Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   290
Bog'liq
falsafa

Me'yoriy  (boshqaruvchilik)  vazifasi.  U  o‘z  ifodasini  ijtimoiy  boshqaruvchilik  (avvalo, 
huquqiy  va  axloqiy  me'yorlar)  tizimini  shakllantirishda  topadi.  Bunda  muayyan  o‘rinni 
norasmiy boshqaruvchilar bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, an'analar ham egallaydi. 
Qadriyatlilik  (baholash)  vazifasi.  Insoniy  hayot  jarayonlarida  qadriyatlarni  tanlash  ro‘y 
beradi.  Vaqti    kelib,  alohida  olingan  shaxs  va  ijtimoiy  tajriba  barcha  zaruriy  va  foydali 
narsalarni  ajratib  olishga  imkon  bersa,  bunday  holatda  qadriyatlar  yo‘nalishini  qayta  ko‘rib 
chiqishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda nimalardir barham topadi, qandaydir narsalar paydo 
bo‘ladi, nimalarir qayta shakllanadi. 
                                                 
387
 Қаранг: Философия. Минск. 1999. 297-б. 
388
 Қаранг: Гимопинов В.И. Культерология. Алмата 1997. 225-б. 


Sotsializatsiya (ijtimoiylashuv) vazifasi. Bu madaniyatning bosh, tizim tashkil qiluvchilik 
vazifasidir. Insoniy hayot faoliyatining shakli sifatidagi madaniyatning o‘ziga xos xususiyati 
aynan shunda o‘z ifodasini topadiki, u insonga maksimal darajasidagi ijtimoiylik, jamoaviylik 
ko‘rinishini ato etadi. 
Madaniyat  vazifalarining  umumiy  sharhi  bir  qator  quyidagi  madaniyatga  oid 
qonuniyatlarni ifodalashga imkon beradi: 
-  madaniyat  jamiyat  hayotining  tabiiy  va  sun'iysharoitlariga  (uning  turi,  xususiyati,  kelib 
chiqishi, vazifalari, sub'ektlari va hokazo) bog‘liqdir; 
-  jamiyat  hayoti  barcha  tomonlarining  taraqqiyoti,  o‘zgarishlari,  mavjudligiga 
madaniyatning ta'siri; 
-madaniyat  taraqqiyotida  vorislik.  U  faqat  xronologik  bo‘lmay,  balki  ko‘p  ko‘lamli 
bo‘lishi mumkin. 
-  ikki  jihatdan  kelib  chiqadigan  madaniyat  taraqqiyotidagi  notekislik:  tashqi  tomondan 
(madaniyatning gullab yashnagan va inqirozli davrlari jamiyatning boshqa doiralaridagi xuddi 
shunday  davrlariga  muvofiq  kelishi  shart  emasligi)  va  ichki  tomondan  (madaniyatning  turli 
ko‘rinishlari bir-biriga nisbatan notekis rivojlanishi); 
-madaniy  qadriyatlarning  shakllanish  jarayonida  shaxsning  o‘ziga  xos  o‘rni,  ijodiy 
yagonaligi. 
 Madaniyatning  shakllanishi,  amaliy  vazifalarni  bajarishi  va  rivojlanishi  uchun  fan, 
texnika  va  texnologiyadagi  sifatiy  o‘zgarishlar  muhim  ahamiyatga  egadir.  Shu  ma'noda 
insoniyat  tarixida,  shartli  ravishda  eng  asosiy,  sifatiy  uch  sakrashni  alohida  ko‘rsatib  o‘tish 
mumkin.  
Birinchidan,  bu  ijtimoiy-madaniy  hodisa  bo‘lgan  yozuvning  paydo  bo‘lishidirki,  uning 
tufayli  madaniy  qadriyatlarni  saqlash,  ularni  ayriboshlash,  bir  avloddan  boshqasiga  yetkazib 
berish va hokazolar mumkin bo‘ldi. 
Ikkinchidan,  bu  kitob  nashr  etishning  ixtiro  qilinishi  o‘ldiki,  uning  tufayli  madaniy 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada ko‘paytirish va tarqatish imkoniyati paydo 
bo‘ldi. 
Uchinchidan,  bu  hozirgi  zamon  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  yutuqlaridirki,  (radio,  kino, 
televidenie,  ovozni  yozib  olish,  video,  kompyuter  tarmoqlari  va  hokazolar),  uning  tufayli 
madaniy qadriyatlardan foydalanish jarayoni haqiqatan ham ommaviy tus oldi. 
 Madaniyat  doirasini  ilmiy-texnik  jihatdan  jihozlanishining  miqdoriy  va  sifatiy  o‘sishi 
shunga umidvor bo‘lishga imkon beradiki, undan har bir kishi bahramand bo‘lishi mumkin, 
hamda  madaniy  ijtimoiylashish  jarayoni  borgan  sari  tezlashib,  chuqurlashib,  uning  samarasi 
oshib boradi.  Ammo, afsuski, ilmiy-texnika taraqqiyoti imkoniyatiga mos keladigan umumiy 
madaniy saviyaning keskin o‘sishi hali  yuz bermadi. Bundan tashqari, madaniy makonning 
haddan  tashqari  «to‘lib  ketishi»,  ma'lum  ma'noda,  shunga  olib  keldiki,  insonning  madaniy 
dunyoni  qabul  qilish  butunligi  yo‘qoldi.  U  borgan  sari  ko‘p  darajada  bir-biri  bilan  kam 
bog‘langan turli madaniy axborot bo‘laklari mozaikasidan iborat bo‘lib qola boshladi. 
Ilmiy-texnika  taraqqiyotining  gurkirab  o‘sishi  ilgari  ma'lum  bo‘lmagan  ommaviy 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish