Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   290
Bog'liq
falsafa

insoniyatni,  uning  ijtimoiy  tuzilishini  anglatgan  va  birlik  shaklda  ishlatilgan.  Keyinchalik  u 
yovvoyilik  va  johillikdan  keyin  keluvchi  ijtimoiy  rivojlanish  bosqichini  bildirgan.  Co‘ngra  u 
                                                 
415
 Қаранг: История Востока. М., 1999. Т.1, 17-19-бетлар. 


qadriyaviy xususiyat kasb etib, madaniyat tushunchasiga, ayniqsa, individual va ijtimoiy xulq-
atvor normativlariga singib ketgan ma'naviy madaniyat, ya'ni kishilar, xalqlarning mentalligi 
ma'nosiga  yaqinlashib  qoldi.  Amerikalik  olimlar  A.Kreber  va  K.Klakxan  1952  yilda 
«madaniyat»  terminining  164  ta  ta'rifini  e'lon  qildilar  va  ko‘p  hollarda  uni  «sivilizatsiya» 
termini  bilan  bir  qatorda  qo‘llanilganligini  qayd  etdilar
416
.  «Sivilizatsiya»  va  «madaniyat» 
tushunchalari ko‘pincha sinonimlar sifatida ishlatib kelindi. 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  sivilizatsiya  tushunchasini  butun  bir  xalqlar  va 
mamlakatlarning  rivojlangan  holatiga,  «oliy  darajadagi  madaniy  tuzilmalar»ga  tatbiqan, 
ko‘plik shaklida qo‘llanila boshlandi. 1861 yilda Zalsburgda insoniyat sivilizatsion rivojining 
rang-barangli nazariyasini, tarixga madaniy-tarixiy yoki sivilizatsion yondoshuvni shakllantira 
boshlagan  madaniy-tarixiy  maktab  paydo  bo‘ldi.  N.Ya.  Danilevskiy  (1822-1865), 
O.Shpengler  (1880-1936),  A.Toynbi  (1889-1975),  P.A.Sorokin  (1889-1968)  va  boshqalar 
ushbu maktabning mashhur namoyondalari edi. Ularning har biri «sivilizatsiya» terminiga o‘z 
talqinlarini  berganlar:  Danilevskiy  –  «madaniy-tarixiy  tiplar»,  Shpengler  –  «etuk 
madaniyatlar»,  Toynbi  –  «Lokal  sivilizatsiyalar»,  Sorokin  –  «Madaniy  supersistemalar» 
g‘oyalarini  ilgari  surishgan.  Ularning  ichida  eng  ommaviylashgani  «lokal  sivilizatsiyalar» 
termini bo‘ldi. 
Umuman  olganda,  madaniy-tarixiy  yo‘nalish  namoyondalari  sivilizatsiyani  odatda  etnik 
chegaralar  bilan  mos  tushmaydigan,  etnoslararo  xarakterga  ega  bo‘lgan  madaniyat  tiplari 
tarzida  tushunganlar.  Lekin  etnoslararo  sivilizatsiyalar  muayyan  madaniy  markazlarning 
kuchli ta'siri ostida vujudga keladi. Xususan, Qadimgi Sharqqa nisbatan yaqin sharq, hind va 
uzoqsharq  sivilizatsiyalari,  yevropaga  nisbatan  esa  –  antik  sivilizatsiya  haqida  fikr  yuritilib, 
ular mos ravishda Qadimgi Mesopotamiya, Shimoliy Hind, Xitoy va Gretsiya ta'sirida paydo 
bo‘lgan. 
Sivilizatsion  yondoshuvda  sivilizatsion  ayniyat  (identichnost)  mezonlari,  ya'ni 
madaniyatning  u  yoki  bu  tipini  qanday  belgilar  asosida    aniqlanishi  masalasi  nihoyatda 
muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Shunga  bog‘liq  holda  ularning  soni,  klassifikatsiyasi  va 
o‘zaro  aloqadorligi  muammosi  turlicha  hal  etiladi.  Masalan,  O.Shpengler  sivilizatsiya 
shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib, 8 ta buyuk madaniyatlar 
yoki  sivilizatsiyalar  nomini  keltiradi.  Bular:  misr,  bobil,  hind,  xitoy,  appolon  (Yunon-rim), 
arab (afsunkor), Meksika, g‘arb (faust) madaniyatlari yoki sivilizatsiyalaridir
417
.  
A.Toynbi  sivilizatsion  ayniylikning mezoni sifatida,  din, tarix, til,  an'ana va  madaniyatni 
qabul qiladi hamda shu asosda 5 ta «jonli» sivilizatsiyalarni ajratadi – g‘arb xristianligi orqali 
birlashagn  g‘arb  jamiyati;  janubi-sharqiy  yevropani  Rossiya  bilan  birlashtirgan  pravoslav-
xristian jamiyati, Shimoliy Afrikadan tortib Buyuk Xitoy devori hududigacha bo‘lgan – islom 
jamiyati,  tropik-subkontinental  Hindistondagi  –  hind  jamiyati,  Janubiy-Sharqiy  Osiyoning 
subtropik va mo‘tadil hududlarida shakllangan – Uzoq Sharq jamiyati
418
.  
N.Danilevskiy  10  ta  sivilizatsiyani  yoki  uning  iborasi  bilan  aytganda,  madaniy-tarixiy 
tiplarni  farqlaydi.  Bular:  misr,  ossuriya-bobil-finikiya-xaldey  (qadimgi  somiy),  xitoy,  hind, 
eron, 
yahudiy, 
yunon, 
rim, 
arab 
(yangi 
somiy), 
yevropa 
(romano-german)
419
 
sivilizatsiyalaridir. 
Sivilizatsion  konsepsiya  tarafdorlari  rivojlanishning  davriyligi  nuqtai  nazaridan  turib, 
sivilizatsiyaning  vujudga  kelish,  gullab-yashnash  va  halokati  bosqichlarini  ajratadilar.  Uni 
o‘simliklar,  jonivorlar  va  inson  hayoti  davrlari  bilan  qiyoslab,  sivilizatsiyalar  «tug‘iladi, 
rivojlanishning turli bosqichlaridan o‘tadi, qariydi, so‘nadi, halok bo‘ladi», deb hisoblashadi. 
Umuman  olganda,  tarix,  ularning  fikricha,  jahon  tarixi  miqyosida  muayyan  tarzda  o‘zaro 
                                                 
416
 A.Z.Kreber, Kluckhonc. Culture: A Critical Review of Concept and Deinitions. N.-Y. 1952. p.291. 
417
 О. Шпенглер. Закат Европы. М., П., 1923. 16-б. 
418
 А.Тойнби. Постижение истории. М., 1921. 33-б. 
419
 Н.Данилевский. Россия и Европа. М., 1991. 74-б. 


aloqada  bo‘lgan,  rivojlanib  boruvchi  lokal  sivilizatsiyalar  majmuini  tashkil  etadi,  jahon 
sivilizatsiyasi esa, turli sivilizatsiyalarning o‘zaro ta'siri natijasidir.  
Shunday  qilib,  sivilizatsiya  –  tarixning  madaniy-tarixiy  konsepsiyasi  nuqtai  nazaridan,  - 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish