7- MAVZU. HISOBNING ALOHIDA BO’LIMLARIDA ICHKI AUDITNI O’TKAZISH TARTIBI REJA: 7.1. Pul mablag`lari bilan bogliq bo’lgan operatsiyalarning ichki audit 7.2. Hisob-kitob operasiyalari ichki auditi 7.3. Xodimlarga ish haqi hisobi bo’yicha ichki audit nazorati 7.4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’yicha ichki audit o’tkazish
Adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (o’zgartirishlar bilan).
2. Karimov N.F. Tijorat banklarida ichki audit. Monografiya.–Toshkent: 2006. –120 b.
3. Евдокимова А.В., Пашкина И.Н. Внутренний аудит и контроль финансово-хозяйственной деятельности организации: Практическое пособие/. – М.: Издательстко-торговая корпорация «Дашков И К», 2010,-208с.
4. Пугачёв В.В. Внутренний аудит и контроль. Организация внутреннего аудита в условиях экономического кризиса: учебник. -М.: Дело и Сервис, 2010. – 224 с.
5. Сотникова Л.В. Внутренний контроль и аудит. Учебник. -М.: ЗАО «Финстатинформ», 2000. – 239 с.
6. Аудит: учебник / под ред. Булыги Р.П. –М.: “ЮНИТИ – ДАНА”, - 2009 г. – 431 стр.
7. Подольский В. Аудит. Учебник. – М.: Изд. Юрайт, 2010 г. – 605 стр.
8. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.
9. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.
10. Internet saytlari:
http://www.aicpa.org,
http://www.accountingweb.com,
http://www.gaap.ru,
http://www.auditinfo.ru
7.1. Pul mablag`lari bilan bogliq bo’lgan operatsiyalarning ichki audit Kassa operatsiyalarining ichki auditi mazmuni bo’lib, pul mablag’lari harakartini korxona ichki meyorlariga mosligi va pul oqimlarini samarali tarzda shakllantirishdan iborat.
Ma’lumotlar manbayi bo’lib esa;
Kassa kirim va chiqim orderlari;
Kassa orlderlari ro’yhatga olish jurnali;
Kassa kitobi;
Bo’nak hisoboti;
To’lov qaydnomalari;
To’lov qaydnomalarini ro’yhatga olish jurnali;
Berilgan ishonchnomalarni ro’yhatga olish jurnali;
Deponentlarni hisobga olish jurnali;
1-jurnal order;
1-qaydnoma;
Bosh kitob.
Kassa operatsiyalarini ichki nazoratdan o’tkazganda, ularni yoppasiga tekshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kassa operatsiyalarini auditdan o’tkazish quyidagi ketma-ketlikda tashkil etiladi:
Pul mablag’larining saqlanishini va kassani inventarizatsiya qilish.
Operatsiyalarning to’g’ri hujjatlashtirilganligini tekshirish
Pul mablag’lari kirimini o’z vaqtida aks ettirilishini tekshirish
Pul mablaglarini xarajatga chiqarilishining auditini o’tkazish
Kassa va pul muomalalarining to’griligiga rioya qilishini tekshirish
Operatsiyalarning buxgalteriya schyotlarida to’g’ri aks ettirilishini tekshirish
Tekshirish natijalarini umumlashtirish.
Shuningdek ichki auditor kassa-nazorat texnikasining qo’llanilish tartibini tekshirishi lozim.
Barcha kassa hisoblash mashinalari soliq organlari tomonidan ro’yhatga olinganligini tekshirish ichki auditorning vazifasiga ham kiradi.
NKMlarning ishlayotgan kassir ozida NKMning kun boshiga va kun oxiriga qoldiqlari haqida ma’lumotlarni to’plab borishi lozim.
Auditor tushumni tekshirishda kassa cheklarini ularni ro’yhatga olish kitobi hamda kassir hisobotlari bilan solishtirish yo’li bilan tekshirishi kerak. Shuningdek operatsiyalarni buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishini tekshirishi lozim.
Kassa operatsiyalarini tekshirish vaqtida quyidagi odadiy hatoliklar:
kassa birlamchi hujjatlari mavjud emasligi;
kassa hujjatlarini belgilangan tartibda to’ldirilmasligi;
belgilangan naqd pul limitlarining buzilish holatlari;
kassa operatsiyalarinig hisob registrlarida noto’gri aks ettririlishi;
oborotlarini va qoldiqlarni hisoblashda arifmetik hatolar;
kelib tushgan pul mablaglarining noqonuniy o’zlashtirilishi;
Aaossiz ravishda pul mablag’larini hisobdan chiqarish.
Bankdagi hisob schotini ichki auditdan o’tkazishning maqsadi bo’lib, naqd pulsiz va valyuta operatsiyalarining to’gri va qonunga muvofiqligini tekshirishdan iboratdir.
Tekshiriruni amalgam oshirish manbalari bo’lib:
Korxonaning hisob siyosati;
Bank bilan tuzilgan shartnoma;
Bank ko’chirmalari;
Talabnoma va to’lovnomalar;
Chek daftarlari;
Kredit shartnomalari;
5110, 5210, 5510 – hisobvaraq registrlari;
Soliq hisobotlari;
Bosh kitob;
Balans (shakl №1);
Pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot (Shakl №4).
Bankdagi hisob schyotlarini tekshirishda ichki auditor quyidagi amallarni oshiradi:
Mamlakatimiz hududida amal qiladigan me`yoriy hujjatlar va qonunchilik hujjatlariga mosligini tekshirish;
Bank ko`chirmalari va hujjatlari, tasdiqlovchi operatsiyalar to`g`riligini tekshirish;
Bankdagi pul mablag`lari hisobini hisobga olish va pul mablag`lari kirimi va chiqimi bo`yicha bank ko`chirmalarini kun oxiridagi qoldig`ini arifmetik to`g`riligini tekshirish;
Bank ko`chirmalari va buxgalteriya hisobi registrlari, buxgalteriya hisobi registrlari va bosh kitob, bosh kitob bilan balans moddalarini solishtirib neksshirish.
Ichki nazorat vositasida topiladigan odatiy hatoliklar:
to`lov hujjatlarining ilovalari yo`qligi;
bank kochirmalari to`g`irlanganligi va o`chirilganligi;
qayta ishlash uchun qabul qilingan bank muhrui yo`qligi;
to`lov hujjatlarga o`zgartirish kiritilishi;
valuta kursini noto`g`ri qayta hisoblash;
pul oqimlari harakati holatini schyotlar korrespondensiyasi noto`g`riligi;