davlatni boshqarish bilan bog‘liq, ikkinchisi esa, umuman jamiyatni boshqarishni anglatadi.
Davlat va hokimiyat bir-biri bilan birlashib, ajralmas bo‘lib ketgan totalitar va avtoritar rejim
sharoitlari davrida bu ikki tushuncha bir xil ma'noni anglatishi mumkin va ular o‘rtasidagi
tavofutni anglash qiyin.
Demokratik taraqqiyot sharoitida
fuqarolik jamiyati, ya'ni sotsiumning davlat tomonidan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshqarilmaydigan qismi: kasaba va ijodiy uyushmalar,
nosiyosiy jamoat tashkilotlari (yoshlar, ayollar, faxriylar tashkilotlari, ekologik va xayriya
tashkilotlari va boshqalar), turli qiziqishlar bo‘yicha tuzilgan jamiyatlar va klublar, cherkov,
xalq harakati va hokazolar muhim rol o‘ynaydi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati – bir-
biriga qarshi turuvchi antitezalar emas, balki demokratiya sharoitida jamiyatning siyosiy
tizimining o‘zaro aloqador va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi qismlaridir.
Keng qabul kilingan fikrlarga ko‘ra,
bugungi kungi demokratiya – jamiyat
ijtimoiy-siyosiy
tuzilishining – eng oliy va eng yaxshi shaklidir. Tarixiy tajriba va ilmiy nazariyalar
demokratik jamiyatning asosiy umumiy tamoyillarini ta'riflab berganlar: erkin fikr bildirish,
kamchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning deklaratsiya qilingan
tenghuquqliligi, ularning jamiyat va davlatni boshqarishdagi teng huquqliligi. Asosiy davlat
organlarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisobot berishi, tayinlash yo‘li bilan
shakllantirilgan davlat organlarining saylov muassasalari oldida hisobot berishi va boshqalar
ham asosiy tamoyillardan hisoblanadi. Lekin ko‘rsatib o‘tilgan prinsiplarning amalga oshishi
har bir muayyan davlatning sivilizatsiyaviy, mintaqaviy, milliy xusuiyatlariga va muayyan
vaziyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgacha keng tarqalgan fikrlar borki, ularga asosan demokratiya – mutlaqo g‘arb
an'analariga asoslangandir. Sharq jamiyatlarini demokratlashtirish esa, g‘arb demokratik
qadriyatlarini yangi zaminga ko‘chirish demakdir, degan fikrlar ham bor. Lekin bunday ta'kid
ob'ektiv asosga ega bo‘lmagan, tarixiy-siyosiy jarayonlarga
yevropotsentrik qarashlardan
boshqa narsa emas. Hozirgi zamon hind faylasuflaridan
Daya Krishna 1995 yilda Gonoluluda
o‘tkazilgan faylasuflarning VII konferensiyasida o‘zining «Demokratiya va adolatlilik:
nog‘arbcha nuqtai nazardan falsafiy mushohadalar» mavzusidagi ma'ruzasida shunday deydi:
«Agar demkoratiyani mansabini suiiste'mol qilish va zo‘ravonlikka qarshi institutsiyaviy va
prossetsual tayanchni yaratish deb tushunilsa, unda qadimgi davrdan to hozirgacha u Sharq va
G‘arb siyosatdonlarning fikrini bir xilda band qilib kelgan. Faqatgina, u yoki bu
madaniyatning qadriyati bo‘lgan demokratiyaga erishishning «strategiyasi» (yo‘li) turlicha
bo‘lgan»
382
. Masalan, hind gandizmi doktrinasiga ko‘ra demokratik ruh tashqaridan olib
kirilmaydi, ichki sharoitdan kelib chiqishi kerak. Demokratiya «hokimiyatning axloqiy
avtoritetida» mavjud bo‘ladi. Erkinlik bilan ijtimoiy burchning eng yaxshi uyg‘unligi o‘z-
o‘zini boshqarish (svaraj) va zo‘ravonlik qilmaslik yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yoki
bo‘lmasa, xitoycha demokratiya modellaridan biri konfutsiylik demokratiya boshqaruvchi,
hokimiyat tepasida turuvchi shaxslarni shakllantirishga katta ahamiyat beriladi. Xalq
to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishga qodir bo‘lmaganligi uchun hokimiyatni o‘z vakillariga elitaga,
liderlarga (ideal shaxsga) topshiradi. Ushbu yetakchi shaxslarning asosiy xislatlari yuqori
ahloqiy sifatlaridadir.
Hozirgi zamonaviy mamlakatlarning nafaqat nazariyasida, balki amaliyotida ham
sharq
Do'stlaringiz bilan baham: