Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   290
Bog'liq
falsafa

Zardushtiylik dinida jamiyatga oid qarashlar yetarli darajada qiziqarli ifodalangan. Taniqli 
olimlardan M.M. Xayrullaev va M.A.Usmonov ta'kidlashicha, «Zardushtiylik faqatgina  din 
bo‘lmay,  hukmron  mafkuradir.  Unda  jamiyatning  nafaqat  ijtimoiy-siyosiy  tuzumi,    balki 
jamiyatning  urf-odatlari  va  axloqi  ham,  xalq  og‘zaki  ijodi  ham,  adabiy  ijodi  ham»
363
  aks 
etgandir.  Zardo‘sht  ta'limoti  markaziy  osiyolik  hukmronlarga  davlat  quroli  bo‘lib  xizmat 
qildiki, bunda nafaqat siyosiy-huquqiy tamoyillar, balki diniy-axloqiy tamoyillar va me'yorlar 
ham  asosiy  tartibga  soluvchi  vosita  bo‘lishi  kerak  edi.  Zardo‘shtiylikka  asoslangan  ideal 
                                                 
361
 Р.Ч.Лестер. Буддизм.//Религиозные традиции мира. Б., 1997. 147-б. 
362
 М. Фишбейн. Религиозные традиции Иудаизма//Религиозные традиции мира. 253-б. 
363
 Очерки истории общественно-философской мысли в Узбекистане. Т., 1977. 12-б. 


jamiyat konfutsiylik buddaviylik, iudaizm, platonizm va boshqalarning belgilarini o‘z ichiga 
oldi»
364

Ijtimoiy  muammolarga  islomiy  qarashlarda  esa  ilohiy  ta'limotlarga  asoslaniladi.  Islomda 
taqdirga  bo‘ysunish,  sabr-toqatli  bo‘lishga  da'vat  etildi.  Islomning  geografik  jihatdan  keng 
tarqalishi  uning  hududlarga  xos  bo‘lgan  ko‘rinishlari  paydo  bo‘lishiga  olib  kelib,  bu 
hududlarda  ijtimoiy  masalalar  u  yoki  bu  holatlarga  bog‘liq  holda  talqin  etildi.  Islom  faqat 
o‘ziga  xos  turmush  tarzi,  «inson  borlig‘ining  hamma  tomonlariga  chuqur  ta'sir  qiluvchi»
365
 
din  sifatida  maydonga  chiqadi.  Islom  ta'limotida  musulmonning  ijtimoiy  va  shaxsiy 
hayotining  hamma  tomonlari  aniq  ko‘rsatib  berilgan.  Shuning  uchun  ham  an'anaviy  islom 
bilan  zamoniylashgan  islom  o‘rtasida  ziddiyatlar  mavjud.  Bu  muammolar  hamma  boshqa 
dinlarda ham mavjud bo‘lib, islomda esa, keskin tus olgan. 
Xristianlikda  ham  ijtimoiy-falsafiy  muammolarning  rivojlanishi  jiddiy  tus  olgan.  Bunga 
Avliyo  Avgustinning  «Ilohiy  shahar  haqida»  deb  nomlangan  asari  sabab  bo‘lib,  unda  u 
kishilik jamiyatining rivojlanishi to‘g‘risida o‘z konsepsiyasini  shakllantirdi va rivojlantirdi. 
Bu  asarda  u  gunohkorlikka,  boylikka  asoslangan  jamiyatni  diniy  soflikka  asoslangan 
jamiyatni  qarama-qarshi  qo‘yadi,  xuddi  shu  jamiyatni  «ilohiy  shahar»  -  Boj'iy  grad,  deb 
ataydi. Tarixda xristianlikning katolitsizm, pravoslav, protestantizm kabi oqimlari mavjuddir. 
Ularning har biri o‘zining konfessional xususiyatlaridan tashqari, maxsus falsafiy tomonlariga 
ega  bo‘lib,    jamiyatning  rivojlanishini  turlicha  ifoda  etadi.  Katolik  dini  o‘zini  birqancha 
bosqichlarga  ega  bo‘lgan,  jamiyatdan  yuqori  turuvchi,  uni  boshqaruvchi  va  o‘z  huqmini 
hamma odamlarga o‘tkazuvchi tashkilot deb hisoblaydi. 
Pravoslav  dini  esa,  o‘zini  odamlarning  odatiy,  maishiy  ishlari  bilan  bog‘liq,  deb 
hisoblaydi. Ularda hyech qachon yagona markazning bo‘lmaganligi ham shunga olib kelgan. 
Katoliklarga  Rim  va  Papa  ega  bo‘lgan  holda,  barcha  pravoslav  cherkovlari  mustaqil 
bo‘lganlar. Hatto, Konstantinopol patriarxi ham tenglarning ichida birinchilardan bo‘lgan. 
Protestantizmga kelsak, u katoliklitsizmning hamma ishlarga haddan tashqari aralashuviga 
javob sifatida vujudga keldi. Protestantizm ko‘proq oddiy hayot tarzi bilan bog‘liq.  
Hozirgi  davrda  ijtimoiy-falsafiy  masalalar  neotomizm  ta'limotida  o‘z  ifodasini  topib,  u 
katolitsizmning  rasmiy  doktrinasi  hisoblanadi.  Bu  ta'limotning  mohiyati  shundaki,  unda 
jamiyat  ilohiy  talqin  etiladi:  kishilar  o‘rtasidagi  bog‘lanishlar,  munosabatlari  aniq  maqsadni 
amalga  oshirishga  qaratilgan  bo‘lishi  kerak.  Neotomistlarning  fikricha,  inson  real  ijtimoiy 
munosabatlar,  Xudo  bilan  yaqinlashish  jarayonida  o‘z  mohiyatini  namoyon  qiladi. 
Neotomizm  jamiyatning  rivojlanishini,  an'anaviy  diniy  qarashlarni  zamonaviy  muammolar 
bilan birlashtirishga harakat qiladi. 
Jamiyat rivojlanishini idealizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish antik davrga – Fukidid 
va Geradot yashagan davr (mil.  avv. V asr) ga to‘g‘ri keladi. Aflotun («Davlat», «Qonunlar» 
va  boshqa  asarlarida)  jamiyat  to‘g‘risidagi  idealistik  ta'limotni  keng  rivojlantirgan.  Etatik 
an'ana  undan  boshlanib,  unga  asosan  jamiyat  bilan  davlatni  aynan  bir  deb    tushuntirishga 
harakat qilingan. Aflotun o‘zining uch ijtimoiy sinfdan iborat ideal davlatning modelini ishlab 
chiqqan: 
«faylasuflar» 
(«donishmandlar») 
davlatni 
boshqaradilar; 
«lashkarlar» 
(«qo‘riqchilar»)  qo‘riqlaydilar,  ozod  mehnatkashlar  (dehqonlar,  hunarmandlar),  shuning-dek 
qullar  (ular  jamiyat  va  uning  tizimdan  tashqaridalar)  mehnat  qiladilar.  Aflotun  ijtimoiy 
taraqqiyotning antik idealistik talqiniga asos soldi. Uning fikricha, ijtimoiy taraqqiyot jamiyat 
«g‘oyasini»ning kengayuvi bo‘lib, jamiyat to‘g‘risidagi fikrlar u paydo bo‘lmasdan avvalroq 
mavjud bo‘lgan. Aflotun «izdoshlari» ham davlat va jamiyat tushunchalarini bir-biridan farq 
qilmaydilar.  Aflotunning  fikricha,  davlatning  tuzilishi  alohida  olingan  individ  ruhining 
tuzilishi bilan bir xildir. 
                                                 
364
 Е.В. Абдуллаев. Очерки культуры доисламской Центральной Азии: религия, философия, право. Т., 
1998. 107-108-б. 
365
 Ф.М.Денни. Ислам и мусульманская община//Религиозные традиции мира. 144-б. 


Jamiyat  rivojlanishining  idealistik  talqini  keyinchalik  Arastu  asarlarida  o‘z  aksini  topdi 
(«Siyosat»,  «Etika»  va  b.).  U  ijtimoiy  tuzumning  uch  bosqichini  ko‘rsatib  berdi:  a)  oila;  b) 
jamoa;  v)  davlat.  Ularning  hammasi  bir-biri  bilan  ierarxik  munosabatdadir.  Jamoa  –  oilalar 
majmuasi; davlat esa jamoalar yig‘indisidan iboratdir. Shaxs jamiyat qonunlariga (oila, jamoa, 
davlatga)  buysunishi,  o‘z-o‘zini  tarbiyalashi  va  yaxshilik  qilishi  jamiyatning  qaror  topib 
rivojlanishiga  xizmat  qilishi  kerak.  Davlatga  (umuman  jamiyatga  ham)  antik  idealistik 
yondashuvning mohiyati shundaki, u alohida individga nisbatan birlamchi qaraladi.  
Jamiyatning  bunday  an'anaviy  talqiniga  Sharq  mutafakkirlari  ham  o‘z  hissalarini 
qo‘shganlar. Bunga  Forobiyning  «Fozil  odamlar  shahri»,    Beruniyning «O‘tmish  xalqlardan 
qolgan yodgorliklar», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig», Navoiyning «Payg‘ambarlar va 
donishmandlar  tarixi»,  Amir  Temurning  «Tuzuklari»,  A.Jomiyning  «Iskandarning 
donishmandlik kitobi» va boshqa asarlarni misol qilib keltirishning o‘zi kifoya qiladi. Bundan 
sharq  mutafakkirlarining  antik  davr  falsafasi  vorislari  ekanliklari  ko‘rinib  turibdi.  Masalan, 
Ibn Sinoning fikricha, jamiyat uch sinfga bo‘linishi kerak: boshqaruvchilar, lashkar (harbiy), 
ishlab  chiqaruvchilar.  Bu  esa,  Aflotunning  qarashlarini  tasdiqlaydi.  O‘z  navbatida 
Forobiyning  jamiyatga  oid  qarashlari,  g‘oyalari  Arastuning  fikri  bilan  bog‘lanib,  Sharqdagi 
o‘sha  davrning  ijtimoiy-siyosiy  sharoitiga  moslashtirilgani,  rivojlantirilgani  ko‘rinib  turibdi. 
Sharq  mutafakkirlaridan  Al-Buxoriy («Shoh uchun  foydali  xabarlar to‘g‘risida kitob»),  Bedil 
(«Bilish»),  Mashrab  («Devoni  Mashrab»),  Ahmad  Donish  («Kamyob  hodisalar»)  ham  o‘z 
asarlarida jamiyat, davlat, ularni boshqarish va shaxsning o‘rni to‘g‘risida o‘z fikrlarini yozib 
qoldirganlar
366

Jamiyat  haqidagi  idealistik  talqin  rivojiga  T.Gobbs  va  J.Lokk  (ijtimoiy  kelishuv 
shartnomasi  nazariyasi),  J.Viko  («millat  harakati  to‘g‘risida»gi  ta'limot),  Volter  (hamma 
insonlarning  boshdanoq  siyosiy  tengligi  to‘g‘risidagi  g‘oya),  I.Kant  («abadiy  dunyo» 
to‘g‘risidagi  ta'limot)  o‘z  hissalarini  qo‘shdilar.   Jamiyatning  tugallangan  idealistik talqinini 
Xegel  falsafasida  o‘zining  to‘liq  aksini  topdi.  Uning  «Huquq  falsafasi»,  «Tarix  falsafasidan 
ma'ruzalar»,  «Estetikadan  ma'ruzalar»,  «Falsafa  tarixidan  ma'ruzalar»  asarlari  deyarli 
to‘laliigicha  ijtimoiy  muammolarga  bag‘ishlangan.  Xegel  ularda  «jamiyat»  tushunchasining 
«davlat»  tushunchasidan    kengligini  aniq  va  tushunarli  shaklda  bayon  etib  berdi.  Fuqarolik 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish