Dominantlarning almashinuvi muayyan ma'naviy mexanizmning ta'siriga bog‘liq bo‘lib, u
yoki bu sivilizatsiya (g‘arbiy yoki sharqiy jamiyat) inqirozi harbiy, geosiyosiy
muvaffaqiyatsizliklarda yaqqol namoyon bo‘lgunga qadar, u ustuvor qadriyatlar,
motivatsiyalar doirasida paydo bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirilgan konsepsiya asosida
so‘nggi yillarda nashr etilgan adabiyotlarda tarixning katta siklida hozirgi zamon
g‘arbiy
fazaning sharqiy fazaga almashishi (g‘arbiy-sharq fazasining sharqiy-g‘arb fazasiga) haqidagi
gipotezalar ilgari surilmoqda. Bugungi kunda ham tabiat, ham madaniyat modernizatsiyaning
ekologik, iqtisodiy va kulturologik yukidan shunchalik horiganki, g‘arbiy faza ilgari inkor
etgan olamni jonli mushohada etish va ijtimoiy tartibot shakllarini tiklash zarurati vujudga
keldi. Kelajakning bunday belgilari sifatida «Yaqin Sharq» fenomeni – tinch okeani
mintaqasidagi mamlakatlarning tarixiy rivojlanish sur'atlari va mazmunidagi muvaffaqiyatlari
keltiriladi.
Jahon tarixining megatsiklik konsepsiyasi o‘zining gipotetik va sxematik xususiyatlariga
qaramay, jahon tarixini birlikda, Sharq va G‘arbning o‘zaro dialektik aloqadorligida
anglashga yo‘naltirilgan zamonaviy nuqtai-nazarlardan biri sifatida muayyan e'tiborga
loyiqdir.
Formatsion va sivilizatsion yondoshuvlar bir-birlaridan farq qiladi. Ammo bir-birlarini
to‘liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi
422
. Agar formatsion yondoshuv –
tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish usuli asosida tahlil
etsa, sivilizatsion yondoshuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan, xulq-atvor xarakteriga
– an'analarga, urf-odatlarga, turmush tarziga, mentallikka e'tibor qaratadi.
Formatsion yondoshuv jamiyatni vertikal kesmasi bo‘yicha rivojlanishini quyi bosqichdan
yuqoriga qarab murakkablashib borishini ko‘rsatsa, sivilizatsion yondoshuv jamiyatni
gorizontal yo‘nalishdagi rivojini tarixiy makondagi tarixiy tuzilmalar, sivilizatsiyalar, unda
yashovchi, ong va irodaga, muayyan qadriyatlarga ega bo‘lgan kishilarning o‘ziga xos
madaniyatlari, turmush tarzlarining tahlilidan iborat.
Formatsion nazariya yangilanishi mumkin va zarur, shu jumladan sivilizatsion yondoshuv
elementlari asosida ham. O‘z navbatida sivilizatsion yondashuv ham, insoniyat tarixining
yaxlit manzarasini aks ettiruvchi formatsion nazariyaning oqilona elementlari hisobiga
yangilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: