hozirgi  paytda  ham  qarama-qarshiliklar  va  ziddiyatlarning  turli  shakllari  saqlanib 
qolayotganligiga qaramay, integratsion jarayonlar o‘ziga yo‘l ochmoqda. Iqtisodiy sohada bu 
jarayonlar  turli  mikroiqtisodiy  (firma  va  korxonalar)  va  makroiqtisodiy  (davlatlararo, 
mintaqaviy va planetar) darajalarda amal qilmoqda. Iqtisodiy integratsiya  bojxona, valyuta va 
iqtisodiy uyushmalar, erkin savdo zonalari, umumiy bozorlar  shaklida namoyon bo‘lmoqda. 
Integratsion tuzilmalar (yoki uni tashkil etishga qaratilgan urinishlar) ga jahon savdo jamiyati 
(VTO),  OPeK,  SEV,  yeES,  yeS,  NAFTA,  ASeAN,  MDH,  Belorussiya  va    Rossiya  Ittifoq 
davlatlari,  yevroosiyo  iqtisodiy  hamjamiyati  (Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,    va  Tojikiston), 
Shanhay  hamkorlik  tashkiloti  (ShOS)  va  boshqalarni  misol  qilib  keltirish  mumkin.  O‘zaro 
kelishilgan qoidalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi bank tizimi – shakllanib borayotgan yagona 
iqtisodiy  makonning  muhim  elementlaridan  biridir.  Yaxlit  umumbashariy  sektorlarning 
vujudga  proteksiya  kelishi  (tanish-bilishchilik)  siyosatining  cheklab  qo‘yilishiga  hamda 
kapital,  mehnat  resurslari  va  texnologiyalarning  erkin  harakatiga,  ishlab  chiqarish  va  xizmat 
ko‘rsatish sohalari raqobatbardoshligining oshishiga olib keladi. 
Siyosiy va huquqiy sohalarda integratsion jarayonlar BMT ning faoliyatida, xalqaro huquq 
normalarini ishlab chiqilishi va tatbiq etilishida, xalqaro sudlar (Gaaga sudi, Strasburg sudi va 
boshqalar)  ning  mavjudligida,  shuningdek,  xalqaro  xavfsizlik  tizimining  barpo  etilishida 
demokratik  o‘zgarishlarga,  gender  teng  huquqligiga  tobora  ko‘proq  yo‘l  ochilishida,  inson 
huquqlarini  izchil  himoyasi,  jinoiy  qonunchilikni  erkinlashtirish  va  boshqalarda  namoyon 
bo‘lmoqda. 
Axborot-kommunikatsion  texnologiyalar  va  Internet  tizimining  vujudga  kelishi 
globazitsiyaning  bir-biridan  ajralib  qolishni  bartaraf  etish  va  integratsion  jarayonlarni 
kuchaytirishning asosiy omili bo‘ldi. Yangi axborot texnologiyalari ijtimoiy aloqa va o‘zaro 
ta'sirning makon-zamon tizimida inqilob yasadi. Vertikal aloqalar o‘rnini gorizontal aloqalar 
                                                 
1
1
 Ягона дунѐвий тартиботни ѝрнатишга қаратилган тарихий уринишлар илгари ҳам мавжуд бѝлган. 
Ѝтмиш империялар ва дунѐвий динларнинг босқинчилик ҳаракатлари бунга мисолдир. Инсоният тарихи 
кѝпгина ѝзгаришларнинг зѝраволик йѝли, «олов ва қилич» билан амалга оширилганлигидан далолат 
беради. ХХ асрдаги глобаллашув лойиҳаларига фашистик (миллий тамойил), коммунистик (синфий 
тамойил), диний фундаменталистик (диний тамойил) ва либерал (фуқаролик жамияти тамойили) 
мафкуралар киритиш мумкин. 


egalladi,  axborot  harakati  va  ijtimoiy  muloqotda  davlat  chegaralari  barham  topdi,  yuz 
millionlab kishilarning tamoman begona abonentlar bilan yangi aloqalar o‘rnatish jarayonida 
masofa va vaqt tushunchalari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi (axborot bir zumda va butun jahonga 
tarqaldi).  Ilgari  yil  va  oyni  talab  etgan  narsalar,  bugunga  kelib  kun  va  soatlarda  amalga 
oshmoqda,  tanlash  va  qaror  qabul  qilish  imkoniyatlari  misli  ko‘rilmagan  darajada  kengayib 
bormoqda.  Shu  tariqa  umumbashariy  axborot  tizimining  o‘zaro  ta'siri  va  bir-biriga  kirib 
borishi natijasida an'anaviy milliy davlatchilik tizimi tamoyillari yo‘qolib bormoqda. 
Insoniyat  hayotiy  faoliyatining  bir  qator  muhim  sohalarida  taqchil  vaziyatni  keltirib 
chiqargan  global  yoki  umumbashariy  muammolar  insoniyatning  yaxlit  bir  butunlik  sifatida 
uyushishida  muhim  omil  bo‘lmoqdi.  Bugun  dunyo  yadro  va  kimyoviy  qurollarga  to‘lib 
ketganligi natijasida sayyoramizning xohlagan nuqtasida sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlar 
zanjiriy  reaksiya  oqibatida  qaytarib  bo‘lmas  global  jarayonlarni  keltirib  chiqarish  ehtimoli, 
hyech  bir  davlatning  o‘zicha  mavjud  bo‘lishi  va  boshqa  mamlakatlar  va  jahon  hamjamiyati 
manfaatlarini  hisobga  olmagan  holda  o‘z  siyosatini  qurishi  mumkin  emasligini  tobora 
chuqurroq  anglab  yetilmoqda.  Hozirgi  davrda  ko‘plab  jarayonlarning  umumbashariy 
xususiyat  kasb  etayotganligi,  u  yoki  bu  mamlakat  o‘z  faoliyatini  faqat  egoistik  manfaatlari 
asosida  qurishi  shu  mamlakatning  emas,  balki  butun  sayyora  (qit'a,  mintaqa  va  x.k  )  ning 
xavfsizligiga tahdid etish mumkin. 
Albatta,  turli  ijtimoiy  guruhlar,  davlatlar,  mintaqalar,  shuningdek,  jahon  hamjamiyati 
hayotining turli sohalarini o‘zaro aloqadorligi ilgari ham mavjud bo‘lgan va anglangan. Lekin 
avvalgi  davrlardan  farqli  o‘laroq,  XX  asr  oxiri  va  XXI  asr  boshlariga  kelib,  o‘zaro 
aloqadorlik, o‘zaro ta'sir darajasi shunchalik oshib ketdiki, turli madaniy dasturlar (maqsadlar, 
dunyoqarash  mo‘ljallari,  manfaatlari,  ehtiyojlari  va  h.k.lar)  ning  birgalikda  mavjudligi 
masalasi  global-planetar  ahamiyat  kasb  eta  boshladi.  XX  asr  butun  insoniyatning  omon 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish