San'at tushunchasiningzini xilma-xil ma'nolarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p
darajadagi umumiy ifodada san'at ma'nosi ostida
har qanday mohirlikning oliy darajasi
tushuniladi, ya'ni biror narsani o‘quv bilan mohirona bajarish (faoliyatning har qanday
shakligiga nisbatan «mohir» tushunchasi shundan olingan: mohir usta, mohir tarbiyachi va
hokazo). Inson faoliyati qanchalik darajada xilma-xil turlarga bo‘linganligiga qarab, san'at
tushunchasi hakm shunchalik o‘zgarib bordi. Vaqti kelib san'at go‘zallik va nafosat
qonunlariga ko‘ra, insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitni qayta o‘zgartirishga
qaratilgan
insonning ijodiy faoliyati bilan tenglashtirila boshlandi.
Ijtimoiy amaliyotning o‘ziga xos maxsus ko‘rinishi o‘zining xilma-xil ko‘rinishlarining
barchasiga ega bo‘lgan bevosita badiiy ijoddir: rassomlik, haykaltaroshlik, me'morchilik,
musiqa, teatr, kino va boshqalar. Aynan badiiy jarayondagina muayyan ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‘lgan, qaytarilmas muallif xususiyatidan kelib chiqadigan
san'at asarining o‘zi paydo
bo‘ladi.
San'at ijtimoiy ongning asosiy namoyon bo‘lishining biridir. Shuning uchun falsafiy
jihatdan san'at ko‘pincha
estetik (badiiy) ong sifatida talqin qilinadi. Biroq badiiy ong bilan
bir qatorda san'at o‘ziga badiiy faoliyatni –
badiiy qadriyatlar ishlab chiqarish faoliyatini va
uning mahsuloti sifatida – badiiy asarlarni qamrab oladi.
San'at falsafasi sohasidagi hozirgi zamon tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi san'atning
shaxsga badiiy-estetik ta'sirining imkoniyatlari bilan belgilanadi. San'at falsafasining
tushunchaviy o‘zagining o‘zida mavjud bo‘lgan kuchli
akseologiya (qadriyatlar haqidagi
fanlar) qatlami unga inson bilimlarining barcha tizimlarida insonparvarona asos sifatida
maydonga chiqishga imkon beradi.
San'at falsafasi o‘zining tajribaviy ozuqasini tarix, san'atshunoslik, etnografiya,
dinshunoslik va hokazo kabi ilmiy mavzulardan oladi. Nazariy nusxalarni ishlab chiqish va
tajribaviy ozuqani qayta ishlashda san'at falsafasi asosiy umumfalsafiy qoidalar,
jamiyatshunoslik, psixologiya va boshqalarga tayanadi. Ilmiy tadqiqotlar amaliyotida
san'atning turli ko‘rinish va shakllari, uning tarixiy va hozirgi zamon jihatlari o‘rganiladi, turli
jamoaviy uyushmalar, etnik va ijtimoiy guruhlar san'ati tadqiq qilinadi, komparativistik
uslublar, amaliy ijtimoiy hodisalar, psixoanaliz va hokazolardan faolona foydalaniladi. Biroq
shuni esda tutmoq lozimki, san'at falsafasi – ijtimoiy fandir, ijtimoiy fanlarda esa ob'ektiv
omillarning ahamiyati juda kattadir. Shu bilan ayni bir vaqtda san'atshunoslik gumanitar
fandir, ya'ni unda sub'ektiv omillar ham katta o‘rin tutadilar.
Bu san'at falsafasi va san'atshunoslik bir-biriga qarama-qarshi degan ma'noni anglatmaydi.
Aksincha, san'at falsafasi san'atshunoslik uning ixtiyoriga qo‘yishi mumkin bo‘lgan boy
tajribaviy ozuqaga iloji boricha ko‘proq tayanishi lozim. San'at falsafasi ijtimoiy jamoaning
tadrijiy rivojlanishi, o‘zaro ta'siri va ma'naviy sohaning rivojlanishini tasvirlash uchun
bashorat qilish xususiyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
San'at fenomenlarining ko‘plab miqdorda tasvirlanishi turli ijtimoiy jamoalarning
ma'naviy qiyofasini nodirligini ko‘rsatdi. Ularning turli-tuman qiyofalari ortida qandaydir
dunyoni inson tomonidan estetik vositalar orqali bilishning universal yo‘llari va turlari
ochildi. San'atshunos qanday muayyan ta'limotni qo‘llab-quvvatlashidan qat'iy nazar, ayrim
olingan san'at asarini (musiqaviy, rassomlik va hokazo) o‘rganishdan ilgarilab borib, ularni
chuqurroq o‘rganish natijasida san'atning butun tizimini tadqiq qilish orqali san'at
falsafasining cho‘qqisigacha ko‘tariladi.
San'at o‘ziga xos ijtimoiy hodisa bo‘lishi bilan birga, u bir qator vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: