Ichki nazorat tizimining tarkibiy qismlari va ta’rifning taqqoslanishi
Standart nomi
|
XAS 400 “Tavakkalchilikka baho berish va ichki nazorat” (2005 yildan beri tadbiq etilmaydi)
|
AFMS №12 “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida
buxgalteriya isobi va ichki nazorat tizimini baholash”
|
1SA 315 “Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini o’rganish hamda tavakkalchilikni baholash
|
Standartda berilgan ichki nazorat tizimi (INT) ta’rifi
|
“Ichki nazorat tizimi” – bu tartibli va samaradorli faoliyat yuritish, jumladan sub’ekt siyosatiga rioya qilish, aktivlar butligini ta’minlash, tovlamachilik va xatolarni oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liq bo’lishi hamda o’z vaqtida ishonchli moliyaviy hisobot tayyorlashga yo’naltirilgan, amalda mumkin bo’lgan ko’lamda, sub’ekt rahbariyatining maqsadga erishish uchun yordam beradigan, sub’ekt rahbariyati tomonidan qabul qilingan barcha muolajalar va siyosat.
|
Ichki nazorat tizimi - xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish va samarali yuritish, aktivlar va hisob hujjatlarining saqlanishini ta’minlash, xato va firibgarlik holatlarini oldini olish va aniqlash, buxgalteriya yozuvlarining aniq va to’liqligi va o’z vaqtida ishonchli moliyaviy ma’lumotlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan tashkiliy tadbirlar, usullar va amallar (ichki nazorat vositalari) yig’indisi.
|
Ichki nazorat – bu jarayon bo’lib, moliyaviy hisobotni ishonchliligini, samaradorliligi va natijaviyligini ta’minlash maqsadida rahbarlik vakolatiga ega bo’lgan shaxslarni ushbu ishga jalb qilinishdir. Shunday qilib, ichki nazorat tizimi ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun to’sqinlik qilishi mumkin bo’lgan biznes-tavakkalchiliklarni oldini oladi.
|
INT tarkibiy qismlari
|
1. Nazorat muhiti
2. Nazorat muolajalari
|
1. Buxgalteriya hisobi tizimi
2. Nazorat muhiti
3. Alohida nazorat vositasi
|
1.Nazorat muolajalari bilan bog’liq axborot tizimlari
2.Nazorat muhiti
3.Nazorat tadbirlari
4.Audit qilayotgan shaxs tomonidan tavakkalchilikni baholanashi
5.Nazorat vositalari monitoringi
|
ISA 315 bo’yicha INTning tarkibiy qismlarini batafsil ko’rib chiqamiz. Nazorat muhiti ISA 315 2 - ilovasining 2 - bandiga muvofiq rahbariyat va rahbariyat vakolatiga ega bo’lgan shaxslarning xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichki nazoratiga va uning ahamiyatiga nisbatan pozitsiyalarini, xabardorlik va faoliyatlarini o’z ichiga oladi.
Nazorat muhiti o’z ichiga rahbarlik va boshqarish vazifalarini oladi va korxonaning ichki madaniyatini, uning xodimlarining nazoratga nisbatan onglililigiga ta’sir etgan holda (aslida - control consciousness) shakllantiradi. Nazorat muhiti samarali ichki nazorat uchun asos bo’lib, u intizom va tartibni ta’minlaydi.
Audit qilinayotgan shaxs tomonidan tavakkalchilikni baholash jarayoni biznes-tavakkalchiliklarni, ularning ehtimoliy oqibatlarini aniqlash jarayoni, shuningdek ularga beriladigan javob sifatida tushuniladi (ISA 315 2 - ilovasining 5 – bandi). Moliyaviy hisobot maqsadlari uchun tavakkalchilikni baholash jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
haqqoniy va ishonchli moliyaviy hisobotni o’rnatilgan tartibda qo’llaniladigan tamoyillar asosida (ya’ni, mamlakatda qabul qilingan standartlar, yondashuvlarga muvofiq - buxgalteriya hisobi milliy standartlar) tavakkalchiliklarni va ushbu tavakkalchiliklarga rahbariyatning javobini (reaktsiyasini) aniqlash;
tavakkalchiliklarning ahamiyati to’g’risidagi taxminlar;
tegishli nomaqbul oqibatlarning yuzaga kelish ehtimolini baholash;
tavakkalchiliklarni boshqarish uchun choralar to’g’risidagi qarorni qabul qilish.
Aytib o’tish kerakki, yangi XASlarida audit qilinayotgan korxona rahbarlariga o’zining korxonasi faoliyati bilan bog’liq tavakkalchiliklarni baholash talabi qo’yilmoqda. O’zbekiston Respublikasi uchun ham XASni tan olish va qabul qilish ehtimoli yo’q emas. Respublika jamoat auditorlik tashkilotlari tomonidan XASlarini o’zbek tiliga tarjima qilish ishlari olib borilmoqda. Shuning uchun ham, keyinchalik O’zbekistonda yangi standartlarni tadbiq etilishi o’z-o’zidan me’yoriy-huquqiy bazasiga o’zgartirish olib kirilishiga (masalan, buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunga) sabab bo’ladi. Bunda korxona rahabariga nafaqat o’zining korxonasining hisobotlarni tayyorlash, soliqlarni hisoblash va boshqalar, balki tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq tavakkalchiliklarni baholash majburiyati yuklatiladi. Rivojlanayotgan iqtisodiyot uchun bu katta ahamiyatga ega.
Axborot tizimlari. ISA 315 ning 2 ilovasi 8 bandiga asosan, axborot tizimlari korxonada sodir bo’lgan operatsiyalarni umulashtirish,qayta ishlash, kiritish kabi amallar yig’indisidan iborat. Axborot tizimlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
moliyaviy hisobot operatsiyalari guruhi (BHMS da bir tipdagi operatsiyalar deb ataladi);
moliyaviy hisobotga yoziladigan, kiritiladigan, qayta ishlanadigan va umumlashtiriladigan qo’lda va kompyuterda bajariladigan tadbirlar;
moliyaviy hisobotga yoziladigan, kiritiladigan, qayta ishlanadigan va umumlashtirishga tegishli bo’lgan barcha schetlar va ko’rsatilgan operatsiyalar (tasdiqlangan ham elektron, ham qog’ozdagi axborotlar) bo’yicha hisob yozuvlari;
moliyaviy hisobot uchun mavjud operatsiya guruhlaridan tashqari axborot tizimi hodisa va holatlarni qay tarzda saqlashi (aslida, capture – tutmoq, ushlamoq) yaxshi tizim faqatgina aniq operatsiyalar – pul mablag’larini qabul qilish va to’lash, moddiy qiymatliklarni qabul qilish va topshirish, balki kam sezilarli operatsiyalar – turli xildagi qayta baholashlar, affillangan shaxslar bilan hisoblashuvlar, hisobot sanasidan keyingi holatlar va boshqalar) haqida axborot;
moliyaviy hisobotni tayyorlash jarayoni, shu jumladan, zarur axborotni ochish uchun harakatlar.
Nazorat tadbirlari - bu rahbariyatning farmoyishlari bajarilishiga ishonch hosil qilish maqsadidagi siyosat va tadbirlar. Nazorat tadbirlari (buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi yoki qo’l yordamida) turli har xil maqsadga ega bo’lib, tashkiliy va funktsional bosqichlarda tadbiq etiladi.
MISOL
Tajribada audit o’tkazayotgan shaxs tomonidan hisobotda tayyorlashda qo’llaniladigan bir qancha chora-tadbirlar nazorat (boshqaruv) tadbirlariga kirishi mumkin: solishtirish, qayta tekshirish, inventarizatsiya, hujjatlardagi ruxsat vizalari, bayonlashtirish, qaydlash, plombalash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |