«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


Hisob-kitob operasiyalari ichki auditi



Download 1,3 Mb.
bet50/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

7.2. Hisob-kitob operasiyalari ichki auditi
Tekshirishni quyidagi ketma-ketlikda olib borish lozim:

  1. xaridor va mol yetkazib beruvchilar bilan hisob- kitoblarning ichki auditi;

  2. buyurtmachi va xaridorlar bilan hisob- kitoblarni tekshirish;

  3. hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning ichki auditi;

  4. ta`sischilar bilan hisob-kitoblarning ichki auditi;

  5. boshqa operasiyalar bo`yicha hodimlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish;

  6. kredit va qarzlar bo`yicha hisob- kitoblarning ichki auditi;

  7. soliq va to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirish;

  8. budjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish;

  9. mulkiy va shaxsiy sug`urta bo`yicha hisob- kitoblarning ichki auditi;

  10. boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob va shikoyatlar boyicha tekshirish.

Hisob-kitoblar ichki auditidagi bir qancha bosqichlarni batafsil ko`rib chiqamiz.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblarni tekshirish.
Tekshirish maqsadi- Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan qilinadigan hisob-kitoblarni to’griligini aniqlash.
Ichki auditor tekshiruv vaqtida quyidagilarni aniqlashi lozim:

  1. Tovar moddiy zahiralarini shartnomaga asosan olib kelinishi va hujjatlashtirishni to`g`riligini;

  2. debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjudligida ularning paydo bo’lgan sanasini aniqlash;

  3. muddati o’tgan qarzlarning mavjudligini tekshirish;

  4. bo’naklarning asoslanganligini tekshirish;

  5. bo’naklar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ining to’langanligini tekshirish;

  6. buxgalteriya schotilarida 6010-schyotning to’gri aks ettirilganligini tekshirish;

  7. analitik hisobning jurnal orderlar, bosh kitob va balansda aks ettirilishini tekshirish;

  8. chet el valutasida olingan bo’naklar aks ettirilishini tekshirish;

  9. kelib tushgan TMZ larning to’lanishini tekshirish;

  10. inventarizatsiya natijalarini tekshirish.

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblar hisobga olishdagi odatdagi hatoliklar:
-mol yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarning mavjud emasligi yoki ularni noto`g`ri hisobga olish;
-sohta hujjatlarni yo`qotish;
-hisobni tartibsiz yuritish;
-noto`g`ri hujjatlashtirish va shartnoma bo`yicha shikoyatlarni taqdim qilish;
- haqiqatga yaqin bo`lmagan debitor va kreditor hisobini buhgalteriya schotlarida aks ettirish;
- mol yetkazib beruvchilar schotining koxona hisoboti bilan mos emasligi;
- qo’shilgan qiymat solig’ining noto’gri provodkalarda aks ettirilishi;
- buxgalteriya schotlarining noto’g’ri korrespondensiyalari;
- Tovar moddiy qiymatliklarni kirim qilinmasligi va yo’lg`on hujjatlarni kassadan pul olish maqsadida taqdim etili holatlari.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning ichki auditi
Asosi maqsadi – xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob kitoblar bo’yicha hisobning to’gri yuritilishining to’g’riligi va haqqoniyligini tekshirishdir.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning ichki auditi amalga oshirishda auditor quyidagilarni aniqlab olishi lozim:

    1. Shartnomalarning mavjudliligi;

    2. Shartnomalrning to’g’ri tuzilganliligi;

    3. xaridorlar qarzlarining haqoniyligi, ular inventarizatsiya dalolatnomalari bilan aniqlanadi;

    4. Mahsulotlarni sotishda hujjatlarning to’gri rasmiylashtirilishini;

    5. Kelib tushgan pul mablag’larining birlamchi hujjatlari o’rganiladi;

    6. Sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) ning narxi to’g’ri shakllanganligini tekshirish;

    7. Chiqib ketgan mahsulotlarning sotich schotlarida aks ettirilishini tekshirish;

    8. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini shakllanishini tekshirish;

    9. Olingan bo’naklarning to’g’ri hisoblanganligini tekshirish;

    10. Tovarlar aylanishi operatsiyalarining to’g’ri rasmiylashtirilishini tekhirish.

Odatiy xatoliklar

  • shartnomaning mavjud emasligi;

  • QQS bazasini noto’g’ri aniqlanishi;

  • Buxgalteriya o’tkazmalarini noto’g’ri aks ettirish.

Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar ichki auditi.
Maqsadi – Amaldagi qonun hujjatlarga rioya etilishini tekshirish.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar korxona hodimlari xizmat safariga, yoki tashkiliy harajatlarni amalga oshirganda hamda mahsulot sotib olish uchun naqd pullar berilganda yuzaga keladi.
Bu hollarda auditor ba`zi xarajatlar qonunchilikda chegaralanganligini hamda ularning me`yordan ortigi qaysi soliq solish bazalariga kiritilishini tekshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Odatiy xatoliklar

  • hisobdor shaxslarga pul berishning amaldagi qoidasi buzilishi;

  • hisobot berish muddatining buzilishi;

  • kassadan pul chiqib ketishi hamda noaniq shaxslarga berilganligi hisobotda yozilishi;

  • birlamchi hujjatlarning xato rasmiylashtirilishi hamda ularda arifmetik hatoliklar aniqlanishi;

  • Naqd pullar va korporativ plastic kartochkaning bir hisobdor shaxs tomonidan ikkinchisiga berilishi.




Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish