5.7. Ichki auditning boshqa usullari
Kirim-chiqim hujjatlari va inventarizatsiya materiallarida qayd qilingan qimmatliklarning amalda mavjudligini tekshirish.
Hujjatlarda ko’rsatilgan qiymatliklarni qayta tortish, o’lchash, hisoblashni o’ziga olsa ham, mazkur usulni inventarizatsiya bilan adashtirish kerak emas.
Nazorat qayta tortish va o’lchash faqat yaroqli o’lchash asboblari bilan o’tkazish lozim.
Mazkur tadbir bosh korxonadan uzoqda joylashgan savdo nuqtalarini ichki nazoratini amalga oshirishda juda samaralidir. Tadbirning maqsadi sifatida savdo qoidalari, iste’molchilar huquqlarini, tushumning to’liq kirim qilinishiga o’rnatish bo’lishi mumkin.
Agar o’lchash asboblari buzuq yoki umuman yaroqsiz bo’lsa, ular muomaladan chiqariladi va o’lchashlar nazorat tarozilarida o’tkaziladi. Zarur bo’lgan hollarda o’lchash asboblarini tekshirish uchun metrolog chaqirilishi mumkin.
Nazorat qayta tortish dalolatnomasi
Toshkent sh. 20 iyul 2007 yil
Men, OOO “Korzinka.uz” uyushmasi ichki auditori Bozorov T.N. tomonidan 5-son do’konni tekshirish jarayonida nazorat qayta tortish quyidagilar ishtirokida o’tkazildi: tijorat direktori Mamatov A.A., bo’lim sotuvchisi Solieva O.A., do’kon yukchisi Baratov P.N.
2198 son 2011 yil 12 iyuldagi yukxat bo’yicha 5-son do’kon tomonidan 1kg.ga 3580 so’mdan 500 kg qum-shakar olingan va u keyinchalik o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish zali realizatsiya qilish uchun 1 kgli polietilen paketlarga qadoqlangan.
Tekshiruv №895 raqamli tsiferblat turidagi, 2 daraja aniqlikka ega, har bir ko’rsatkich 5g bo’lgan nazorat tarozisida o’tkazildi. 1 kgdan bo’lgan 10 paket shakar qayta tortildi va ularning o’rtacha og’irligi dalolatnomada ko’rsatilgan shaxslar guvohligida o’rnatildi.
Nazorat tortish natijasida quyidagilar aniqlandi:
10 ta qum-shakar paketining og’irligi 9 kg 750gr;
Nazorat to’plamda vazn kamomadi 250 gr.
Ko’rsatilgan vazn bilan rozi bo’lganlar:
(nazorat tortishda ishtirok etgan shaxslar imzolari)
Tekshiruv davomida ma’muriyat va guvoh shaxslar tomonidan arz va e’tirozlar tushmadi.
Ichki auditor _______ T.N. Bozorov
Qatnashuvchilar _______ A.A. Mamatov
_______ O.A. Solieva
_______ P.N. Baratov
Usulning samaradorligi ko’pincha o’z vaqtida qo’llanilishga bog’liq. Kirim-chiqim hujjatlarining tekshiruvida u xo’jalik operatsiyasini bajarish paytida ishlab ketadi. Shu orqali auditor transportirovka yoki xaridorning omboriga tovarning kelib tushishi paytida yukning amaldagi hajmi va yukxatdagi ko’rsatkichlarni solishtirishi mumkin.
Tekshiruv operatsiya tugagandan so’ng ham o’tkazilishi mumkin, biroq darxol, tovarsiz kirim tovarsiz xarajat bilan berkitilishidan avval amalga oshirilishi kerak.
Ushbu usul, qaydnomaning shubhali bandlari qoldiqlarni qayta echish bilan nazorat qilinganda, materiallarning inventarizatsiya qilishda ham qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |