5-§. Jamiyatning ma'naviy sohasi
Jamiyatning ma'naviy sohasi ko‘pincha madaniyat bilan tenglashtiriladi. Bunday
tenglashtirish unchalik to‘g‘ri emas, chunki madaniyat faqatgina ma'naviy bo‘lmasdan
moddiy xususiyatga ham egadir. Buning ustiga, madaniyat integral xususiyatga ega bo‘lib,
jamiyatning hamma tomonlari (iqtisodiyot sohasi iqtisodiy va moddiy madaniyatni, siyosat
sohasi siyosiy madaniyatni o‘z ichiga oladi va boshqalar)ga kirib boradi. Moddiylik va
ma'naviylik bir-biriga qarama-qarshi tomonlar (antitez) bo‘lmasdan, ular bir-birga o‘zaro ta'sir
qiluvchi va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ijtimoiy rivojlanish omillaridir. U yoki bu xalq
ma'naviyatining shakllanishi, shu xalqning yashaydigan tabiiy-iqlimiy sharoitlari, ularning u
yoki bu darajada rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ma'naviyat ijtimoiy hodisa va ilmiy tushuncha sifatida o‘zga xos ko‘plab xususiyatga ega
bo‘lib, mustaqil ob'ekt sifatida falsafiy tahlil qilishni talab etadi. Barcha davrlarda yashagan
mutafakkirlar «ruh», «ma'naviyat», «ma'naviylik» kabi tushunchalar to‘g‘risida bosh
qotirganlar. Qadimgi Sharq (Xitoy, Hindiston, Vavilon, Misr va boshqalar), so‘ngra antik
davr va o‘rta asrda yashagan mutafakkirlar ma'naviylik muammosiga katta e'tibor qaratganlar.
Gilgamesh to‘g‘risidagi Shumer eposi, hind Vedalari va Upanishadlari, Konfutsiy, Avesto
ta'limotlari, Aflotun, Arastu, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy va boshqa
mutafakkirlarning asarlari bu masalaga qiziqish kuchli bo‘lganligi, ma'naviyat inson
rivojlanishining eng cho‘qqisi ekanligi va u doimo ilmiy-falsafiy qiziqish uyg‘otganligini
ko‘rsatadi.
Yangi davrga kelib, bu muammoga qiziqish yanada kuchaydi, bu qiziqish o‘sha davrlarda
yuz bergan ilmiy-intellektual inqilob bilan, ko‘p narsalarga nisbatan qarashlarning o‘zgarishi
bilan bog‘liq edi. Fan va texnika qanchalik darajada rivojlansa, ma'naviyat to‘g‘risidagi
masalaga shunchalik e'tibor kuchayib, ilmiy-texnik rivojlanishning ma'naviy mohiyati
to‘g‘risidagi masala tez-tez yuzaga chiqib turdi. Ma'naviylik va onglilik, ma'naviylik va
intellektuallik tushunchalarining ma'nolarini bir-biri bilan aralashtirib yuborish holatlari tez-
tez yuz berib turdi. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zining ma'nosiga va hajmiga ko‘ra ma'naviy
soha ratsional (aqllilik) sohasiga qaraganda kengroqdir. Ma'naviylikning shakllanishidagi
asosiy narsa bilim olishgina emas, balki bilim olishning ma'nosi va maqsadidir. Ma'naviylik
maqsadlar, mohiyatlar va qadriyatlar ierarxiyasining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. U
individni o‘rab turgan voqyelikni ma'naviy jihatdan yuksak darajada o‘rganishini aks ettiradi.
Shuni aytish kerakki, ma'naviyat dunyoviy va diniy bo‘lishi mumkin. Lekin ma'naviyatni
faqat dinga bog‘lash ham mumkin emas. Hatto o‘rta asrlarda, din hukmron bo‘lgan davrlarda
ham ilg‘or fikrga ega bo‘lgan mutafakkirlar ma'naviyatni diniylikdan farq qilishini va undan
kengroq ma'noga ega ekanligini qo‘rqmasdan ta'kidlaganlar. Masalan, Ibn Sino o‘zining
buyuk asari «Donishnoma»da ma'naviylikni substansiya (moddiy substansiya bilan birga)ning
ko‘rinishlaridan biri, deb ta'riflaydi. O‘rta asr mutafakkirlarini ateistlar deb atash mumkin
emas. Lekin ular ma'naviyatni diniylikdan keng mazmunga ega deb o‘ylaganlari haqiqat.
Ma'naviylik va diniylik tushunchalarini ajratish tendensiyasi markaziy osiyolik
ma'rifatparvarlar ijodida keyinroq paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari din va uning
qadriyatlariga o‘z e'tiborlarini qaratish bilan birga, ular davr uchun sof diniylikdan tashqari
universallik (umumiylik) ham zarurligini tushunib yetdilar.
Zamonaviy jamiyat nafaqat texnologiya va iqtisodiyot, balki yuksak darajaga ega bo‘lgan
ma'naviylikdan ham iboratdir. Ma'naviy soha – bu ma'naviy ishlab chiqarish (keng ma'noda
Do'stlaringiz bilan baham: |