Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   290
Bog'liq
falsafa

ko-evolyusiya 
(hamkorlikda, 
paralel, 
o‘zarobog‘liqlikda 
rivojlanish) 
nazariyasining shakllanganini eslab o‘tish mumkin. Bu ikki yirik tizimning bir-biriga qarshi 
turishi  va  kurashi  emas,  balki  ularning  uzviy  birligi  insoniyatning  keyingi  taraqqiyotini 
ta'minlashi mumkin. 
 
2 bob. JAMIYaT FALSAFIY TAHLIL OB'eKTI SIFATIDA 
 
1-§.  Ijtimoiy bilishning o‘ziga xosligi 
 
Sotsium murakkab, ko‘ptomonli, serqirra ob'ekt bo‘lgani uchun uni faqat birgina fanning 
predmeti sifatida ta'riflab bo‘lmaydi. Uning turli tomonlari turli fanlar yordamida o‘rganiladi. 
Shuning uchun ham ijtimoiy bilish to‘g‘risida so‘z yuritganimizda, uning jamiyat to‘g‘risidagi 
fanlarning  majmui  ekanligini  hisobga  olamiz.  Bu  majmuada  ijtimoiy  qonuniyatlar  va 
institutlarni, ijtimoiy tuzilma va stratifikatsiyani, turli darajadagi ijtimoiy tizimlarning ijtimoiy 
aloqalari  va  o‘zaro  munosabatlarini  o‘rganuvchi  sotsiologiya  muhim  o‘rin  egallaydi.  Eng 
zamonaviy  ta'rif  quyidagicha  ifodalanadi:  «sotsiologiya  –  jamiyatning    vujudga  kelish, 
faoliyat  ko‘rsatish  va  rivojlanishining  umumiy  va  o‘ziga  xos  ijtimoiy  xususiyatlari  hamda 
qonuniyatlari, ularning rivojlanishi, odamlarning hatti-harakatlarida, o‘zaro  munosabatlarida, 
                                                 
354
 Исторический процесс. С. 418 бетдан истибох. 
355
 Ќаранг: П. Тейер де Шарден. Фенонен человека. М., 1965. 43-б. 
356
 В.И.Вернадский. Живое существо. М., 1978. 46-б. 
357
 Унинг ѝзи. Химическое строение земли и ее окружение. М., 1965. 328-б. 


odamlar  jamoalarida  va  umuman  jamiyatda  amalga  oshirilish  yo‘llari,  shakllari  va  usullari 
to‘g‘risidagi fandir»
358
.  
Ijtimoiy  bilish  majmuasidagi  muhim  fanlardan  yana  biri  psixologiya  bo‘lib,  u  insonning 
ichki  dunyosini,  ruhiyatning  shakllanish  va  faoliyat  ko‘rsatish  qonuniyatlarini  o‘rganadi. 
Sotsiologiya  va  psixologiya  fanlarining  to‘qnashish  nuqtasida  yangi  ilmiy  fan  –  ijtimoiy 
psixologiya  vujudga  kelib,  uning  predmeti  ijtimoiy-psixologik  hodisalar,  ijtimoiy  kayfiyat, 
sezgilar,  odatlar,  an'analar,  xatti-harakat  normalari  va  boshqalarning  paydo  bo‘lishi, 
rivojlanishi hamda transformatsiyasining umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlaridan iboratdir. 
Ijtimoiy  bilishda  tarix  fani  yana  bir  muhim  o‘rinni  egallab,  u  umumiy  ijtimoiy 
qonuniyatlarni  alohida  olingan  faktlar  tahlili  orqali  o‘rganadi.  Tarix  fani  «ijtimoiy 
rivojlanishning qonuniyatlarini aniqlab, tarixdagi qaytarilish lahzalarini o‘rganish bilan birga 
har  bir  tarixiy  voqyeaning,  har  bir  tarixiy  shaxsning  o‘ziga  xosligi  va  noyobligini  ko‘rsatib 
beradi»
359
.  Tarix  fani  ijtimoiy  bilishning  qismi  bo‘lish  bilan  birga,  uning  o‘zi  majmuiy  fan 
hisoblanib, uning tarkibiga arxeologiya, manbashunoslik, san'at tarixi va boshqalar kiradi. Bu 
majmuada  etnologiya  (etnografiya)  alohida  o‘rinni  egallab,  bu  fan  turli  bosqichdagi  etnik 
guruhlarning  paydo  bo‘lishi,  rivojlanishi  va  ahamiyatini  o‘rganadi.  Etnologik  bilish 
ko‘pmillatli,  polietnik  sotsiumlarda  yuz  beradigan  jarayonlarni  tahlil  qilishda  muhim  rol 
o‘ynaydi.  
Ijtimoiy bilish yuqorida ko‘rsatilgan fanlardan tashqari siyosatshunoslik (siyosiy institutlar 
va  jarayonlar),  etika  (jamiyatning  ahloqiy  rivojlanishi  to‘g‘risidagi  fan),  iqtisodiy  nazariya, 
kulturologiya(madaniyatshunoslik), 
pedogogika, 
huquqshunoslik, 
san'atshunoslik, 
dinshunoslik va boshqa shu kabi fanlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy bilish (jamiyat to‘g‘risidagi fan majmui)da ijtimoiy falsafa yoki jamiyat falsafasi 
alohida  o‘rin  egallaydi.  Ijtimoiy  falsafa  jamiyatni  birbutun  tizim  sifatida,  ya'ni  uni  tashkil 
qiluvchi elementlarning oddiy  mexanik yig‘indisiga bog‘lab bo‘lmaydigan, integral tuzilma 
(hosila) sifatida tadqiq etadi.
Jamiyat to‘g‘risidagi fanlarning ichida ijtimoiy falsafa jamiyatni umumiy tarzda olamning 
alohida  bir  qismi  sifatida  o‘rganadi.  Shuning  uchun  ham  jamiyat  eng  yuqori  darajada 
umumiylashtirilgan  tushunchalar  –  falsafiy  kategoriyalar  yordamida  talqin  etiladi.  Ijtimoiy 
falsafa  umumfalsafiy  qonunlarni,  ya'ni  (tabiat,  jamiyat  va  tafakkur  qonunlarini)    ijtimoiy 
hodisalar va jarayonlar tahliliga tatbiq etishdan iboratdir. Ijtimoiy falsafa jamiyat to‘g‘risidagi 
eng umumiy nazariy bilimlar tizimidan iborat. U, jamiyat nima, u qanday faoliyat ko‘rsatadi 
va rivojlanadi; bu rivojlanishda insonning roli qanday, degan masalalarni ko‘rib chiqadi. 
Ijtimoiy  falsafaning  jamiyat  haqidagi  fanlar  majmuidagi  roli  va  ahamiyati  shundan 
iboratki,  u  ijtimoiy  bilishni  to‘laligicha  rivojlantirish  uchun  nazariy  va  metodologik  asos 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ma'lumki,  har  qanday  ilmiy  qonun  va  kategoriyalarni  o‘rganish  uchun 
dastlab eng umumiy qonun va kategoriyalarni bilish kerak bo‘ladi. Ijtimoiy falsafa esa, aynan, 
shunday  bilimlarni  beradi,  chunki  uning  qonun  va  kategoriyalari  kerakli  darajadagi 
umumiylik      xususiyatiga  egadirlar.  Jamiyat  to‘g‘risidagi  aniq,  maxsus  fanlar  (sotsiologiya, 
siyosatshunoslik,  madaniyatshunoslik  va  b.)  ijtimoiy  hayotning  turli  tomonlari  va  qirralarini 
tahlil qilish bilan birga, ijtimoiy falsafaning tushunchalari va predmeti mazmunini boyitishga 
yordam beradi. Shu tariqa, agar ijtimoiy falsafa jamiyat to‘g‘risidagi boshqa fanlarga nazariy-
metodologik  asos  bo‘lsa,  ular  esa,  o‘z  navbatida  ijtimoiy-falsafiy  umumlashmalar  uchun 
empirik asos bo‘ladi. 
Sotsiologiya,  ayniqsa,  umumnazariy  sotsiologiya  nazariy-metodologik  asoslariga  ko‘ra 
ijtimoiy falsafaga ko‘proq yaqindir. Ularning yaqinligi shu darajada aniqki, faylasuflar ham, 
sotsiologlar  ham  bir-biri  bilan  bunday  yaqin,  o‘zaro  mustahkam  bog‘liq  bo‘lgan  fanlarning  
alohida-alohida,  mustaqil  ravishda  mavjud  bo‘lishi  maqsadga  muvofiqligiga  shubha 
                                                 
358
 Э.В.Тадевосян. Социология. М., 1999. 9-б. 
359
 Б.Г.Могильницкий. Введение в методологию истории. М., 1999. 28-б. 


bildiradilar. Lekin, shuni ta'kidlash kerakki, sotsiologiya (hatto nazariy bo‘lsa ham) har doim 
ijtimoiy falsafaga qaraganda umumiylik darajasi kamroq bo‘lgan qonun va kategoriyalar bilan 
ish  ko‘radi.  Zero,  shu  narsa  aniqki,  ijtimoiy  borliq  va  ijtimoiy  ong  munosabatlari,  ijtimoiy 
rivojlanish  manbalari,  ijtimoiy  bilishning  xususiyati,  sivilizatsiyaning  global  muammolari 
kabi falsafaning asosiy fundamental muammolari sotsiologik tahlildan chetda qoladi. Shuning 
uchun  ham  sotsiologiyani  ijtimoiy  falsafaga  qo‘shib  yuborish  maqsadga  muvofiq 
bo‘lmaganidek, ijtimoiy falsafani ham nazariy sotsiologiyaga tenglashtirish mumkin emas. 
Ijtimoiy falsafa bilan yaqindan bog‘liq va o‘zaro ta'sir qilib turuvchi fanlarning yana biri 
tarixdir.  Ularning  talaygina  umumiy  tomonlari  bor.  Birinchidan,  ijtimoiy  falsafa  ham,  tarix 
ham  sotsiumni  faqat  birtomonlama  o‘rganish  bilan  cheklanmasdan,  uni  birbutunicha,  yaxlit 
holda  kompleks o‘rganadilar. Ikkinchidan, unisi ham, bunisi  ham ijtimoiy  hayotning barcha 
shakllari va sohalarini o‘rganadilar. Uchinchidan, ikkala fan ham o‘z diqqat-e'tiborini avvalo 
tarixiy  jarayonning  sub'ektiv,  ya'ni  faoliyat  tomoniga  qaratadilar.  To‘rtinchidan,  tarix  va 
falsafa bir-biriga singib ketadi. Chunki falsafaning muhim elementi sifatida falsafiy g‘oya va 
ta'limotlarning  tarixi  yotadi.  Ayni  paytda,  falsafa  tarixi  tarix  fanining  muhim  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy  falsafa  bilan  tarix  o‘rtasidagi  tafovut  quyidagilardan  iborat.  Birinchisi,  tipik, 
umumiy,  muhim  tomonlarni  o‘rganadi.  Faylasufni  sotsium  rivojlanishining  eng  umumiy 
qonunlari,  bu  rivojlanishning  manbalari  va  harakatlantiruvchi  kuchlari,  tarixiy  jarayonning 
umumiy  mazmuni  va  asosiy  bosqichlari  qiziqtiradi.  Boshqa  ijtimoiy  fanlarga 
(siyosatshunoslik,  psixologiya,  iqtisodiy  nazariya,  huquqshunoslik  va  b.)  kelsak,  ularning 
predmeti  bilan  ijtimoiy  falsafa  predmetining  farqi  aniq:  ularning  hammasi  ham  falsafiy 
umumiylik  va  universallikni  da'vo  qilmaydi,  jamiyat  hayotining  faqatgina  konkret,  alohida 
jihatlarini, sohasini o‘rganadi.  
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish