«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan



Download 1,3 Mb.
bet36/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

O’zaro solishtirish. O’zaro solishtirishda bir yoki bir nechta o’zaro bog’liq operatsiyalarning turli jihatlari aks ettirilgan o’z nomi va mohiyatiga ko’ra farqlanuvchi hujjatlar solishtiriladi.
Turli hujjatlarni solishtirish imkoniyatlari juda xilma-xildir. Har bir iqtisodiy sub’ektda ular mazkur korxonaning tarmoq bo’yicha ixtisoslashuvi hamda ichki xo’jalik nazorat tizimiga bog’liq. Masalan, ichki auditorlar quyidagi hujjatlar bo’yicha o’zaro solishtirishni amalga oshirishlari mumkin:

  1. Birlamchi hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari, shuningdek tovar mahsulotlarini jo’natishni (yoki iqtisodiy sub’ektning hisob siyosatiga muvofiq pul kelib tushishiga bog’liq realizatsiya hajmlarini) aks ettiruvchi operativ hisob hujjatlari, tovar jo’natish va realizatsiya qilish bilan bog’liq boshqa hujjatlardagi (ruxsatnoma, yo’l xatlari va boshqalar) ma’lumotlar bilan;

  2. Birlamchi hujjatlardagi tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish haqidagi ma’lumotlar ularni olib kelish bilan bog’liq xarajatlarga nisbatan solishtiriladi. Ma’lumotlar nafaqat alohida olingan kirim, balki yil davomida olingan tovar-moddiy boyliklari hajmini tahliliy amallarni qo’llash yordamida tahlil qilinishi mumkin.

  3. Tovar-moddiy boyliklarining chiqimi va yuklab yuborilishi haqidagi ma’lumotlar ushbu tovar-moddiy boyliklari jo’natilgan idishlar haqidagi ma’lumotlar bilan.

MISOL
Nestle” qo’shma korxonasida idishlarning hisobga olinmagan katta zahiralari borligi aniqlandi va shu asosda auditor oldiga ushbu hisobga olinmagan mazkur “ortiqcha idishlar”ning “realizatsiyasi”ni tasdiqlovchi dalillarni aniqlash muammosi qo’yildi. Hujjatlarni o’zaro solishtirish bo’yicha ma’lum bir ishlar amalga oshirildi va uning natijasida bir qator moddalar bo’yicha idishlarni qabul qilishga doir yukxatlarning soxtalashtirilganligi aniqlandi: ushbu idishlarining “Nestle” qo’shma korxonasiga olib kelinishi yuk mashinasi yordamida qalashtirilgan holda, biroq qutiga solinmay amalga oshirilganligi aniqlandi. Amalda bu hisobga olinmagan ortiqcha idishlarning “naqdlashtirilishi” edi.

  1. Ishlab chiqarishda hisoblangan ish haqining (shuningdek byudjetdan tashqari fondlarga turli hisoblanmalar haqidagi ma’lumotlar) haqiqatda omborga qabul qilingan tayyor mahsulot hajmlari bilan (bir operatsiyaning turli jihatlari solishtiriladi, so’ngra hisobda aniqlangan qarama-qarshiliklar mantiqan tekshiriladi);

  2. Hisob registrlari bo’yicha o’tgan ma’lumot birlamchi hujjatlar bilan solishtiriladi.

MISOL
Tekshiruvchi registrlar bo’yicha soxta buxgalteriya provodkalari amalga oshirilganini aniqlashi mumkin, ya’ni hisobda hech qanday hujjatlar bilan asoslanmagan xo’jalik operatsiyalari aks ettirilgan (yoki provodkalar amalga oshirilgani holda, ushbu provodkalarning mazmuni birlamchi hujjatlardagi ma’lumotni tubdan buzib ko’rsatadi).
MISOL
Hujjatlarni o’zaro solishtirishda xo’jalik operatsiyalari mazmuniga aniqlik kiritishni talab qiluvchi buxgalteriya yozuvlari orasida ko’proq pul mablag’lari hisobraqamlari bilan aloqador bo’lgan xarajatlar hisobraqamlaridir. Masalan, “9420 hisobraqam debeti, 5010 hisobraqam krediti” yozuvi yordamida avtomobilni yo’lda ta’mirlash uchun mablag’larning echilishi rasmiylashtirilgan. Ravshanki, mazkur holatda, ta’mirlash ustaxonasining bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnomasi yoki hisobi bo’lganida ham bo’nak hisoboti etishmaydi, ya’ni o’zaro solishtirish usuli bilan kassa amaliyotlarini yuritish tartibi buzilganiligi aniqlandi.

  1. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlar ularni tugatish bilan bog’liq xarajatlar bilan, shuningdek, qurilish materiallari va qurilmalar, asbob-uskuna va mashinalarga ehtiyot qismlarni qabul qilish dalolatnomalari, metallolom topshirish hujjatlari va hokazolar bilan solishtiriladi. Amaliyotda, mulk solig’ining sezilarli hajmlarini hisobga olgan holda, auditorlar ba’zan bino va inshootlar, zavodning ishlab chiqarish korpuslarini soxta hisobdan chiqarish holatlariga duch keladilar.

  2. Turli tovar-moddiy boyliklarini buzilish, lom va yaroqsiz holga kelish sababli hisobdan chiqarish haqidagi ma’lumot ularni yo’q qilish va tegishli qaytma materiallarni qabul qilishga bog’liq xo’jalik operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar bilan solishtiriladi.

O’zaro bog’liq operatsiyalarning turli jihatlari aks ettirilgan hujjatlarni o’zaro solishtirish ichki auditorlarga xatolar va ma’muriyat yoki personalning qasddan qilingan harakatlari belgilariga ega holatlar haqida kerakli dalillarni yig’ishga imkon beradi. Xususan, o’zaro solishtiruv quyidagilarni aniqlashga imkon beradi:

  1. Qisman yoki to’liq tovarsiz yoki pulsiz operatsiyalarni;

  2. Savdo-xo’jalik faoliyatida hisobga olinmagan tovarlarning ishtirokini;

  3. Turli materiallar, xom ashyo, tovarlar va idishlar hamda boshqa qimmatliklar hisobga olinmagan qoldiqlarini, ularning sotilishi yoki qabul qilinishi haqidagi soxta hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida yaratishni;

  4. Hisobga olinmagan tayyor mahsulot qoldiqlarini yaratish yoki asossiz ish haqini hisoblash va to’lash holatlarini;

  5. Soxta buxgalteriya provodkalarini yoki tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarsiz o’tkazilgan provodkalarni tuzishni.


Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish