«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


-MAVZU. ICHKI AUDITNI O’TKAZISH



Download 1,3 Mb.
bet43/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

6-MAVZU. ICHKI AUDITNI O’TKAZISH
REJA:
6.1. Tashkilotlarni tekshirishda ichki audit va buxgalteriya hisobi holatini baholash.
6.2. Ishchi hujjatlarni tayyorlash.
6.3. Kichik biznes tashkilotlari ichki auditi xususiyatlari.
6.4. Berilgan ma’lumotlarni kompyuterda ichki audit qilish.
6.5. Boshqa filiallarda tekshirishlarni amalga oshirish.


Adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (o’zgartirishlar bilan).
2. Karimov N.F. Tijorat banklarida ichki audit. Monografiya.–Toshkent: 2006. –120 b.
3. Евдокимова А.В., Пашкина И.Н. Внутренний аудит и контроль финансово-хозяйственной деятельности организации: Практическое пособие/. – М.: Издательстко-торговая корпорация «Дашков И К», 2010,-208с.
4. Пугачёв В.В. Внутренний аудит и контроль. Организация внутреннего аудита в условиях экономического кризиса: учебник. -М.: Дело и Сервис, 2010. – 224 с.
5. Сотникова Л.В. Внутренний контроль и аудит. Учебник. -М.: ЗАО «Финстатинформ», 2000. – 239 с.
6. Аудит: учебник / под ред. Булыги Р.П. –М.: “ЮНИТИ – ДАНА”, - 2009 г. – 431 стр.
7. Подольский В. Аудит. Учебник. – М.: Изд. Юрайт, 2010 г. – 605 стр.
8. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.
9. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.
10. Internet saytlari:
http://www.aicpa.org,
http://www.accountingweb.com,
http://www.gaap.ru,
http://www.auditinfo.ru


6.1. Tashkilotlarni tekshirishda ichki audit va buxgalteriya hisobi holatini baholash
Korxonalarda ichki audit ob’ektlari tanlangan buxgalteriya tizimida, o’rnatilgan hisob siyosatida aniqlanadi. Tekshirish xo’jalik faoliyatida uni namoyon bo’lishi barcha iqtisodiy sub’ektlarni bu tizimi ishonchli o’rnatilishi lozim.
Ichki audit mutaxassisi rejalashtirish bosqichida korxonaning buxgalteriya hisobida qabul qilingan tizimni tushuinishi lozim.
Buxgalteriya hisobi tizimi bilan tanishish, ma’lumotlarni baholashda quyidagilar o’rganiladi:

  • Tekshirilayotgan iqtisodiy ob’ektni buxgalteriya hisobining hisob siyosati va asosiy tamoyillari asosida;

  • Tashkilot buxgalteriya hisobi va buxgalteriya hisoboti tayyorlashga javobgar tashkiliy bo’limlari tuzilishini kiritish;

  • Buxgalteriya hisobi va hisobotini tayyorlashga qabul qilingan qatnashchilar, ishchilar o’rtasida to’liq majburiyatlarni taqsimlanishini kiritish;

  • Tashkilotlarni hujjatlarni tayyorlash saqlash, xo’jalik operatsiyalarining aks etishi;

  • Xo’jalik operatsiyalari registrlarida hisobi, metodlarini aks etish tartibi;

  • Davriy buxgalteriya hisoboti tayyorlash tartibi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida;

  • Hisobot tayyorlash va hisobi hisoblangan texnikada vositalar joyi va roli;

  • Buxgalteriya hisobotida kamchilik yoki paydo bo’lgan xatoga tavakkalchilikning kritik sohasi;

  • Hisob tizimida alohida sohasida tekshirish vositalari;

Ichki auditni tekshirish mobaynida amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos kelishi baholanadi va buzilgan holatlar aniqlanadi.
Ichki auditni tekshirish mobaynida iqtisodiy sub’ektni buxgalteriya hisobi holati baholanishi qismida shuni e’tiborga olish kerakki, buxgalteriya hisobidagi xo’jalik operatsiyalari samarali hisoblanadi, agarda:

  • Hisobotda operatsiyalarning bajarilishini vaqtincha oqimi aks etsa;

  • Hisobda operatsiyalar to’g’ri raqamlarda ko’rsatilsa;

  • Operatsiyalar to’g’ri ko’rsatilgan va hozirgi me’yorlar bilan mos, buxgalteriya hisobi schyotlarida, hisob siyosatida aks ettirilgan bo’lsa;

  • Hisob va hisobot uchun amaldagi aniqlangan operatsiyalar ishlab chiqilgan bo’lsa;

  • Noqonuniy ishlar imkoniyatlarini cheklangan bo’lsa.

Tekshirishlar jarayoni quyidagicha:

  • Korxonaga taalluqli qarorlar va buxgalteriya hisobini yuritish ishlari va korxona ichki hujjatlari bilan tanishish;

  • Ishlarni aniq holati qandayligi va yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar holatiga mosligini aniqlash;

  • Hisobda dastlabki hujjatlardan to hisobot va yigma hujjatlarigacha alohida raqamlar harakatini kuzatish;

Buxgalteriya hisobi tizimida ajralmas chegaralar bo’lgani sababli qo’yilgan maqsadlarni isbotlash ichki tekshiruv natija bermaydi.
Ko’rsatilgan chegaralar quyidagicha:
A) Rahbariyat talabiga ko’ra ichki tekshirishni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar ko’zlangan foydadan yuqori bo’lmasligi kerak;
B) Ichki tekshiruv vositalarining katta qismini kichik operatsiyalarga emas, amaldagi operatsiyalarga muljallash;
V) Inson omili parishonxotirlik, fikrlashdagi xatolar, yo’riqnomalarni tushunmasligi natijasida xatolar kelib chiqish hollari;
G) Rahbariyat vakili yoki ishchini tashqi yoki ichki audit qiluvchi shaxs bilan kelishgan holda ichki tekshirish amallarini chetlab o’tishi;
D) Ichki tekshirishni amalda qo’llamaslik imkoniyati;
E) Moliyaviy xo’jalik faoliyati sharoitlari o’zgarishi natijasida ichki tekshirish amallari to’g’ri bo’lmasligi va bu ko’rsatilgan amallar natijasi pasayishi mumkin.
Ichki audit tekshiruvini o’tkazish shunday tuzilgan bo’lishi kerakki, bunda faqat xatolar aniqlanib qolmasdan, balki ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish hamda suiistemollik va xatolarni oldini olish kerak.
Shu maqsadda iqtisodiy sub’ektni ichki tekshiruv va hisob tizimini aniq o’rganish va suiistemollikka yo’l qo’ymaslik kerak.
Vijdonsizlik harakatlari deganda korxona vakillaridan bir yoki bir nechtasini, rahbariyat bilan ishlaydigan, yoki uchinchi shaxsni noqonuniy harakatlar bilan noqonuniy foyda olish uchun oldindan rejalashtirilgan harakatlari tushuniladi.
Ichki audit jarayonida ko’riladigan vijdonsizlik harakatlari natijasida kelib chiqadigan oldindan rejalashtirilgan kamchiliklar 2 turga bo’linadi.
- Moliyaviy hisobotni tuzishda vijdonsizlik jarayoni natijasida kelib chiqadigan kamchiliklar;
-aktivlarni o’zlashtirish natijasida kelib chiqadigan kamchiliklar;
Moliyaviy hisobotni tuzishdagi vijdonsizlik harakatlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalkashtirish maqsadida moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni ochmaslik yoki raqam ko’rsatkichlarini aks ettirmaslik sababli kamchiliklar kelib chiqadi.
Quyidagi harakatlar moliyaviy hisobotni tuzishdagi vijdonsizlik harakatlaridir:
- kalbakilashtirish, hujjatlar va hisob yozuvlarini o’zgartirish asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash;
-Moliyaviy hisobotda xodisalarni xo’jalik operatsiyalarini yoki boshqa muhim ma’lumotlarni ataylab noto’g’ri ko’rsatish yoki bu hisobotdan ma’lumotlarni o’chirib tashlash;
- buxgalteriya hisobida qo’llanilgan tamoyillarni atayin buzish.
Aktivlarni o’zlashtirish turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin, masalan pul mablag’lari, moddiy yoki nomoddiy mablag’larni o’zlashtirish yo’li bilan mavjud bo’lmagan to’lov va xizmatlarni audirlangan shaxsga berishi mumkin.
Odatda, bunday harakatlar aktivlar etishmovchiligini yashirish maqsadida buxgalteriya yozuvlari yoki hujjatlar chalkashliklarga olib keladi.
Dalillar olinguncha auditor mijoz hujjatlari va yozuvlarini haqiqiy hujjat sifatida olishga haqli.
Moliyaviy (buxgalteriya) hisobotini vijdonsizlik tuzish natijalarida kamchiliklar tavakkalchilik faktlari bilan aloqadordir:
1. Tashkilot qo’llanmalari va uning boshqarish muhiti xususiyatlariga ta’sir ko’rsatuvchi xavf omillari moliyaviy hisobot tuzish jarayoni va ichki nazorat vositalari munosabatlari va boshqarish uslubi, tomonlar o’rtasidagi ta’sir va xususiyatlar bilan bog’liq.
-Moliyaviy (buxgalteriya) hisobotni vijdonsizlik bilan tuzgani uchun rahbariyat rag’batlantirsa;
- Moliyaviy hisobot tuzish jarayoni adekvatligi va ichki nazorat vositalari ishonchligi rahbariyat bilan uzviy bog’liq;

  • Boshqaruvdagi hamkasblar moliyaviy savollarga taalluqli bo’lmagan xususiyatlar ustida keragidan ortiq aktiv harakatlar qiladilar yoki moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini aniq baholashni aniqlashda tanlangan hisob siyosati bilan shug’ullanadilar;

  • Boshqaruvchi hamkasblar orasida hamda boshqaruv organlari kollegiyalari tarkibida anchagina kadrlar kuzatiladi;

  • Ta’sir qiluvchi auditor va rahbariyat o’rtasida kelishmovchiliklar mavjud;

  • O’tgan davrlarda tashkilot nomiga yoki uning rahbariyatiga yo’naltirilgan shikoyatlar bo’lgan, ular qimmatbaho qog’ozlar savdosi qonunchiligi buzilishlari omillari va vijdonsizlik harakatlari omillari yoki qimmatbaho kogozlar qonunchiligi buzilishlariga qaratilgan;

  • Korparativ boshqarish amaliyoti kamchiliklarga ega yoki natijasizdir, rahbariyatga bog’liq bo’lmagan vakillarni yo’qligi bunga buni tasdiqlaydi;

  • Ichki nazorat va moliyaviy hisobot tizimiga, moliyaviy hisobot tuzish savollariga boshqaruv vakillari tomonidan etarlicha e’tibor ko’rsatilmaganligi;

2. Tashkilotning faoliyat sohasi holatiga oid tavakkalchilik omillari:
-tashkilotning foydaliligi yoki moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi yangi me’yorlar kiritish;
-raqobat kurashlari darajasi yuqoriligi yoki bozorning to’lishi foydaning me’yordan kamayishi bilan boradi;
-tashkilotlar bankrotligi holatlari miqdorining ortishi va xaridorlar miqdori kamayishi tarmoqlarning kamayishiga olib keladi;
- tarmoqlarda tashkilot faoliyati sharoitlarining tez va sezilarli o’zgarishi tashkilot faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi (masalan, tez o’zgaruvchi texnologiyalar yoki tez eskiruvchi mahsulotlar)
3. Moliyaviy barqarorligiga va xo’jalik faoliyatiga taalluqli xavf omillari:
-xo’jalik faoliyatida tushum o’sishi va tushum hajmini ifodalashnatijasida pul okimini hisoblash amalga oshira olmaslik;
-rakobat kurashi o’yinlarida qo’shimcha kapital olish qiyinchiliklari, tekshirish va qayta ishlashga asosiy xarajatlarni moliyalashtirishga vositalarning etishmasligi hamda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish;
-asosiy baholash ko’rsatkichlari yaqin kelajakda katta o’zgarishlarga yoki sub’ektiv fikrlashlar noaniqligi tashkilotning moliyaviy holatini to’xtatadi (masalan debitorlik qarzlarini yuqori darajada o’sishi, daromadlarni tan olish muddatlari sub’ektiv qiymatni ta’minlashni baholash asosida moliyaviy instrumentlarni realizatsiyasi yoki oshgan manbalarni baholash qiyinligi;
- odatdagi xo’jalik faoliyatini yuritishga taallukli bo’lmagan affillangan shaxslar bilan operatsiyalar;
- noodatiy yoki murakkab xo’jalik operatsiyalari (asosan hisobot davri yaqinlashganda), muammoli nuqtai nazardan shakl talab darajasida bo’lishi kerak;
- xo’jalik faoliyati nuqtai nazaridan etarli ma’lumotlar yo’qligi ofshor mamlakatlar yoki hududlarda joylashgan tashkilot yoki filiallarda, bank hisob raqamlaridagi yirik operatsiyalar;

  • O’xshash tashkilotlar tarmoqlari ko’rsatkichlaridan farq qiluvchi noodatiy foyda o’sishi;

  • Kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini o’zgarishi bilan bog’liqligi;

  • Majburiy qarzdorlik bilan yuqori bog’liqlik, majburiyatlar oshishida talablarni bajarish xususiyati etishmasligi yoki bajarilishi qiyin bo’lgan shartnomalarni ko’pligi;

  • Foydalilikni stimullashtirish dasturi yoki sotuv hajmi noodatiy agressiv xarakterligi;

  • Bankrotlik tahdidi, mulkning musodara bo’lishi;

  • Yirik xo’jalik operatsiyalarini imkoniyati yo’qligi natijasida yomon oqibatlar (masalan tashkilotlarni birlashishi yoki shartnomalar tuzish), agar moliyaviy hisobotda xo’jalik faoliyatining ko’rsatkichlari yomon bo’lsa;

  • Yirik qarzdorlik majburiyatlarini rahbariyat tomonidan kafolatlanishi natijasida moliyaviy holatni tobora yomonlashishi;

Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish natijasida vijdonsizlik harakatlari xavfi omillari:
1. Aktivlarni o’zlashtirish bilan bog’liq xavf omillari:
- Yirik summalarda naqd pul muomalasi;
-Material zaxiralar xususiyatlari (masalan katta bo’lmagan o’lchamni katta qiymatda amalga oshirish;
-engil amalga oshadigan aktivlar mavjudligi (masalan, pul hujjatlarini qimmatbaho toshlarga);
-katta bo’lmagan o’lchamdagi asosiy vositalar bo’yicha mulkdorlarni aniqlash belgilari yo’qligi;
2. Tekshirish vositalari bilan bog’liq xavf omillari:
- rahbariyat tomonidan nazoratni yo’qligi (masalan uzoq hududdagi faoliyati yurituvchilarni kam tekshirilishini oqlab bo’lmaydi)
-aktivlarga hisob tizimida tartib yo’qligi;
- javobgar hamkasblar orasida majburiyatlarni taksimlanishi yo’qligi yoki muntazam mustaqil tekshirishlar o’tkazilishi;
-rahbariyat tomonidan xo’jalik operatsiyalarida mos ruxsat va tasdiqlash tizimi yo’qligi (masalan xaridni bajarish);
-tovar-material zaxiralar asosiy bo’lgan vositalarga, pul vositalariga fizik yo’l bilan kirishga to’sqinlik qiluvchi ishonchli, qo’riqlov tizimi yo’qligi;
-operatsiyani hujjatlashtirishni o’z vaqtida amalga oshirmaslik;
-asosiy nazorat funktsiyalarini bajaruvchi ishchilarga navbatdagi mehnat ta’tili huquqidan foydalanmasligi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish