4-§. Axloq falsafasi
Har bir olingan shaxs va jamiyat qadriyatlari tizimida axloы muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy
falsafada axloq ijtimoiy ongning shunday shakli sifatida tushuniladiki, unda ayrim olingan
kishilar, ijtimoiy guruhlar va umuman jamiyatning axloqiy tasavvurlari, odamlar xatti-
harakatining me'yorlari va baholanishi o‘z ifodasini topadi.
Axloq mohiyatini tushunishda ushbu tushunchaga ma'no jihatdan yaqin bo‘lgan, ammo
ba'zi belgilari bilan farqlanadigan – «odob» va «etika» tushunchalarining nisbatini aniqlash
juda muhimdir. Agar axloq tushunchasi ostida ko‘pincha ijtimoiy ong shakli (ya'ni anglangan
me'yorlar va qoidalar) anglashilsa, odob xushxulqlik me'yorlar va qoidalar amal qilishining
391
Иқтибос: Рахманкулов Х.Р.Рахманов А.Р. Права человека: история и сорвеменность. –Т., 1998. 25-б.
392
Ѝша жойда. 26-б.
393
Крапивенский С.Э. кѝрсатилган асар. 240-бет; қаранг: Социальная философия. –М., 1995, 118-б.
jonli sohasini o‘zida mujassam ettiradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, odob doirasi kishilar
orasidagi o‘zaro munosabatda ularning voqyey hayotdagi aloqalarini tashkil etadi. Etika deb
shunday falsafiy sohani aytishadiki, u inson faoliyatining, odobi va axloqiy me'yorlarini
o‘rganadi.
«Axloq», «odob» va «etika» tushunchalarining farqi yetarli darajada oshkordir. Ammo
kundalik hayotda, har kungi aloqalarda mazkur tushunchalar ko‘pincha sinonimlar sifatida
qo‘llaniladi. Masalan, birgina xatti-harakatni «axloqsizlik», «badxulqlik», «adabsizlik» deb
aytish mumkin.
Axloq, odob, etika haqidagi falsafiy tasavvurlarning tarixiy taraqqiyotida juda ham xilma-
xil nazariy va uslubiy yondoshishlarni topish mumkin.
Axloq eng qadimgi ijtimoiy hodisalardan biridir. Uzoq vaqtlar davomida u jamiyatda
yagona tartibga solib turuvchilik vazifasini bajarib keldi.
Axloq qaysi vaqtda shakllanganligi haqida turli tuman nuqtai nazarlar mavjud. Nima
bo‘lganda ham, u ibtidoiy jamiyatdayoq paydo bo‘lgan. Axloq shu vaqtda paydo bo‘ldiki,
unda inson nima bor-u, nima bo‘lishi kerakligini farqiga borgan edi. Eng qadimgi
zamonlardan boshlab barcha falsafiy ta'limotlar ko‘proq yoki ozroq darajada tartibga
keltirilgan axloqiy qarashlar tizimini albatta o‘zida mujassamlashtirgan edi.
Axloq va odob haqidagi ta'limot Sharq falsafasining ko‘pchilik maktab va yo‘nalishlarida
muhim o‘rin tutadi. Masalan, Zardushtiylik o‘zida shunday axloqiy talablarni
mujassamlashtirganki, unga binoan kishilar bir-birlari bilan tinchlik va osoyishitalikda ahllik
bilan yashashlari, o‘z yaqinlariga xayrixohlik kursatishlari, zaruriyat va xavfli vaziyatlarda
bir-birlariga
yordam berishlari, yomonlik, shafqatsizlik, mag‘rurlik, zo‘ravonlik,
o‘zboshimchalik, hasad va tuhmatga qarshi kurash olib borishlari, g‘azab va hokazolarga
berilmasliklari lozim bo‘lgan.
Axloq masalalariga xitoy va hind falsafasida ham katta e'tibor qaratilgan. Masalan,
konfutsiychilikda axloqiy qoidalar, me'yorlar va boshqarishni tartibga solib turishga asosiy
e'tibor qaratilgan. Qat'iy axloqiy talab manbalari quyidagi so‘zlarda o‘z ifodasini topgan: «har
bir kishini o‘zingni hurmat qilgandek, hurmat qil, o‘zingga nimani ravo ko‘rishni xohlasang,
boshqalarga ham shuni ravo ko‘rki, ular ham bizga shunday munosabatda bo‘lsinlar, bundan
yuksakroq hyech narsa yo‘q» (Konfutsiy).
Vedalar falsafasi nuqtai nazaricha, eng muhim narsa – bu ezgu ishlar, to‘g‘ri xulq-atvor,
kamtarona hayot tarzidir. Faqat shundagina yuksak axloqli kishi o‘zining karmasini
o‘zgartirishi mumkin. Buddaviylik insonning bosh maqsadini azob-uqubatdan qutilish deb
e'lon qildi, bunga esa, shundagina erishish mumkinki, agar to‘g‘ri xatti-harakatni, to‘g‘ri
gapirishni, to‘g‘ri hayot kechirishni va hokazolarni o‘z ichiga olgan «to‘g‘ri yo‘l»dan
og‘ishmay borilsa. Ana shu hind axloqiy falsafiy an'anasini bilish orqaligina buyuk
mutafakkir M.Gandining quyidagi so‘zlarini tushunish mumkin: «qachon harakat qilishni va
qachon xatti-harakatlardan tiyilib turishni bilmoq lozim. bunday sharoiitlarda harakat va
faoliyatsizlik bir-biriga qardosh bo‘lib, bir-biriga hyech ham qarama-qarshi turmaydi».
Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur, Mark Avreliy, Seneka va boshqa qadimgi dunyo
mutafakkirlari axloq falsafasi rivojiga muhim hissa qo‘shdilar. Suqrot fikrcha, axloq asosini u
yoki bu axloqiy ko‘rsatmalarga tashqi tomondan rioya etish emas, balki ularning zarurligini
tushunish tashkil etadi. Chuqur bilimlarga ega bo‘lish va o‘z-o‘zini bilish insonga xushxulq
bo‘lish imkoniyatini beradi. Ana shu yerdan Suqrot shiorining manbasi kelib chiqadi: «O‘z-
o‘zingni bil».
Aflotun va Arastu axloq falsafasining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan baxt-saodat va
ezgulik haqidagi ta'limotni ishlab chiqdilar. Aflotun falsafasiga ezgulik kishilik dunyosida o‘z
xususiyatini ezgulik tushunchasiga nisbatan oliyroq bo‘lgan, g‘oyalar dunyosidan orzudagi
mohiyatlar ihromining cho‘qqisida turgan baxt-saodat g‘oyasidan cho‘michlab oladi. Arastu
esa ezgulikni insonning o‘z ruhiga xos bulgan xususiyat sifatida qarab chiqadi. Ezguliklarni
tabaqalashtirishda Aflotun eng yuksak o‘rinni adolatga ajratadi: «Adolat – bu ulug‘ ruhlarning
ezguligidir», «jasorat va kamtarinlikdan uchinchi ezgulik bo‘lgan adolat kelib chiqishi
mumkin».
Epikur ajoyib axloqiy-falsafiy ta'limot yaratdi. Bu ta'limotda bosh o‘rinni inson baxt-
saodati mavzusi egallaydi. Epikur inson baxt-saodatning asosi sifatida huzur va lazzatni
asoslashga qaratilgan «gedonizm» nazariyasining ijodkoridir. Bunda huzur va lazzatlanish
biologik ehtiyojlarini va havaslarni qondirishdangina iborat emas. Faylasuf doimo qayd etgan
ediki, agar inson oqilona, axloqan va adolatkorona yashamasa, u baxtli bo‘lishi mumkin emas.
Axloq falsafasi tarixida muhim o‘rinni Musulmon sharqi mutafakkirlarining g‘oyalari
tashkil qiladi. Forobiy uchun axloq – bu insonning jamiyat a'zosi sifatidagi axloqiy xatti-
harakatlari to‘g‘risidagi bilimdir. Axloq, odoblik jamiyatni takomillashtirish va baxt-saodatga
erishish, ravnaq va umumiy ezgulikka erishish garovidir. Beruniy adolatni bosh ezgulik
hisoblab, qayd etgan ediki, «tenglik joriy etilgan joyda ochko‘z hissiyotlar va g‘am-alam
barham topadi»
394
. Sharqning axloqiy-falsafiy ta'limotida muhim o‘rinni Yusuf Xos
Xojibning «Qutadg‘u bilig» asari egallaydiki, u turkiy tilda o‘rta asrlarda yaratilgan eng yirik
dunyoviy adabiyot yodgorliklaridan biridir. U axloqiy-tarbiyaviy, ya'ni axloqiy nasihatlar
xususiyatiga ega. Kitobning o‘zini nomini «Baxt-saodatga eltuvchi bilim» deb tarjima qilish
mumkin. Asosiy diqqat-e'tiborni Yusuf inson ma'naviy kamolotiga qaratadi. U qayd etgan
edi: «Kimning xatti-harakati yaxshi va fe'lu-xuyi to‘g‘ri bo‘lsa, u o‘z maqsadiga erishadi va
unga baxt-saodat kulib boqadi»
395
.
Jahon axloq falsafasidagi haqiqiy burilish yevropada Uyg‘onish davrida yuz berdi.
«Uyg‘onish davri falsafasi axloqiy me'yorlarning paydo bo‘lishi masalasini kun tartibiga
qo‘ydi. Shuning uchun birinchi o‘ringa ilgarigidek, ezgulik nima degan masala emas, balki
boshqasi, axloqiylikning o‘zi nima va u qanday maqsadlarga xizmat qiladi, degan muammo
qo‘yiladi»
396
. Ko‘pchilik mutafakkirlar bu masalalarga o‘z javoblarini berishga harakat
qildilar. P.Beyl (1647-1706) fikricha, axloq asosida tabiiylik yotadi: «aql qoidalariga
asoslangan va insonning yaxshilikka bo‘lgan tabiiy ishtiyoqidan kelib chiqadigan axloqdan
boshqa, axloq yo‘qdir». B.Paskal (1623-1662) axloq asoslarini inson tafakkuridan qidirishni
tavsiya etadi: «Bizning barcha obro‘-e'tiborimiz shundaki, biz fikrlashga qodirmiz. Shunday
ekan, to‘g‘ri fikrlashga harakat qilishimiz kerak: axloq asosi esa ana shundadir». Bu yerda
yana bir muhim jihat shundaki, ko‘pchilik mutafakkirlar axloqni siyosatdan ajratishga bo‘lgan
urinishni zarurli ekanligini tushundilar: «Dunyoda qachonlardir yo‘l qo‘yilgan eng holakatli
xato – bu siyosiy fanlarni axloqiy fanlardan ajratishdir».(P.Shelli), «Siyosatda yaxshi bo‘lgan
narsa, axloqda yomon bo‘la olmaydi» (I.Bentam).
Axloq falsafasi haqidagi asosiy ta'limot I. Kantning ijodiy merosi, ayniqsa uning «Sof
aqlni tanqidi», «Amaliy aqlning tanqidi» kabi asarlaridir. O‘lmas falsafiy hikmatlarga
aylangan ko‘plab o‘z ifodasini topgan fikrlar aynan Kantga taalluqlidir: «Shunday qilginki,
sening shaxsiy xatti-harakating boshqalar fe'lu atvori uchun qoidaga aylansin», «Axloq biz
o‘zimizni baxtli hisoblashimiz lozimligi haqidagi ta'limot emas, balki, biz qanday qilib baxt-
saodatga loyiq bo‘lishimiz to‘g‘risidagi ta'limotdir», «Axloq ishonch falsafasidir».
Kant uchun har bir alohida olingan ozod inson, kimlardir tomonidan o‘rnatilgan
me'yorlarga ko‘r-ko‘rona ergashuvchi, oddiygina axloq ob'ekti emas. Inson – axloq sub'ekti
bo‘lib, tanlash erkinligiga, axloqiy kamolotga, xulq-otvordan xohlaganini qabul qilishga qodir
bo‘lgan zotdir. Ammo ozodlik hamma vaqt burch hissi bilan qo‘shib olib borilishi lozim.
XIX-XX asrlardagi falsafiy ta'limotlardan axloqiy muammolarga eng ko‘p e'tibor
qaratganlar personalizm, «hayot falsafasi», ekzistensializm va boshqalar edi. Personalizm
nuqtai nazaricha, shaxslarning o‘z-o‘zlarini axloqiy kamolot sari yo‘llashi to‘la ijtimoiy
394
Беруни. Собрание сочинений. 96-б.
395
Юсуф Хос Хожиб. Кутадғу билиг. –Т., 1972. 867-б.
396
Вундт В. Введение в философию. –М., 1998. 329-б.
uyg‘unlikka olib kelishi mumkin. Nemis personalizmi asoschilaridan biri M.Sheler (1874-
1928) fikricha, insonda ikki bir-biriga qarshi bo‘lgan ibtidoning kurashi: axloqiylik va «hayot
kuchi» yuz beradi. Inson birinchisiga yoki ikkinchisiga intilishi mumkin. Muammo shundaki,
inson qanchalik axloqiy, ma'naviy jihatdan boy bo‘lsa, u shunchalik «hayotiy kuch» jihatidan
zaif bo‘ladi.
F.Nitsshe «hayot falsafasi» ning eng yorqin vakillaridan biridir. Shelerdan farqli o‘laroq, u
o‘zining butun kuchi va oshkoraligi bilan «hayot kuchi» (vitalizm)ni targ‘ib qilib, ma'naviy
qadriyatlar va axloqsizlikka mensimaslik bilan qaraydi.
Ekzistensializm ta'limoti amalan butunlay axloqiy muammoga bag‘ishlangan. Bu ushbu
falsafiy yo‘nalishning kelib chiqish davri bilan bog‘liqdir: birinchi jahon urushining oxiri va
ikkinchi jahon urushining arafasi. Insoniyatning barcha muammolarining keskinlashuvi
(ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va hokazo) axloqiy masalalarda o‘z ifodasini topmasdan iloji yo‘q
edi. Ekzistensializm o‘z manbasini shu yerdan olib, hayot ma'nosi, vino, xavfxatar, haqiqat,
adolat, bema'nilik, isyon, ozodlik va boshqa shu kabi muammolarga katta qiziqish bilan
yondashadi. Ekzistensializmda axloqiy tanlash muammosi haqiqatan ham har tomonlama
xususiyat kasb etdi. Yirik fransuz ekzistensialisti J.P.Sartr (1905-1980) yozgan edi: «Mavjud
bo‘lish uchun inson biror narsani tanlashi lozim, ichki tomondan ham, tashqaridan ham unga
biror narsa kelmaydiki, uning uchun uni qabul qilishgina qolgan bo‘lsin. Inson butunlay va
qaytarilmas darajada shunga mustahaq etilganki, u o‘z mavjudligini eng mayda juz'iy
qismlarigacha juda ham zaruriy tarzda o‘zi yaratishi kerak».
XX-XXI asrlar orasi faqat siyosiy, bilish va boshqa jihatlardangina emas, balki ma'naviy-
axloqiy muammolardagi yangi yo‘nalish va yondoshishlarning shakllanishi jihatidan ham
haqiqatan burilish nuqtasi bo‘ldi. Jumladan, biologik axloq, tabiat axloqi, ekologik axloq va
shu kabi yo‘nalishlar shakllandi. Shunday qilib, axloqiy mas'uliyat doirasining kengayishi yuz
berdi. Masalan, biologik axloq ta'limotining asoschilaridan biri bo‘lgan ingliz faylasufm
R.Atfild hyech bir istesnosiz barcha yirik mavjudotlarni axloqiy maqomga ega qilib qo‘yadi.
«er yuzi axloqi» ta'limotining asoschilaridan biri O.Leopold undan ham o‘zib ketadiki, uning
fikricha, faqat biologik ob'ektlargina emas, balki ekologik tizimlar ham, biosfera, yer yuzi
ham yo‘laligicha axloqiy maqomga egadirlar.
Axloq falsafasida yangi yo‘nalishlarning shakllanishi, hali unda an'anaviy ma'naviy-
axloqiy muammolarga qiziqishning barham topishi ma'nosini anglatmaydi. Ezgulik va illatlar,
hayot va o‘lim, yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va egrilik, ulug‘vorlik va pastkashlik,
altruizm va xudbinlik – bu va boshqa ko‘plab masalalar asrlar davomida insoniyatning eng asl
aql egalarini, faqatgina faylasuflarnigina emas, doim qiziqtirib kelgan.
Mustaqil O‘zbekistonning milliy g‘oyasini shakllanishi va rivoji do‘stlik, xayrixohlik,
mehr-shafqat, mehnatsevarlik, poklik, kattalarga hurmat, bag‘ri kenglik, ma'rifatparvarlik kabi
axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liqdir
397
. Jamiyatning haqiqiy gullab-yashnashi, taraqqiyoti
faqat shundagina mumkinki, agarda unda ma'naviy-axloqiy asos mustahkam o‘rnatilgan
bo‘lsa.
Ushbu paragrafni A. Eynshteyning so‘zlarini keltirish bilan tugallash maqsadga
muvofiqdir: «Oxir oqibatda insoniy qadriyatlarning barchasini asosida axloqiylik yotadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |