Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Jamiyatning iqtisodiy sohasi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
2-§. Jamiyatning iqtisodiy sohasi 
 
Iqtisodiy sohaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. U tor ma'noda «turli predmet va 
xizmat  turlarini  ishlab  chiqarish,  taqsimlash,  almashtirish  va  iste'mol  qilish»  deb 
tushuniladi
372
.  Shu  ma'noda  aytish  mumkinki,  «jamiyatning  iqtisodiy  soha»si  tushunchasi 
«bazis» tushunchasiga mos keladi. Keng ma'noda esa iqtisodiy soha deganda barcha ijtimoiy 
ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi: ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab 
chiqarish munosabatlarining birligi, shuningdek iqtisodiyotning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro 
ta'sirlari  yig‘indisi.  O‘ta  keng  kategorial  ma'noda  sotsiumning  iqtisodiy  sohasi  «tabiat  bilan 
insonlar o‘rtasida individ va kishilar guruhining ongli faoliyati orqali o‘zaro aloqalarini» aks 
ettiradi
373
.  
Iqtisodiy  soha  asosida  insonning  ishlab  chiqarish  va  mehnat  faoliyati  yotadi.  Uning 
zarurligi insonning ehtiyojlari hayvonning ehtiyojlaridan tubdan farqlanishi bilan belgilanadi. 
Inson  rivojlanishi  bilan  tabiatdan  ajraladi.  Bu  jarayonda  esa,  jamiyatning  iqtisodiy  sohasi 
taraqqiyoti muhim rol o‘ynaydi. «Xususiy mulk» tushunchasi iqtisodiy tushunchalarning eng 
muhimlaridan hisoblanadi. Jamiyatning iqtisodiy sohasida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab 
chiqarish  munosabatlari  muhim  tuzilmaviy  qismlari  hisoblanadi.  Iqtisodiy  munosabatlar 
kishilar  o‘rtasida  ishlab  chiqarish,  taqsimlash,  almashish  va  ne'matlarni  iste'mol  qilish 
jarayonlarida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlardir. Ishlab chiqarish kuchlariga moddiy 
ishlab  chiqarish  jarayoni  uchun  zarur  bo‘lgan  «sub'ektiv  (inson)  va  moddiy  (texnika  va 
mehnat qurollari)  elementlar tizimi kiradi»
374
.  
Hatto  eng  yuqori  darajadagi  texnika  va  texnologiya  rivojiga  qaramay,  baribir  moddiy 
ishlab chiqarish va ma'naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson ishlab chiqarishning asosiy omili 
bo‘lib  qoladi.  Fanning  bevosita  ishlab  chiqarish  kuchiga  aylanganligi  insonga,  ishchiga 
qo‘yiladigan  talablarni  qayta  ko‘rib  chiqishni  taqozo  qiladi.  Hozirgi  davrda  ishchi  nafaqat 
o‘zining malakali kasbi, hunariga ega bo‘lishi kerak, balki u doim o‘zining malakasini oshirib, 
                                                 
371
 Г.Спенсер. Синтетическая философия. Киев, 1997. 42-б. 
372
 Социальная философия. М., 1995., 36-б. 
373
 Философия. М., 1995. 209-б. 
374
 С.Э.Крапивенский. социальная философия. М., 1998. 95-б. 


bilimlarini chuqurlashtirib borishi kerak. Masalan, Yaponiyada yaqin kelajakda umumiy, oliy 
ta'lim tizimiga o‘tish mo‘ljallangan, chunki ishchilarga nisbatan talablar kuchayib ketgan. 
G‘arb  ijtimoiy  falsafasi  (T.Parsons,  N.Smelzer,  U.Mur  va  b.)  iqtisodiy  hayotni  tovar  va 
xizmatlar  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  rollar  va  maqomlar  tizimi  sifatida  ko‘rib  chiqadi. 
Ko‘plab  ijtimoiy  falsafiy  nazariyalar  doirasida  iqtisodiyot  bazis,  jamiyat  asosi,  fundamenti 
sifatida  ko‘rilmaydi.  Uning  asosi  sifatida  madaniyat,  sivilizatsiya,  huquq,  axloq,  din  va 
boshqalar  qo‘yiladi.  Iqtisodiy  soha  esa  sotsiumning  oddiy  kichik  tizimi  sifatida  yoki  oddiy 
ijtimoiy institut (ta'lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari) bilan bir qatorda talqin 
qilinadi. 
Jamiyatda  iqtisodiyot  alohida  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  zamonda  sobiq  sotsialistik 
jamiyatlarni isloh etishda «bozor munosabatlarini izchil rivojlantirishga o‘tish, tadbirkorlikni 
rivojlantirish,  xususiy  mulkning,  shaxsiy  faollikning  xilma-xilligi»  muhim  elementlardan 
hisoblanishi bejiz emas
375

Mustaqil  O‘zbekistondagi  milliy  davlatchilik  va  yangi  tuzumning  shakllanishining 
iqtisodiy  asosida  bozor  munosabatlariga,  iqtisodiyotning  ko‘p  bosqichliliga  o‘tish  yotadi. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tilishi o‘z vaqtida chor Rossiyasining mustamlakasi 
tufayli va ayniqsa, o‘lkaning XX asr boshidagi inqilobiy jarayonlarga, sotsializm qurilishiga 
jalb etilishi bilan to‘xtatilib qo‘yilgan edi. Hozir esa, tabiiy-tarixiy rivojlanish qayta boshlab 
yuborildi. Uzoq davrlar davomida O‘zbekiston geosiyosiy jihatdan G‘arb va Sharq, Shimol va 
Janubning  kesishgan  nuqtasida  joylashgani  uchun  savdo  ishlari  juda  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilib 
rivojlangan edi. Shuning uchun ham bu yerda bozor sharoitining o‘ziga xos tajribasi mavjud 
edi.  Bu  yerdagi  bozor  munosabatlari  feodal-patriarxal  tuzum  asosida  tashkil  topgan  edi. 
Shunga  asosan  o‘ziga  xos  bozor  an'analari,  ko‘nikmalarii  va  ruhiy  stereotiplar  shakllangan 
edi. Ular sovet davridagi kuchli rejali-taqsimot tizimi sharoitida ham o‘zini saqlab qola oldi. 
Hozirgi davrda esa, bu xo‘jalik an'analari va urf-odatlari qayta tiklanmoqda va sifat jihatdan 
yangicha asosda foydalanilmoqda. 
Hozirgi davrda bozor munosabatlari dunyodagi barcha mamlakatlar xo‘jalik faoliyatining 
asosini  tashkil  qilmoqda.  Lekin  bozor  iqtisodiyoti  har  bir  mamlakatda  uning  o‘z  andozasi 
bo‘yicha  rivojlanadi. Bu rivojlanish birinchidan o‘sha mamlakatning milliy xususiyatlari va 
odatlari  hisobga  olinsa,  boshqa  tomondan,  erkin  raqobatning  darajasi  bilan  uning  davlat 
tomonidan  qay  darajada  boshqarilishi,  ijtimoiy  yo‘naltirilganlik  darajasi,  shuningdek,  hal 
etilayotgan makroiqtisodiy muammolar ustivorligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, «amerikacha» 
modelga  kuchli  erkin  raqobat  xos  bo‘lsa,  «yaponcha»,  «fransuzcha»  modellar  uchun 
davlatning xo‘jalik ishlarida faol qatnashishi; «nemischa», «shvedcha» modellarda esa, ulkan 
ijtimoiy yo‘naltirishlik muhimdir. Rivojlanayotgan davlatlarda esa asosiy e'tibor iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish,  byudjet  taqchilligini  keskin  kamaytirish,  iqtisodiyotni  erkinlashtirishga 
qaratiladi.  Janubiy-Sharqdagi  yangi  industrial  mamlakatlar  (Singapur,  Janubiy  Koreya, 
Tailand,  Gonkong)  uchun  kuchli  davlat  mavqyeini  saqlash,  import  o‘rnini  bosish 
strategiyasini saqlagan holda eksportni rag‘batlantirish bozor xususiyati hisoblanadi. 
Sobiq Ittifoq hududida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarning, bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishi  hozirgi  zamon  tarixidagi  o‘ta  noyob  hodisa  hisoblanadi.  Bunday  o‘tish  tabiiy,  silliq 
rivojlanishi,  iqtisodiyotning  takomillashuvi  emas.  Bu  bir  sifat  xolatidan  ikkinchi  sifat 
holatiga, bir iqtisodiy munosabatlar tizimidan mutlaqo yangi boshqa bir tizimga o‘tishdir. U 
boshqaruvning  buyruq-administrativ  tizimiga  asoslangan  markazlashtirilgan  rejaviy-taqsimot 
iqtisodiyotni  sindirib  erkin  bozor  qonuniyatlariga  asoslangan  iqtisodiy  munosabatlarni 
shakllantirishdan  iboratdir.  Bu  jarayonni,  birinchidan,    bir  aktli  hodisa  deb  bo‘lmaydi, 
ikkinchidan,  u  stixiyali  jarayon  ham  emas.  U  eski  munosabatlarni  tugatish  yangisini 
o‘rnatishga  qaratilgan  aniq  maqsadli  faoliyatdan  iborat  bo‘lgan  o‘tish  davrini  taqozo  qiladi.  
                                                 
375
 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва иамойиллар. Т., 2001. 49-б. 


Bunda  shuni  nazarda  tutish  lozimki,  bozor  iqtisodiyoti  xususiy  mulkni,  erkin  raqobatni, 
narxlarning  erkinlashtirilishini    va  boshqalarni  inkor  etuvchi  sotsialistik  iqtisodiyot  bilan  bir 
genetik ildizlarga ega emas.  
Tajribaning  ko‘rsatishicha,  bunday  o‘tish  jarayoni,  iqtisodiy  inqiroz  bilan  birga  kechadi. 
Ishlab  chiqarishdagi    odatdagi  siklik  inqirozga  nisbatan  bu  inqiroz  adabiyotda  «o‘tish» 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish