«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


Ishchi hujjatlarni tayyorlash



Download 1,3 Mb.
bet44/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

6.2. Ishchi hujjatlarni tayyorlash
Ichki auditor tekshiruv hujjatlar yordamida amalga oshiriladigan majburiy hujjatlashtirishni tekshirish, audit to’g’ri olingan axborotni ifodalashi kerak bo’lganlarga quyidagilar kiradi:

  • audit o’tkazish reja va dasturi;

  • tekshirish jarayonida kelib chiqqan savollarga bo’limlar ishchilari tomonidan tushuntirish arizalari, oydinlashtirish kerak;

  • bo’limning boshlang’ich hujjatlari nusxalari: ob’ektlar fotosuratlari, aktlari, ma’lumotlar, bayonnomalar, inventarizatsiya yozuvlari va boshqa hujjatlar, xo’jalik operatsiyalaridan dalolat beruvchi hujjatlar, bo’lim ishchilari va boshqa ishchilar bilan birgalikda tuzilgan tekshirishga aloqador bo’lgan tekshirish aktini isbotlovchi yozuvlar, buxgalteriya hisobi registrlari;

  • inventarizatsiya natijalari;

  • buxgalteriya hisoboti;

  • operativ tizim va ombor hisobini baholashni o’rganish to’g’risidagi yozuvlar, savollar, boshqa hujjatlar aylanish sxemasi;

• haqiqatda ishlab chiqarish-moliyaviy ko’rsatkichlar tahlili;
- auditor tomonidan emas balki uning nazorati ostida qilingan ishlardan dalolat beruvchi materiallar;
- tekshirishlarda uchragan va u bo’lim ishchilari bo’lmagan shaxslarning tushuntirishlari;

  • buxgalteriya, operativ ichki xo’jalik hisoboti nusxalari.

Tekshirishni o’tkazayotgan auditor tekshirish aktiga qo’shimcha ichki audit ishchi hujjatlarini ro’yxatini o’zi belgilaydi.
Bu hujjatlarning asosiy sharti - bu tekshirish materiallaridan kelib chiqib xulosa va takliflarning ishonchliligi.
Shuning uchun dalillarni tuplashda chegaralanishga yo’l qo’yilmaydi.
Xo’jalik operatsiyalarini tadqiq kilish natijasida ichki auditor tomonidan olingan auditorlik dalillari eng yuqori baholanadi.
Auditor shaxsan o’zi birlamchi hujjatlarni yaratadi va dalillar bilan to’ldiradi, masalan jadval ko’rinishida, hisob-kitoblar va boshqalar. Bu maxsus ma’lumotga ega bo’lmagan mansabdor shaxslar va korxona ta’sischilariga to’plangan axborotni tushunishga yordam beradi.
Ichki hujjatlarga dalil sifatida quyidagi hujjatlar nusxalarini olish mumkin:
- filiallar, bo’limlar tuzilishi, lavozim yo’riqnomalari, bo’limlar ishchilarini mehnat shartnomalari to’g’risidagi qoidalar;
-direktorlar kengashi maslahati va tashkilot (firma) boshqa organlarning bayonnomalari;
- filial va tashkilotning shartnomalari va topshiriqlarni bajarganligi haqidagi operativ ma’lumotlari va ichki firma, statistika, buxgalteriya hisobotlari;
- ichki firma yo’riqnomalari, metodik qo’llanmalar hujjat aylanishi grafigi va boshqa hujjatlar ishlab chiqarish strukturasi faoliyati, filial va bo’limlar ishlab chiqarish faoliyatini ko’rsatadi;

  • xizmat tekshiruv materiallari, reklama aktlari, sud va arbitraj hujjatlari;

  • Korxona bo’lim va filiallar binolarini vizual ko’zdan kechirish aktlari;

Agar ichki auditorga ichki me’eriy huquqiy hujjatlar va mos bo’lim strukturalari tomonidan taqdim qilinishi kerak bo’lgan birlamchi hujjatlarni taqdim qilishmasa, u bularni hisobot hujjatlarida ko’rsatishi va baholashi lozim, chunki bunday holat korxona va bo’limlar faoliyati va ichki tekshiruvlarga ta’sir ko’rsatadi.
Ichki audit tomonidan ichki hisobot yoki buxgalteriya hujjatlarida kamchiliklar aniqlansa, u kamchilik turi va aniqlangan kamchilik xavf omillarini ko’rsatib o’tishi kerak.
Avvalambor, soliq nuqtai nazaridan shu kamchiliklar, uning sabablari bartaraf qilinmasligi natijasida qanday oqibatlar kelib chiqishi (korxonaning o’rnatilgan qoidalari va buxgalteriya hisobi yuritishdagi buzilishlarida; shartnoma munosabatlarini o’zgarishi va ularni bo’limlargacha etib bormasligi; arifmetik va mantiqiy xatolar, hisobotni to’la ko’rib chiqmaslik; ataylab yoki ataylab qilinmagan noodatiy sharnomalar.
Buxgalteriya hisobotida kamchiliklarga yo’l qo’ygan javobgar ishchilar aybdorligi to’g’risida xulosa chiqarish kerak. Tekshirishni o’tkazayotgan mansabdor va boshqa shaxslar u yoki bu shaxsning aybdorligi yoki aybsizligi to’g’risida xulosa chiqarish auditorning ishiga kirmaydi.
Tekshirish yakunlangan vaqtda barcha ishchi hujjatlar tayyorlagan va rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.
Bu axborotlarni elektron yoki boshqa axborot tizimlariga kiritish, bunda ma’lumotlar va uning tarkibi saqlanishi kafolatlanishi kerak, ma’lum muddatgacha arxivda ishchi hujjatlar saqlanishi kerak.
Ishchi hujjatlar unga kiritilgan ma’lumotlar manbalari ko’rsatilishi kerak. Agar ularda shartli belgilar (simvollar) bo’lsa, ular tushuntirilishi kerak. Har bir hujjat idenfikatsion raqamga ega bulishi kerak.
Idenfikatsion raqamni tuzish sistemasi va o’zlashtirilishi auditor tashkiloti belgilanadi.
Aniqlangan kamchiliklar «Yozma ichki auditor axboroti»da ko’rsatiladi.
Bunda buxgalteriya hisobi va hisobotidagi aniqlangan kamchiliklar va buzilishlar ham ko’rsatilishi kerak. U 2 nusxada tuziladi. Bir nusxasi boshqaruvchi va bosh buxgalterga, mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar, bahsli vaziyatlar uchun tanishish uchun takdim etiladi.
Ikkinchi nusxasi xulosaviy hisobot uchun foydalaniladi.
Ishchi hujjatlarda saqlanuvchi ma’lumotlar konfidentsial bo’lib, oshkora qilishga yo’l qo’yilmaydi. Bu hujjatlarning saqlanish tartibi va muddati auditorlik tekshiruvini belgilangan mansabdor shaxs tomonidan tuziladi.




    1. Download 1,3 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish