Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   290
Bog'liq
falsafa

sivilizatsiyalararo muloqot asri, deb e'lon qilindi
426
.  
                                                 
423
 Ф.Фукуяма. «Конец истории?»//Вопросы философии. М., 1990. №3. 
424
 Қаранг. С.Хантингтон. «Столкновение цивилизаций?»//Полис. М., 1994. №1. 
425
 Қаранг: Полис, 1994. №1. 33-б. 
1
1
 Қаранг: М.Хотеми. Выступление на 53-сессии Генеральной Ассамблеи, информационный бюллетень 
посольства Ирана в Ташкенте. 2001. №7.  


Bir  qator  g‘arb,  ayniqsa  amerikalik  olimlarining  qarashlarida  avj  olgan  globalizm 
g‘oyalari,  xususan,  Ayru  L.Strausning  1997  yilda  nashr  etilgan  «Bir  qutblilik.  Yangicha 
dunyoviy tartibotning markazlashgan strukturasi va Rossiya» maqolasida yangicha dunyoviy 
tartibotning  «birqutblilik»  konsepsiyasi  o‘z  ifodasini  topdi.  U  xalqaro  munosabatlarning 
zamonaviy  tizimini  majoziy  ma'noda  oddiy  yong‘oqqa  qiyoslaydi.  BMT  va  boshqa  xalqaro 
tashkilotlar uning umumiy qobig‘ini tashkil etsa, ichidagi asosini – yadrosini qolgan dunyoni 
boshqarib  turuvchi,  buyruq  beruvchi  markaz  –  G‘arb  tashkil  etadi.  Butun  tarixning 
ilgarilanma  harakatini  u  ko‘pqutblilikning  ikki  qutblilik  bilan,  ikki  qutblilikning  esa  bir 
qutblilik  bilan  almashinishida  ko‘radi.  Shundan  kelib  chiqib,  u  G‘arbni  butun  dunyoni 
boshqaruv markazi sifatida tavsiflovchi kelajak dunyoning birqutbli konsepsiyasini yaratdi. 
Birqutblilik,  Straus  fikricha,  jahon  tarixida  yuksak  salmoqqa  ega  bo‘lgan  industrial 
demokratiyalardan  tashkil  topadi  va  uning  doirasida  AQSh  boshqa  davlatlarga  yetakchilik 
qiladi
427
.  
Jahon tizimida birqutblilikning salmog‘i faqat uning yaqqol namoyon bo‘lgan, iqtisodiy va 
texnologik  salohiyati  bilangina  emas,  balki  qolgan  jamiyatlarning  modernizatsiyasi 
g‘arblashtirish  tomon  borayotganligi  bilan  ham  belgilanadi,  deydi  Straus.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  birqutblilikning,  ya'ni  g‘arbning  ustivorligi  eng  avvalo  mafkuraviy  omilga,  aynan 
esa liberalizm mafkurasiga bog‘liq. 
AQShning  sobiq  Davlat  kotibi  Zbignev  Bjezinskiy  ham  «Sovet  Ittifoqi  mag‘lubiyati  va 
parchalanib ketishi, AQShning yagona va haqiqatda birinchi asl umumbashariy davlat sifatida 
g‘arbiy  yarimshar  shohsupasiga  tez  sur'atlar  bilan  ko‘tarilishida  yakunlovchi  akkord 
bo‘ldi»
428
,-  deb  ta'kidlaydi.  Aksariyat  ilmiy  va  siyosiy  doiralarda  mazkur  konsepsiyaga,  bir 
maydonli, bir qutbli dunyo haqidagi mulohazalarga ilmiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham 
yetarlicha asoslanmagan nuqtai nazarlar sifatida tanqidiy munosabat bildiriladi. 
Yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  G‘arbning,  ayniqsa  AQShning  hozirgi  zamonda  keskinlashib 
borayotgan  barcha  umumbashariy  muammolarini  faqat  o‘z  manfaatlaridan  kelib  chiqqan 
holda  o‘zi  xohlagancha  hal  etish  «huquqi»ni  asoslovchi  konsepsiyalardan  tashqari,  bunday 
kayfiyatlardan  ogoh  bo‘lishlik  g‘oyasini  ilgari  suruvchi  ta'limotlar  ham  mavjud.  Xususan, 
amerikalik  tadqiqotchi  Pol  Kennedi  o‘zining  «Buyuk  davlatlarning  ravnaqi  va  inqirozi» 
kitobida  «imperiyaning  zo‘riqishi»  nazariyasini  ishlab  chiqdi.  U  o‘z  zimmasiga  xalqaro 
hayotni  tashkil  etish  va  yakka  holda  yetakchilik  qilish  ma'suliyatini  olgan  hyech  bir  davlat 
bunday  maqomni  uzoq  vaqtgacha  saqlab  tura  olmasligini  ko‘rsatib  berdi.  Bunday  davlat 
o‘zining  ichki  kuchlarini,  eng  avvalo,  iqtisodiy  hayotini  barbod  qiladi  va  oxir  oqibat  oddiy 
davlat holatiga beixtiyor o‘tib qoladi. 
Fransuz  tarixchisi  Emmanuel  Todd  «Imperiyadan  so‘ng  Amerikacha  tizimning  inqirozi 
haqida  esse»  (2002)  kitobida  imperiyalarning  tarixi  odatda  ta'lim  sohasidagi,  so‘ngra  esa 
iqtisoddagi  yuksalishdan  boshlanadi,  deb  yozadi.  Ularning  asosida  harbiy  kuch  shakllanadi. 
Lekin,  iqtisodiy  baza  torayib  va  qisqarib  borgan  sari,  so‘nggi  saqlanib  qoladigan  narsa  – 
harbiy mashina bo‘ladi. SSSRda ana shunday bo‘lgan. Hozir AQShda shunga o‘xshash holat 
yuz bermoqda. 
 O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimov  o‘zining  «O‘zbekiston  XXI  asr 
bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  kitobida 
«totalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qutblarga bo‘linishi barham topdi. Lekin shu 
tufayli u xavfsizroq, barqarorroq, sobitqadamroq bo‘lib qoldimi?», - deb savol qo‘yadi. Va – 
«er yuzida vaziyat va kuchlar nisbati shiddatli o‘zgarib bormoqda. Yangi mustaqil davlatlar 
maydonga chiqmoqda. Bu esa hozirgi kunda davlatlar va xalqlarning barqarorligini ta'minlash 
                                                 
2
2
 Қаранг: Л.Айру Страус. «Однополярность. Концентрическая структура нового миравого порядка и 
Россия»//Космополитис. Альманах. М.: Полис. 146-б. 
3
3
 Збигнев Бжезинский. Великая шахматная доска. Господство Америки и его геостратегические 
императивы. М., «Международное отношение».1995. 5-б. 


uchun  yangicha  yondashuvlarni  izlab  topishni,  XXI  asr  arafasida  xavfsizlikning  yangicha 
modellarini ishlab chiqishni tobora qattiq talab qilmoqda»
429
, - deb ta'kidlaydi. 
 
2-bobHOZIRGI ZAMON SIVILIZATSIYaSI: YaNGI PARADIGMALARNI 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish