XIX asrgacha bo‘lgan davrda jamiyatga oid qarashlarda diniy va idealistik qarashlar
chambarchas holda hukmron bo‘lishiga qaramasdan, Levkipp va Demokritdan tortib to L.
Feyerbax va N.G.Chernishevskiygacha bo‘lgan, yirik mutafakkirlari qarashlarida ayrim
materialistik g‘oyalar mavjud edi. Masalan,
Demokrit ta'kidlashicha, insonning «qo‘li, aqli va
idroki» insonning ehtiyojlari ta'siri ostida ijtimoiy qadriyatlarni yaratdi.
Lukretsiy Kar jamiyat
ham tabiat ham xudolarning irodasi bilan paydo bo‘lmaydi va ular orqali boshqarilmaydi
degan fikrni ma'qullaydi.
Sharq mutafakkirlarining qarashlarida ham jamiyatni materialistik talqin etishning ayrim
elementlari bor. Masalan,
Forobiy jamiyat paydo bo‘lishining tabiiy sabablarini topishga
intiladi. U «moddiy ehtiyojlarni birinchi darajaga olib chiqadi va bu bilan jamiyatning paydo
bo‘lishi muammosini ko‘taradi»
367
.
Yangi davrda tabiiy fanlarning va mexanik-materialistik g‘oyalarning rivojlanishi ham
ijtimoiy taraqqiyotni materialistik asosda tushuntirish to‘g‘risidagi bilimlarning shakllanishiga
o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Bu jarayonga XVIII asr
fransuz materialistlari katta hissa qo‘shdilar.
Bu esa, a) jamiyatni idealistik-teologik tushunishni inkor qilish; b) determinizm
konsepsiyasini (ijtimoiy hodisalarning paydo bo‘lishining sababiyligini) belgilash; v)
jamiyatning insonlarning o‘zaro munosabatlari va o‘zaro ta'sirlari asosida qurilishi; g)
rivojlanishning asosi deb amaliy tajriba va qarashlarga ahamiyat berish kerakligini ta'kidlash.
Masalan,
L.Feyerbax o‘zining naturalistik konsepsiyasini jamiyatni diniy va idealistik talqin
etishga qarshi qo‘yadi. Uning asosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi
sifatida inson sezgilari ekanligi ta'kidlanadi. Umuman olganda, L.Feyerbax materializmi
antropologik xarakterga ega.
Ijtimoiy rivojlanishning
materialistik talqini K.Marks va
F.Engelslarning «Kapital», «Oila,
xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi», «Nemis mafkurasi», «Falsafa qashshoqligi»,
«Muqaddas oila» asarlarida keng yoritilgan. Ular «ijtimoiy borliq», «ijtimoiy ong» kabi
falsafiy tushunchalarini asoslab berib, birinchisini ikkinchisiga nisbatan birlamchi ekanligini
ta'kidladilar. Ijtimoiy rivojlanishning asosini ijtimoiy ishlab chiqarish tashkil qilishi
tushuntirib berildi. Jamiyat rivojlanishining tarixiy bosqichlarida ma'lum bir moddiy ishlab
chiqarish usuli yotishi, bu esa
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya sifatida ifodalanib, insoniyat
jamiyati tarixi esa formatsiyalarning ketma-ket almashinuvidan iboratdir.
Ijtimoiy rivojlanishni tushuntirishga oid hozirgi zamonaviy materialistik talqinlar yetarli
darajada ko‘p va rang-barangdir. Eng avvalo, «
dialektik-gumanistik» oqim nuqtai nazaridan
jamiyatni ko‘proq «insoniylashtirish», gumanizatsiyalashtirish kerak. Shu maqsadda
falsafaning quyidagi turli maktablari va yo‘nalishlarining g‘oyalarini materialistik g‘oyalar
bilan birlashtirishga harakat qilinadi: neoxegelchilik (Frankfurt maktabi –
T. Adorno, T.
Maruze, Yu. Xabermas va b.); freydizm (freydomarksizm –
V.Rayx, E.Fromm va b.;
ekzistensializm (
J.-P. Sartr, A. Lefevr, M. Merlo-Ponti va b.); fenomenologiya (
E. Pachi,
P.Pikone va b.), «Hayot falsafasi» (
E.Blox) va boshqalar. Masalan, J.-P.Sartr to‘g‘ridan-
to‘g‘ri «ijtimoiy materiya»ning mavjudligi to‘g‘risida gapirsa, «frankfurtchilar» esa
jamiyatning iqtisodiy tuzilmasi tahliliga o‘z e'tiborlarini qaratadilar.
XX asr ijtimoiy falsafasining rivojiga venger faylasufi
Derd Lukach (1886-1971), jiddiy
ta'sir ko‘rsatdi. Uning g‘oyalari nafaqat Vengriyada (
A.Xeller. F.Fexer, A.Xegedush), balki
boshqa davlatlarda – Yugoslaviya (
G.Petrovich, M.Markovich, S.Stoyanovich), Fransiyada
(
L.Goldman) ham ko‘pgina mutafakkirlarning falsafiy qarashlari shakllanishiga asos bo‘lib
xizmat qildi. Lukach va uning izdoshlari falsafa bus-butunicha jamiyatga yo‘naltirilgan, tabiat
esa insonning unga nisbatan aqliy-amaliy munosabati orkali qaralishi kerak, deb taxmin
qiladilar.
367
«Очерки истории общественно-философской мысли в Узбекистане». Т., 1977. 80-81-б.
Jamiyat rivojlanishi to‘g‘risidagi zamonaviy qarashlar rivojining yana bir yo‘nalishi
«
ssientizm» yo‘nalishidir. Ular materializmni «tarixdan», «empirizmdan», «mafkuradan»
tozalash yo‘li bilan «ilmiylashtirish», «yaxshilash» orqali takomillashtirish kerak, deb
uqtiradilar. Bu oqimning namoyondalaridan biri fransuz faylasufi
Lui Altyusserdir. Aynan u
nazariyani empirik, ideologik, sub'ektiv qatlamlardan «tozalab», ilmiy ijtimoiy falsafani
yaratish vazifasini ilgari surdi. Altyusserning fikricha, falsafadagi asosiy tushuncha
«amaliyot»dir. Amaliyotni iqtisodiy jihatdan tor ma'noda tushunishni bartaraf etish uchun
Altyusser amaliyotning uch xil turiga ( iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy) oid tushunchani
kiritadi. Faylasufning fikricha, «ular bir-birlari bilan o‘zaro ta'sirda bo‘lgan holda shakllanish
va rivojlanishning o‘z mantig‘iga ega, shu sababli iqtisodiyot siyosat va mafkuraga ta'sir
ko‘rsatadi va o‘z navbatida ular ham iqtisodiyotga ta'sir o‘tkazishi mumkin». Altyusserning
qarashlari Fransiyada (
E. Balibar, D.Lekur, P.Reymon, N. Pulantsas), Buyuk Britaniyada
(
B.Xindess, P.Xerst), Italiyada (
G.Della Volpe va b.), AQSh da (Dj. Eleter, Dj. Remer i b.)
keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: