Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-bob. IJTIMOIY HAYoT VA IJTIMOIY ONGNING FeNOMeNTLARINING



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
4-bob. IJTIMOIY HAYoT VA IJTIMOIY ONGNING FeNOMeNTLARINING 
FALSAFIY ASOSLARI 
 
1-§. Madaniyat falsafasi 
 
 Yangi  davrning  uch  ming  yilligiga  qadam  qo‘ygan  hozirgi  zamon  madaniyatning 
mohiyati  va  tushunchasi  haqida  bosh  qotirishda  davom  etmoqda.  Madaniyat  atamasi  ko‘p 
ma'nolarga  ega  –  ekin  ekish,  qayta  ishlov  berish,  asrash,  avaylash,  ma'lumot,  ta'lim-tarbiya, 
taraqqiyot.  Har  qanday  holatda  ham,  bu  yerdagi  bosh  masala  shundaki,  madaniyat  o‘ta 


darajada  ijtimoiy  ko‘rinishga  ega  bo‘lib,  insonni  boshqa  barcha  tabiiy-biologik  dunyodan 
ajratib  turadi.  Madaniyat  tarixi  davomida  uning  barcha  hodisalari  va  jarayonlari  ijtimoiy 
fanlarning  barcha  majmuasi  –  falsafa,  tarix,  qadimshunoslik,  jamiyatshunoslik,  ruhshunoslik 
va  boshqalar  tomonidan  o‘rganilgan.  Oxir  oqibatda,  bu  shunga  olib  keldiki, 
madaniyatshunoslik deb atalgan mustaqil integral ilmiy fan shakllandi. 
Hozirgi zamon fanida madaniyatning 600 dan ko‘proq ta'rifi mavjud bo‘lib uni quyidagi 
guruhlarga tasnif qilish mumkin: 
- madaniyatni inson faoliyati natijasining majmuasi sifatida o‘rganuvchi bayoniy ta'rif
- madaniyatni an'analar va ijtimoiy meros orqali ifodalovchi tarixiy ta'rif
- madaniyatni uning me'yorlar tizimi va qoidalaridagi urnini ta'kidlovchi me'yoriy ta'rif
- madaniyatni muayyan qabul qilingan qadriyatlarni amalga oshirish natijasi deb biluvchi 
qadriyat ta'rifi
- insonni tabiat va ijtimoiy muhitga o‘rganishiga asoslangan psixologik ta'rifi
- madaniyat-g‘oyalar oqimidan o‘zga narsa emas, deb biluvchi mafkuraviy ta'rif
-  madaniyatni  oldindan  belgilab  qo‘yilgan  qonunlar  majmuasi  sifatida  qarab  chiquvchi  
semiotik ta'rif
387
.  
Bulardan  tashqari,  madaniyat  mohiyatini  tushunishga  olib  keluvchi  texnik,  tuzilish-
vazifaviytizimlitajribaviyfaol va boshqa yo‘nalishlarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng 
umumiy  ko‘rinishda  madaniyat  tushunchasi  deganda  odamlar  hayoti  va  faoliyatini  tashkil 
qilish  shakllari  va  turlarida,  hamda  ular  tomonidan  yaratilgan  moddiy  va  ma'naviy 
qadriyatlarda o‘z ifodasini topgan jamiyat va inson taraqqiyotining muayyan tarixiy saviyasi 
tushuniladi
388
.  
 Madaniyat  –  murakkab  va  ko‘p  vazifalarga  ega  tizimdir.  Uning  bosh  vazifalari  orasida 
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
Adaptatsion  (moslashuvchanlik)  vazifa.  Uning  tufayli  inson  muayyan  tabiiy  va  ijtimoiy 
muhitga  moslashishga  imkon  topadi.  Agar  madaniyat  qancha  yuqori  bo‘lsa,  odatda,  uning 
adaptatsion imkoniyati shuncha ko‘p bo‘ladi.  
Ma'rifaiy  (evristik)  vazifa.  Uning  mohiyati  shundan  iboratki,  madaniy  yutuqlar  dunyoni 
bilish  vositasi  sifatida  xizmat  qiladi.  Madaniyatning  shunday  qismi  bo‘lgan  fan,  butunlay 
ushbu  vazifani  bajarishga  bag‘ishlangan.  Bu  yerda  bilish  ob'ekti  sifatida  tabiat,  jamiyat  va 
insonning o‘zi xizmat qiladi. 
Informatsion  (Xabar  yetkazuvchi)  vazifa.  Uning  vazifasi  doirasiga  ijtimoiy  tajribani 
to‘plash  (jamg‘arish),  uni  bir  avloddan  boshqasiga  yetkazish,  ya'ni  tarixiy  vorislikni 
ta'minlash kiradi. Xabar yetkazish faqat vaqtinchalik bo‘lmasdan, balki makoniy xususiyatga 
(bir jamoa yoki guruhdan boshqasiga xabar berish va hokazo) ega bo‘lishi mumkin. 
Kommunikativ  (munosabat  o‘rnatish)  vazifasi.  U  xabar  yetkazuvchanlik  vazifasi  bilan 
yaqindan bog‘langan bo‘lib nutq (til), ramziy qiyofa (san'at), belgilar (fan) vositasida amalga 
oshiriladi.  Jamiyatning  taraqqiyot  darajasi  qancha  yuqori  bo‘lsa,  bevosita  aloqa  shunchalik 
ko‘p  darajada  bilvosita,  ya'ni  texnik  vositalar  yordamida  (telefon,  telegraf,  internet  va 
hokazolar bilan) amalga oshiriladi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish