Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   290
Bog'liq
falsafa

inqirozi  deb  nom  olgan.  U  ishlab  chiqarishning  pasayishi,  pulning  qadrsizlanishi, 
ishsizlikning ortishi va aholining ko‘pchilik qismining turmush darajasining keskin pasayishi 
bilan  amalga  oshadi.  Bularning  barchasining  sababi  sifatida  quyidagilarni  ko‘rasatish 
mumkin:  rejaga  asoslangan  iqtisodiyotdagi  noqulay  sharoitlar,  tuzilmaviy  og‘ishlar, 
iqtisodiyotni  harbiylashtirish  va  b.)  bu  mamlakatlar  xo‘jaligida  yangi  tartibdagi  ish  tarziga 
ko‘nikishdagi  qiyinchiliklar,  bozor  infratuzilmasining  tuzilishi,  yangi  o‘zaro  savdo 
munosabatlarining shakllantirilishi, bozor tajribasining yetishmasligi va boshqalar. Ko‘pchilik 
hollarda  bu  omillar  islohotchilarning  noto‘g‘ri  xatti-harakatlari,  strategiya  va  taktikani 
noto‘g‘ri tanlashi va noto‘g‘ri amalga oshirishlari tufayli yana ham murakkablashib ketadi.    
Har  bir  sobiq  sotsialistik  mamlakatlari  inqirozdan  chiqish  yo‘lini  turlicha,  o‘ziga  xos 
usullar  bilan,  ya'ni  o‘z  sharoitlari  va  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  xolda  bartaraf  etadi. 
Bunda  tajribaning  ko‘rsatishicha,  ayrim  davlatlar  totalitar  tuzumda  shakllangan  iqtisodiy 
munosabatlarni  birvarakayiga  ildizi  bilan  yo‘q  qilishdan  iborat  «shok  terapiya»sining 
tezlatilgan  shaklini  ma'qul  ko‘radilar.  Bunday  usul  jamiyatda  juda  og‘ir  ijtimoiy  inqirozlar 
bilan  kechadi.    Boshqalar  esa  iqtisodiy  munosabatlarni  yangi  bozor  iqtisodiga  bosqichma-
bosqich  o‘tib  borishidan  iborat  tadrijiy  uslubni  ma'qul  ko‘radilar.  Bu  yo‘lda  keskin  ijtimoiy 
larzalar kamroq bo‘lib, nisbatan izchilroqdir. O‘zbekiston aynan shu yo‘ldan bormoqda. 
O‘zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  boshqaruvga  asoslangan  iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bozor munosabatlariga 
o‘tishning o‘z modeli, o‘ziga mos yo‘lini ishlab chiqqan. Bu yo‘lning bir qismini Respublika 
bosib  o‘tdi.  Islohotlarning  birinchi  bosqichida  (1991-1994)  yangi  tuzumning  poydevorini 
tayyorlash  vazifasi  hal  etildi,  yangi  iqtisodiy  tuzumning  huquqiy  asoslari  yaratildi,  aholi 
tomonidan  tanlangan  yo‘lning  to‘g‘ri  ekanligini  tushunish,  faqat  bozor  iqtisodiyotiga 
o‘tishgina kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, jamiyatni demokratlashtirishning, 
har  bir  shaxs  uchun  munosib  yashash  sharoitlarini  yaratishning  asosi  ekanligini  tushuntirish  
vazifalari bajarildi. Odamlarning va xo‘jaliklarning  yangi  sharoitlarga sekin-asta moslashish 
jarayoni kuzatildi.  
Keyingi bosqichda xususiy mulkchilik plyuralizmiga asoslangan ko‘pukladli iqtisodiyotni 
shaklllantirish  vazifasi  bajarilmoqda.  Buni  amalga  oshirish  uchun  iqtisodni  sekin-asta  va 
bosqichma-bosqich  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  keyin  esa  ishlab 
chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  sohalaridagi  davlat  mulkini  aksiyalashtirish  amalga  oshirila 
boshladi.  Qishloqlardagi  xo‘jaliklarda  ham  keng  miqyosda  islohotlar  olib  borilmoqda.  Bu 
jarayon  o‘ziga  xos  tomonlarga  ega.  Bizning  hududlarda  dehqonchilik  tabiiy  sharoitlardan 
kelib chiqqan holda sug‘orishga moslashgan. yer suvsiz o‘z qiymatini yo‘qotadi. Shu bois bu 
yerda  gap  faqat  yer  haqida  emas,  balki  yer-suv  munosabatlari  haqida  boradi.  Sug‘orishga 
moslashgan  dehqonchilik  hududlari    iqtisodiyoti  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lganligi 
unga o‘z vaqtida «ishlab chiqarishning osiyo uslubi» nomi berilishi asos bo‘lgan. O‘ziga xos 
tomoni deganda yerning davlat tasarrufida ekanligi, suv inshootlari hamda ijara munosabatlari 
nazarda tutiladi. Inqilobdan avval Qo‘qon, Xiva xonliklari, Buxoro amirligida yerga xususiy 
mulkchilikning  uch  shaklidan  –  amlok  (davlat),  mulk  (xususiy)  va  vaqf  (musulmonlarning 
diniy tashkilotlari mulki) shakllari orasida  amlok  mulkchiligi  – sug‘orish inshootlariga ham 
egalik  qiluvchi  xon  xukumati  mulkdorchiligi    shakli  yetakchi  va  hal  qiluvchi  hisoblangan. 
Amlok mulkchiligida dehqonlarga yer hissadorlik sharti bilan ishlatishga berilgan.  
Sug‘oriladigan yerlarning xususiyatlarini va shakllangan an'analarini hisobga olgan holda 
bugungi  kunda  ham  qishloqlarda  islohotlar  olib  borilayotgan  bir  vaqtda  yerni  sotish  huquqi 


bilan xususiy mulk sifatida bo‘lib berish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi. yer davlat 
mulki  bo‘lib  qolveradi  va  u  umr  bo‘yi  foydalanilib,  meros  qoldirish  xuquqi  bilan  berilishi 
mumkin. Shu shartlar asosida fermer (dehqon) xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari kooperativlari 
tuzilmoqda.  Agrar  sektorda  yangi  iqtisodiy  munosabatlarga  asoslangan  kollektiv  xo‘jalik  – 
shirkatlar  xo‘jalikning  asosi  bo‘lib  qolmoqda.      Agrar    islohotlarni  amalga  oshirishda 
qishloqlardagi  ishga  yaroqli  aholining  ko‘pligi  masalasi  u yerlarda  zamonaviy  texnika  bilan 
ta'minlangan kichik va o‘rta korxonalarni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalarini 
kengaytirish yo‘li bilan hal etish muhimdir.  
Islohotlarning  bugungi  bosqichida  iktisodiyotning  ko‘pukladli  turi  shakllanib  bormoqda. 
Unga  xususiy  mulkchilikning  turli  shakllari  plyuralizmi  –  davlat  va  nodavlat  (xususiy, 
aksionerlik,  jamoa,  kooperativ  mulki),  shuningdek  qishloq  xo‘jaligining  dehqon-fermer 
sektoridagi ijaraviy mulki ko‘proq xosdir. Shu bilan bir qatorda davlat hanuzgacha ijtimoiy-
iqtisodiy  ahamiyatini  yo‘qotmagan  holda  barqarorlik,  himoya  va  adolat  kafolati  rolini 
o‘ynashda davom etmoqda.  Shunga ko‘ra, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichi o‘zgarib 
borayotgan  sharoitlarga  to‘liq  javob  bera  oladigan  talab  va  prinsiplarni  amalda  qo‘llashni 
talab  qiladi.  Mustaqil  taraqqiyotning  birinchi  o‘n  yilligi  natijalari  asosida  islohotlarni 
chuqurlashtirish dasturi qabul qilingan edi. Unda iqtisodiyotni erkinlashtirishni davom ettirish 
va  chuqurlashtirish,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  iqtisodiyotda 
xususiy  mulkchilik  ta'sirini  kuchaytirish,    kichik  va  o‘rta  biznes  tadbirkorlariga  erkinlik  va 
imtiyozlarni ko‘paytirish kabilar nazarda tutilgan.  
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish