Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   290
Bog'liq
falsafa

Milliy  o‘zini-o‘zi  anglash  –  bu  har  qanday  millatning  asosiy  belgilaridan  biri  bo‘lib,  u 
millatning  hududiy  birligi,  tili,  xo‘jalik  yuritish  usuli,  milliy  xarakteri  va  boshqalar  orqali 
aniqlanadi.  Ayrim  shaxs  uchun  o‘zini-o‘zi  anglash  –  bu  uning  u  yoki  bu  millatga 
mansubligini, uning tarixi, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini anglashdir. 
Bizning  sharoitimizda  milliy  o‘zlikni  anglash,  birinchidan,  tarixni  tiklash,  yurtimiz 
qadimgi  sivilizatsiya o‘chog‘i  ekanligini bilish, xalqimizning ko‘p  asrlik, tarixiy  hodisalarni 
boshidan  kechirganligi,  bu  tarixiy  davrlarda  tinch  yaratuvchilik  mehnati  ham,  ko‘plab 
urushlar  chog‘ida  esa  g‘alabalar,  mag‘lubiyatlar  ham  bo‘lganini,  A.Temur  va  Bobur  kabi 
davlat arboblarining tarixiy ahamiyati tiklanganligini anglash demakdir. Ikkinchidan,  o‘zini-
o‘zi  anglash  o‘tgan  avlodlardan  qolgan  ma'naviy  qadriyatlarimizning  tiklanishi  bilan 
bog‘liqdir. Bizning xalqimiz qadimgi  va boy madaniyatga ega.  Muhammad al-Xorazmiy  va 
Ahmad  al-Farg‘oniy  tabiatshunoslik  fanlarining  rivojlanishiga  ulkan  hissa  qo‘shganlar.  Abu 
Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy – falsafiy fikrlar rivojlanishiga, Moturidiy, Ahmad Yassaviy, 
Bahouddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro – dinshunoslikni, Alisher Navoiy va Kamoliddin 
Behzod    adabiyot  va  san'atning  rivojlanishiga  katta  hissa  qo‘shganlar  va  hokazo. 
Uchinchidan,  o‘zini-o‘zi  anglash  va  milliy  ongning  o‘sishi  milliy  urf-odatlar,  bayramlar  va 
an'analarning  tiklanishi  bilan  bog‘liq.  Ma'lumki,  sovet  davrida  ularning  ahamiyati  yerga 
urilgan,  ular  unutilgan  yoki  ta'qiqlab  qo‘yilgan  edi.  Bundan  tashqari,  ko‘p  asrlar  davomida 
xalqning  ma'naviy  hayotida  muhim  rol  o‘ynagan  islom  dinining  tiklanishi  ham  katta 
ahamiyatga ega. 
O‘zbek  xalqining  o‘zini-o‘zi  anglashi  o‘zining  dunyoda  o‘z  o‘rnini,  mamlakatimizning 
potensial  imkoniyatlari  va  real  rivojlanish  istiqbollarini  anglab  yetish  bilan  ham  bog‘liqdir. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  omillar  xalqimizda  hozirga  va  kelajakka  bo‘lgan  ishonchni 
mustahkamlab,  milliy  g‘urur,  Vatanga  muhabbatni,  fidoiylikni    uyg‘otadi.  Shuni  ta'kidlash 
kerakki, o‘zbek xalqining milliy o‘zini-o‘zi anglashi umummilliy o‘zini-o‘zi anglashiga qarshi 
bo‘lmay, balki u bilan hamohangdir. Bunda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq 
millat  va  elatlar  ko‘zda  tutiladi.  Ularning  hammasi  bir  xil  huquqqa,  o‘zlarining  milliy  urf-
odatlari  va  bayramlariga  ega  bo‘lib,  farzandlari  o‘z  milliy  maktablarida,  milliy  tillarida 
o‘qishi,  o‘z  ona  tilidagi  matbuot  organlariga  ega  bo‘lib,  diniy  urf-odatlarini  respublikada 
faoliyat ko‘rsatayotgan sakkizta konfessiya orqali amalga oshirishlari mumkin. 
Shu  bilan  birga  milliy  mafkuraning  hozirgi  davrdagi  judda  katta  ahamiyatiga  qaramay 
jamiyatning  ma'naviy  hayotining  hamma  tomonini  unga  kiritish  mumkin  emas.  Mafkura  va 
ma'naviyat  bir-biridan  farq  qiluvchi  tushunchalardir.  Mafkura  bu  g‘oyalar  tizimidan  iborat 
bo‘lib, ma'lum vaqt oralig‘ida u yoki bu ijtimoiy guruh va davlatning manfaatlarini, ayniqsa, 
siyosiy manfaatlarini himoya qiladi. Xalq ma'naviyati esa, o‘zining  mazmuniga ko‘ra chuqur 
                                                 
386
 И.А.Каримов. Идеология – это объединяющий флаг нации, общества, государства. 7-б. 


va  keng  tushunchadir.  U  chuqur  tarixiy  ildizlariga  ega  bo‘lib,  u  yoki  bu  xalqning  taqdiri, 
milliy xususiyati va mentalitetini ifodalaydi. Ma'naviyat uchta – ma'rifiy, ma'naviy va estetik 
asosga ega. Shuning uchun ham fan  va falsafa, etika (shu jumladan diniy va dunyoviy axloq) 
va san'at mavjuddir. Ma'naviyatning hamma sohalari bir-biri bilan bog‘liqdir. Ularning yuragi 
axloqiylikdir. 
Ma'naviyatni  tushunishning  yana  bir  yo‘nalishi  mavjuddir.  Odatda  «ma'naviyat» 
tushunchasi  insonning  hayvondan  farqini  bildiruvchi  aql  va  irodasini  ifodalaydi.  Shaxs 
irodasining  ma'naviy  kuchi  uning  qobiliyati  orqali  ifodalanadi.  Zamonaviy  mazmunda 
ma'naviyat  –  oliy  ma'naviy  qadriyatlar  sifatida  qabul  qilinadi.  Uning  asosiy  kategoriyalari 
Haqiqat,  Ezgulik,  Go‘zallikdir.    Ma'naviyatsizlik  esa  ezgu  maqsad  va  qadriyatlarning 
bo‘lmasligi bilan ifodalanadi. 
Ma'naviy  qadriyatlar  stixiyali  ravishda  paydo  bo‘lmaydi.  Ular  ma'lum  maqsadga 
qaratilgan,  ijodiy  intelektual  faoliyat  natijasidir.  Tarixda  ma'naviy  ijodkorlarning  uch  turi 
shakllangan  –  biluvchi  (mutafakkir,  donishmand),  avliyo,  badiiy  ijodkor  (shoir,  yozuvchi, 
kompozitor  va  boshqalar).  Har  bir  jamiyat  uchun  rivojlanishining  har  bir  bosqichida  o‘ziga 
xos  ma'naviy  elitasi  mavjuddir.  Unga  nafaqat  ma'lum  darajadagi  professionalizmgina  xos 
bo‘lib  qolmasdan,  unga  ma'naviy  xususiyatlarning  elementlari  –  poklik,  yuqori  darajadagi 
ahloqiylik ham xos bo‘ladi. 
Ma'naviy  qadriyatlar  yaratilgandan  so‘ng  o‘zining  hayotiga  ega  bo‘ladi.  Ular  avloddan 
avlodga  o‘tib,  yangi  mazmun  bilan  boyib  boradi.  Ammo  ular  keng  xalq  ommasiga  yetib 
borgandan  keyingina  haqiqiy  ahamiyatga  ega  bo‘ladilar,  ular  hayotining  bir  qismiga 
aylanadilar.  Bu  esa,  faqat  ma'rifat  orqali  amalga  oshiriladi.  Ma'rifat  ta'lim  tizimi,  maxsus 
ma'rifiy  muassasalar  faoliyati,  san'at  asarlarini  va  unga  oid  bilimlarni  yoyish  va  tashviqot 
qilish  orqali  olib  boriladi.  O‘zbek  xalqiga  chuqur  ma'naviy  va  ma'rifiy  an'analar  xosdir. 
Ulardan mamlakatda boshlangan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda foydalaniladi. 
O‘tish davrining murakkab, ziddiyatli davrda, Respublikada ba'zi bir ma'naviy va axloqiy 
qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan salbiy hodisalar ham yuzaga keldi. Korrupsiya, poraxo‘rlik, 
o‘g‘rilik,  firibgarlik  kabilarning  ma'lum  darajada  rivojlanishi  kuzatildi.  Ayniqsa,  yoshlar 
orasida  boyishga  o‘ta  intilish,  egoizm,  inlividualizm  kabi  illatlar  tarqaldi.  Bu  bozor 
munosabatlari  sharoitida  ma'naviy-axloqiy  qadriyatlarning  jamiyat  hayotida  pasayishi, 
madaniyat  va  ma'naviyatning  ikkinchi  darajaga  surilib  qo‘yilganini  tabiiyligini  bildirmaydi. 
Gap shundaki, birinchidan, bozor munosbatlari davlat  tomonidan boshqarilib, ular zamonaviy 
doiraga  olib  kirish  kerak.  Bizning  sharoitimizda  bozor  munosabatlariga  o‘tish  deganda 
jamiyatning  har  bir  a'zosini  farovon  yashashi  uchun  kerakli    shart-sharoitlarni  yaratish  bilan 
birga,  ma'naviyat  sohasiga  ham  ahamiyat  berishni  talab  qiladi.  Bunday  jamiyatni  qurish  va 
uning faoliyat ko‘rsatishi uchun  bilimli, yuqori malakali, halol, vijdonli, adolatli – umaman 
olganda ma'naviyatli kishilar zarur. Mamlakatimizda o‘rta va oliy ta'lim kadrlarini tayyorlash, 
ularni  yangi  sharoitga  moslashtirishga  qaratilgan  islohotlar  amalga  oshirila  boshladi.  Fan  va 
madaniyat  sohalarini,  ziyolilarni  hamda  intellektual  va  ijodiy  mehnat  kishilarini  davlat 
tomonidan samarali qo‘llab-quvvatlash borasida ham katta ishlar qilinishi ko‘zda tutilmoqda. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish