boshqalarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi an'anaviy tamoyillarga ega bo‘lgan milliy
davlatchilik – xalqlarning siyosiy birligining eng maqbul modeliga aylanib bormoqda.
Jahonda haqiqiy «etnik (renessans) uyg‘onish» kuzatilmoqda. Quyidagi dalillar buning yorqin
isbotidir. 1965 yilda dunyoda 100ta suveren davlat bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda ularning soni
160 taga, 1992 yilda 175 taga etdi
439
, hozirgi paytda esa BMTga 187 ta davlat kirgan. Aynan
milliy davlatlar hozirgi zamon xalqaro munosabatlarining asosiy sub'ektini tashkil etib
bormoqda.
O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqining boshqa respublikalari kabi uning barham topishi
natijasida davlat mustaqilligiga erishganiga qaramay, mamlakatimizning milliy mustaqilligi
ildizlari juda chuqurdir. O‘zbekiston mustaqillikka ega bo‘lishi bilan uning o‘z mustaqil rivoji
yo‘lini tanlash birinchi darajali hayotiy muhim vazifaga aylandi.
Ma'lumki,
millat – eng avvalo, etnotarixiy umumiyatdir. Millatlarning identifikatsiyasi,
sifatan aniqlanishi oxir oqibat ular joylashgan hududdagi
tabiiy sharoitga bog‘liqdir. Kishilar
faoliyatining shart-sharoitlari ta'sirida «
mentalitet» tushunchasi bilan belgilanadigan ularning
madaniy norma va ideallari, qadriyatlari, tamoyillari shakllanadi.
Milliy mentalitet, millatning
boshqa jihatlari kabi o‘z-o‘zini saqlash, u yoki bu hodisa va narsalarni qabul kilish yoki rad
etish, takror ishlab chiqarish, rivojlantirish xususiyatiga ega. Muayyan tarixning turli
so‘qmoqlari, egri-bugri yo‘llari, ijtimoiy mo‘ljal va siyosiy tizim, davlatchilik shakllarining
o‘zgarishi millat taqdirini, uning mavjudligini yoki yo‘q bo‘lib ketish masalasini hal eta
olmaydi. Buni o‘zbek va boshqa Markaziy Osiyo millatlarining
etnogenezida kuzatish
mumkin.
Hozirgi davrdagi o‘zbeklarning avlod-ajdodlari meloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida
O‘rta Osiyoning daryolari oraliqlarini egallagan qadimgi qabilaviy jamoalar – saklar,
massagetlarga borib taqaladi. Milodiy 1-ming yillikning o‘rtalariga kelib, bu yerda birinchi
davlatchilik uyushmalari – So‘g‘d, Xorazm, Baqtriya, Marg‘inona vujudga keldi.
Mamlakatimizning qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri va davlatchilikning chuqur
an'analariga ega ekanligini uning qulay tabiiy sharoitlari bilan birga, geostrategik ahvoli –
Osiyo qit'asining markazida, Sharq va G‘arbni bog‘lovchi yo‘l chorrahasida joylashgani bilan
ham tushuntirish mumkin. Lekin aynan shu qulay sharoitlari tufayli Markaziy Osiyo uning
butun tarixi davomida kuchli davlat va imperiyalarning bosqinchilik niyatlari markazida
bo‘ldi. Markaziy Osiyo xalqlari Axmoniylar davrida eronliklarning, Aleksandr
Makedonskiyning, VII asrda arablarning, XII asrda mo‘g‘ullarning va h.k. bosqinlarini
boshdan kechirdilar. Buyuk Temur hukmronlik qilgan davrda Markaziy Osiyo, Eron,
Kavkazorti, Shimoliy Hindistonni o‘z ichiga olgan kuchli markazlashgan davlatning asosini
tashkil etdi. XVII-XVIII asrlarda bu yerda ikki xonlik – Xiva va Qo‘qon xonliklari va Buxoro
amirligi vujudga keldi. XIX asrning so‘nggi choragida ular zo‘rlik yo‘li bilan Rossiya
imperiyasi tarkibiga kiritildi.
Markaziy Osiyo xalqlari mustaqilligi uchun kurashish jarayonida murakkab tarixiy yo‘lni
bosib o‘tgan, lekin har doim o‘zligini, etnik muayyanligini saqlab kelgan. Odatda, (salb)
bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan va o‘lkamiz hududida qolib
ketgan boshqa etnik guruh
vakillari mahalliy aholi bilan qo‘shilib ketishgan, ularning tili, an'ana va rasm-rusumlarini
qabul qilishgan.
Sho‘rolar davrida milliy davlatchilik asosida bo‘linish natijasida markaziy osiyolik millat
va xalqlarning nomlarini olgan davlat tuzilmalari – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston SSR va Qoraqalpog‘iston ASSR vujudga keltirildi. Mohiyatan
unitar davlatchilik sharoitida bu respublikalarning tantanali ravishda e'lon qilingan
mustaqilligi amalda uydirmaga aylangan edi. Yangidan tashkil topgan respublikalarning
iqtisodi markazdan boshqarilgan. Milliy an'ana va rasm-rusumlarni bajarishga to‘g‘onoqlar
439
Қаранг: Общественные науки и современность. 1995. №5. 141-бет.
qo‘yildi, milliy tilning ahamiyati kamsitildi, asrlar davomida kishilarning ma'naviy
madaniyati va turmushining ajralmas qismi bo‘lgan din va xalqlarning e'tiqodlari quvg‘inga
uchradi. Ta'kidlash joizki, bunday jarayonlar SSSRning nafaqat Markaziy Osiyodagi, balki
boshqa barcha respublikalarida, shuningdek Rossiyada ham kuzatildi. Aynan shu hol ko‘p
jihatdan Sovet Ittifoqining oson va tez tanazzulga uchrashiga ta'sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: