Shaxs tushunchasi falsafada va umuman insonni o‘rganuvchi fanlar majmuasida eng
murakkab tushunchadir. Inson shaxsi rivojlanishining eng muhim biologik omili inson
miyasidir. Ammo shaxs mohiyati - bu ijtimoiy xususiyatga molik hodisa. Miya esa moddiy
organ bo‘lib, u orqali shaxs o‘z-o‘zini namoyon etadi.
Inson mazkur sotsiumga xos bo‘lgan me'yorlar, bilimlar, qadriyatlarning muayyan tizimini
o‘zlashtiradi. Muayyan jamiyatning real shart-sharoitlari shaxsning ijtimoiy mohiyatini
belgilaydi. Shaxsning shakllanishi jarayoni
sotsializatsiya deb ataladi.
Falsafada shaxs muammosi - bu eng avvalo insonning mohiyati, uning dunyodagi,
tarixdagi va jamiyatdagi o‘rni muammosidir. Muayyan ijtimoiy munosabatlar muayyan
tarixiy tipdagi shaxsning shakllanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Antik davr
odami uchun eng asosiy deb yaxshi firklar, intilishlar, istaklar hisoblangan va ular ijtimoiy
amaliyotda qanchalik ro‘yobga chiqishiga umuman olganda katta ahamiyat berilmagan:
«Insonni faqat uning ishlariga qarab emas, intilishlariga qarab ham baholash lozim»
(Demokrit), «Inson qanday fikrlasa, u hayotda shundaydir» (Sitseron), «Bizning hayotimiz biz
u haqda nima o‘ylasak ana shudir» (Mark Avreliy), «Axloqiy fazilatlar niyatlar bilan
bog‘liqlikda ko‘zga tashlanadi» (Arastu).
Antik davr mutafakkirlari nazarida chinakam shaxs deb shunday odamni aytish mumkinki,
birinchidan, u axloqli, ikkinchidan, aql-idrok egasi, uchinchidan, boshqalar bilan muloqotga
kirishadigan, to‘rtinchidan siyosiy va davlat mavjudotidir.
O‘rta asrlar bizga shaxsning boshqacha tipini ko‘rsatadi. Mazkur davr uchun jamiyatning
tabaqalanganligi, kastalarga bo‘linishi va qat'iy korporativlik xosdir. Shu sabali muayyan
tabaqaga, kastaga, sexga, gildiyaga mansublik, uning qonunlariga, odatlariga, an'analariga
bo‘ysunish shaxsning individual sifatlarining namoyon bo‘lishidan ko‘ra muhimroq va
kuchliroq edi.
Faqat yangi davrga kelib ayrim olingan inson shaxsining qimmati, avtonomligi, o‘ziga
xosligi qaror topadi. Bu ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy fikr uchun xosdir. Ijtimoiy faollik, tadbir-
korlik, ongli va foydali faoliyat, mustaqillik, individualizm, shaxsiy mas'uliyat, o‘z qadr-
qimmatini bilish tuyg‘usi - mana bular shaxsning
g‘arb, yevropa-amerika konsepsiyalari
yuksak qadrlanadigan sifatlari hisoblanadi.
Shaxsning sharq modeli esa boshqachadir. Shaxsning
sharqqa xos modelining bir nechta
modifikatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin (islom, budda, konfutsiy va hokazo). Shunday
bo‘lsa-da, ular o‘rtasida ularni shaxsning g‘arb modelidan ajratib turuvchi muayyan
mushtarakliklar mavjud.
Shaxsning sharq tipiga xos asosiy xususiyatlar quyidagilardir: mas'uliyat va
majburiyatlarning inson huquqlari oldida ustuvorligi, xulq-atvordagi traditsionalizm, hulq-
atvorning, jamoaviy modellarining individual me'yorlardan ustunligi, sotsiumga ko‘proq
qaramlik, ijtimoiy muhit bilan aloqaning ko‘pligi.
Shuni esda tutish lozimki, shaxs tipi ijtimoiy munosabatlarning real tizimining in'ikosidir.
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishining muhim omili sifatida uning ijtimoiy faoliyati,
sotsium hayotida muayyan rolni bajarishi namoyon bo‘ladi. Individ shaxs sifatida faqat turli
tuman ijtimoiy munosabatlardagina o‘z-o‘zini namoyon etishi mumkin. O‘z vaqtida Arastu
«insonning vazifasi uning ongli faoliyatidan iborat» deb hisoblagan edi. A.Jomiy «Qo‘llaring
baquvvat ekan, mavjud ekan kundalik mehnatga ko‘ngil qo‘y» deya da'vat etgan bo‘lsa, Ibn
Sino «Bekorchilik va ishyoqmaslik faqat nodonlikka sabab bo‘libgina qolmay, ayni paytda
kasalliklarga ham sabab bo‘ladi» deb ogohlantirgan edi.
Shaxs - bu muayyan ijtimoiylashuv jarayonining natijasigina emas, bu uzluksiz o‘sib
boruvchi jarayon. Agar doimiy rivojlanish, kamolotga intilish, olg‘a harakat bo‘lmasa, u holda
shaxs buzilishi, degradatsiyaga duchor bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: