demokratiyasining xususiyatlarini ko‘ramiz. Masalan, Yaponiya va Turkiyada demokratik
rejim o‘rnatilganligi to‘g‘risida so‘z borar ekan, ularning iqtisodiy va boshqa yutuqlari
zamirida o‘rta asrlardan buyon saqlanib kelayotgan qattiq ierarxal tuzilmalar yotganini ko‘rish
mumkin.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirishda g‘arbga xos demokratik
qadriyatlarni tatbiq etishda shuni e'tiborga olinadiki, birxillari, masalan, kishilarni siyosatga
382
Справедливость и демократия в качестве диалога культур// Вопросы философии. 1996, №3
haddan ziyod aralashuvi va individualizm bizga mos kelmaydi: boshqalarini qabul qilish
uchun esa hali sharoit va xalqning ongi yetarli shakllanmagan; uchinchilari esa muvaffaqiyatli
ravishda hayotga tatbiq etilmoqda. Bunda sharqona ruh, milliy mentalitet va mamlakatdagi
muayyan-tarixiy sharoit hisobga olinadi.
Umuman olganda, yangi siyosiy tizimning shakllanishida nafaqat sobiq sotsialistik makon
tugatilgandan so‘ng paydo bo‘lgan mustaqil davlatlarda yuz berayotgan umumiy jarayonlarni
hisobga olish, balki faqat O‘zbekiston uchun xos bo‘lgan xususiyatlarga ahamiyat berish
kerak. Bu xususiyatlarni uch xil darajada bo‘lganligini bosqichga ajratish mumkin:
sivilizatsion, hududiy va milliy. Birinchisida sharq sivilizatsiyaning xususiyatlari, sharq
madaniyati, G‘arb demokratiyasidan farqli bo‘lgan sharq demokratiyasi nazarda tutiladi. Bu,
masalan, ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda, shu jumladan, siyosiy sohada ham «yangi
shaklga o‘tishda muvozanatni saqlab, shoshilmasdan, ehtiyotkorlik bilan olib borishda
namoyon bo‘ladi. Demokratiyaning g‘arbiy namunasini qabul qilish esa, agar ular
umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtirgan bo‘lsa, fuqarolarning uni qabul qilishga
tayyorligiga qarab sekin-asta ro‘y beradi.
Hududiy xususiyatlarga kelsak, ularga Markaziy Osiyoga xos bo‘lgan paternalizm bilan
bog‘liq bo‘lib, u esa, hokimiyatga hurmat, qonunlarga itoat qilish va boshqalardan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida o‘tish davrida, kuchli hokimiyat o‘rnatish shu bilan ham bog‘liq.
Bu konkret holda, masalan, hokimlarni joylarda ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi
hokimiyatni birlashtiruvchi hokimlar institutining tiklanishida namoyon bo‘ldi. Va nihoyat,
tariximiz, an'analar va urf-odatlarimiz milliy o‘ziga xoslik ham mavjud. Bunga mahallalarga
o‘zini-o‘zi boshqarish huquqi berilishi, mahallaning davlat tuzilmasining elementi ekanligi,
unga davlat maqomi berilishi, uning o‘z hududida tartib va intizom o‘rnatishi, xo‘jalik va
maishiy masalalarni o‘zi hal qilishi va yana, masalan, kam ta'minlangan va ko‘p bolali
oilalarga ijtimoiy yordam berishi ham kiradi. Va nihoyat, muayyan sharoitlar hisobga
olinadigan bo‘lsa, xususan, ichki siyosatda – islohotlar uchun sharoitlarning yetilgan-
yetilmaganligi, xalqning turmush darajasi pastligi, tashqi siyosatda chegaradosh
mamlakatlardagi vaziyat (masalan, Afg‘oniston) shular jumlasidandir. Shu munosabat bilan
mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekistonda siyosiy tizimning shunday varianti qabul
qilindiki, bunga asosan demokratik institutlar – parlament, ko‘ppartiyaviylik asosida
shakllangan tizimlar – prezidentlik vertikalning boshqa barcha siyosiy institutlaridan
ustuvorligi bilan hamohangdir.
Albatta, o‘ziga xosliklar yaqqol ko‘rinib turibdi, lekin gap faqat ularda emas.
Demokratlashtirish jarayoni hali tugallanganicha yo‘q, u shakllanishda davom etayapti. Bir
qancha muammolar, kamchilik va yetishmovchiliklar, xususan, amaliy erkin muxolifatning
shakllanishidagi ommaviy axborot vositalarining «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylanishidagi
qiyinchiliklar va boshqalar mana shu ob'ektiv va sub'ektiv omillar bilan izohlanadi».
Umuman olganda, mustaqillik yillarida asosan milliy davlatchilikning asosiy belgilari,
Yangi siyosiy tizimi – davlatning huquqiy asoslari shakllandi; O‘zbekiston Respublikasining
demokratiyaning hamma talablariga javob beruvchi Konstitutsiyasi qabul qilindi;
ko‘ppartiyaviy-lik asosida parlament – Oliy Majlis saylanadi, hokimiyatining bo‘linishi
konstitutsiyaviy prinsipi amalga oshirildi; hokimiyatning ijro etuvchi va sud tarmoqlari
shakllantirildi. Demokratik andozalarni chuqurlashtirish va davlat boshqaruvi hamda jamiyat
qurilishda qo‘llash maqsadida 2002 yilning yanvarida o‘tkazilgan referendum va Oliy
Majlisning XI sessiyasida qabul qilingan konstitutsiyaviy qonunlar asosida Oliy Majlisning
maqomi va vakolatlariga Prezidentning, Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga va saylov tizimiga
o‘zgarishlar kiritildi. Bir palatali Oliy Majlis o‘rniga ikki palatali parlament – yuqori palata,
Senat (o‘z tarkibiga hududlardagi sub'ektlardan – Kengashlardan saylangan deputatlarni
birlashtiruvchi vakillik organi)dan va partiya ro‘yxatlari bo‘icha hamda o‘z nomzodini o‘zi
ilgari surish yo‘li bilan saylanadigan Qonunchilik palatasidan iboratdir. Prezident
vakolatlarini bir qismi, birinchi navbatda davlat sud tuzilmalari va maxsus xizmatlarga
taalluqli, shuningdek, tashqi diplomatik vakillarni tanlash va tasdiqlash vakolatlari ham
Senatga topshirildi. Quyi, Qonunchilik palatasining faoliyati sessiya oralig‘ida faoliyat
ko‘rsatish tartibidan doimiy asosda ishlashga o‘tkaziladi. Bu va boshqa o‘zgarishlar yanada
mukammal demokratik jamiyatni shakllantirishga va hokimiyat tuzilmalarining yanada
mukammal mutanosiblashuviga, davlatni boshqaruvi va jamiyat qurilishidagi demokratik
islohotlarni o‘tkazishni yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston fuqarolik jamiyati
qurishni maqsad qilib olgan, kelgusida davlatni boshqarishdagi ko‘p vazifalar xalqning o‘ziga
o‘tkaziladi, faqat ichki va tashqi siyosat, umummilliy strategik vazifalarini ishlab chiqish va
amalga oshirish bularga kirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |