«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


Moliyaviy nazoratning mohiyati va maqsadi



Download 1,3 Mb.
bet2/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

1.1. Moliyaviy nazoratning mohiyati va maqsadi
Nazorat - bu biror ishning, narsaning ahvoli, kishining yurish-turish va shu kabi ustidan doimo kuzatish, tekshirish. Nazorat – davlat boshqaruv organlarining ayrim boshqaruv sohalarida davlat tomonidan belgilangan qoidalarga davlat tomonidan belgilangan qoidalarga xo’jalik sub’ektlar, mansabdor shaxslar rioya etishini nazorat qilishdan iborat faoliyatdir.
Moliyaviy nazorat – bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog’liq bo’lgan masalalar harakatini va muomalasini majmui bo’lib, xo’jalik sub’ektlari faoliyatini va boshqarishni o’ziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish.
Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo’lgan umumiy nazorat tizimidagi muhim o’rni va ahamiyati shundaki, birinchidan, moliya o’zi iqtisodiy kategoriya sifatida ob’ektiv tarzda nazorat funktsiyasini bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo’jalik yuritishning barcha pog’onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan moliyaviy nazoratning universal quroli sifatida amal qiladi.
Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning ob’ekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim.
Moliyaviy nazoratning yuzaga kelishi va rivojlanishi davlat moliyaviy tizimining tashkil etilishi va rivojla­nishi bilan shart qilib qo’yildi.
Moliya kabi moliyaviy nazorat ham kapitalistik jamiyatdan avvalgi bosqichlardayoq, shakllanish va rivojlanishning uzok davrini bosib o’tdi. Uning ba’zi elementlari quldorlik va feodal jamiyatlaridagi ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo’ldi.
Moliyaviy nazorat nazariyasi, uning mazmuni, o’rni va tashkil etilishini ishlab chiqish bilan ko’plab olimlar shug’ullangan bo’lib, shuning uchun bozor munosabatlarining yangi tizimiga o’tish va yangi moliyaviy tizimni shakllantirish chog’ida barcha turli-tuman fikrlarni, jumladan MDH davlatlari va bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar olimlarining fikrlarini o’rganib chiqmoq foydalidir.
Moliya nazorat vazifasining mavjudligi o’z-o’zidan moliyaviy nazorat mavjudligini keltirib chiqarmaydi, u tegishli davlat organlarining muhim tashkil etuvchi faoliyatini taqazo etadi.
1. Moliyaviy nazorat - kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda moliya muhim rolining bir ko’rinishidir.
2. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruv organlari faoliyatining turlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
3. Moliyaviy nazorat - boshqaruvning tartibga solish, rejalashtirish, hisob-kitob va xo’jalikni yurituvchi sub’ekt faoliyatining tahlili singari mustaqil vazifasidir.
4. Taqsimlash munosabatlari orqali moliyaviy nazorat ishlab chiqarish, ayirboshlash, muomala va iste’mol munosabatlariga tatbiq etiladi.
Moliyaviy nazorat - davlat tomonidan tashkil etilgan, nazorat o’tilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyati­ning samaradorligini aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat byudjetini shakllantirish va sarflashdagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqa­rishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga og’ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazorat maqsadi - tuzatish choralarini ko’rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va buzishlarning oldini olishdan iborat.



Nazorat sub’ekti – nazorat tizimining maxsus organi, nazorat qiluvchi tashkilot, alohida shaxs bo’lishi mumkin. Nazorat qiluvchi sub’ekt faoliyatini tashkilot qismida ma’lum umumiylikka ega bo’lgan bir guruh ob’ektlar masalan, Moliya Vazirligiga yoki nazorat taftish boshqarmasiga biriqtirib quyiladi. Nazorat faoliyatini amalga oshirishda bir ob’ektning bir qancha nazorat sub’ektlari tomonidan ayni bir nazorat predmeti yuzasidan tekshirish xollariga yo’l qo’ymaslik maqsadida u yoki bu nazorat sub’ektning faoliyat doirasi aniq chegaranishi kerak. Nazorat sub’ektlariga yuklatilgan majburiyatlar nazorat organlarining oldiga quylgan maqsadlardan kelib chiqqish va ularga to’liq mos kelishi muhimdir.
Nazorat ob’ekti – kimni nazorat qilish kerak ? degan savolga javob beradi. Davlat moliyaviy nazorati ob’ektlari tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qatiy nazar davlat moliyaviy resurslaridan foydalanuvchilar: davlat moliyaviy siyosatini yuritishga mutasaddi bo’lgan xukumatning ijroiya organlari pul-kredit muassalari, davlat mablag’larini jalb qiluvchi va ulardan foydalanuvchi investitsion institutlar, davlat korxonalari, byudjet tashkilotlaridir.
Moliyaviy nazorat maxsus tamoyillar orqali amalga oshiriladi.
Nazorat tamoyillari- nazoratning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va amaliy faoliyatdan o’tgan siyosiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo’lib, ularga amal qilishligi nazoratning samaradorligini ta’minlaydi. Nazorat tamoyillari moliya sohasidagi nazoratning umumiy tartibini maqsadga yo’naltirilganligini belgilab beradi
Ko’p yillik tajriba asosida jahonda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning asosiy tamoyillari ishlab chiqarilgan bo’lib, har bir tsivilizatsiyalashgan davlatlarga amal qilingan va intiladi. Bu tamoyillar qonuniylik, daxlsizlik, ob’ektivlik, malakalilik, oshkoralikni talab qiladi.
Qonuniylik – moliyaviy nazoratning muhim taiyillaridan biri bo’lib, birinsidan, davlat va mahalliy moliyaviy va moddiy resurslardan fodalanishdagi qonuniylikni ko’zda tutsa, ikkinchidan, nazorat organlari faoliyati ham qonun asosida belgilangan vakolatlari doirasida tashkil etilmog’i kerak.
Dahlsizlik - nazorat organlarining dahlsizligi qonunan belgilab qo’yilishi kerak. Dahlsizlik nazorat organlari ishining samaradorligini ta’minlovchi omil bo’lib nazorat qiluvchi organning moliyaviy jihatdan ham mustaqil va dahlsizligini ko’zda tutadi.
Ob’ektivlik va malakalilik – nazorat o’tkazuvchi shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikning so’zsiz rioya qilishni, ularning yuqori malakali kasbiy darajada bo’lishlarini ko’zda tutadi.
Oshkoralik – tamoyili esa nazoart organlarining jamoatchilik ommaviy ahborot vositalari bilan yaqindan aloqada bo’lishlarini talab qiladi. Chunki nazorat organlari bevosita yoki bilvosita tarzda bir guruh kishilarning yoki butun aholining manfaatlarini ish yuritadilar.
Nazorat-iqtisodiy ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xo’jalik yuritishning yuqori natijalariga erishishga, davlat daromadlarining oshishiga hamda davlat mablag’laridan samarali, maqsadga muvofiq foydalanishga ta’sir etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi.
Nazorat boshqarish tsiklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini hqiqiy natijalarning o’rnatilgan parametrlari va me’yoriy ko’rsatmalardan og’ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi ob’ekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning ob’ekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim.

Shu munosabat bilan, 2007 yil 25 dekabrda yangi Soliq Kodeksi tasdiqlandi va 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritildi. Ushbu Kodeksning 14-moddasiga muvofiq vakolatli organlar etib quyidagilar belgilangan:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish