«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan



Download 1,3 Mb.
bet34/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

Amal qilish xususiyati. Hujjat uning tuzilishiga asos bo’lgan xo’jalik operatsiyasini o’zida aks ettirishi lozim, va bunda u operatsiya hajmi, sanasi, qatnashuvchi tomon va shaxslar haqidagi ma’lumotlarni o’zida buzmay aks ettirishi kerak.

MISOL
Tovar etazib beruvchi QQS, foyda solig’ining soliqqa tortish bazasini kamaytirish maqsadida hisob-kitob fakturasi va tovar-transport yukxatining asl nusxalarini yo’q qilib, ularning o’rniga pasaytirilgan narxlardaga yangi nusxalarni yozib berishi mumkin.
Tekshiruvchilar uchun qarama-qarshi tekshiruv (xaridordan tashqi tasdiqlangan maxlumotni olish) ma’lum bir darajada muammolarni tug’diradi, chunki xaridor boshqa hududda joylashgan bo’lishi, tugatilganligi qilingani, nomini o’zgartirgan bo’lishi va hokazo bo’lishi mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlardan biriga javob bermaydigan hujjat ishonchsiz bo’ladi.
Ishonarsiz hujjatlar o’z navbatida ikki katta guruhga ajratiladi.

  1. Shakliga ko’ra ishonarsiz hujjatlar. Ular haqiqiy xo’jalik operatsiyalarini buzilmagan shakl va hajmda aks ettiradi. Biroq, mazkur hujjatlar alohida e’tibor berishni talab qiladi, chunki ular orasida quyidagilar bo’lishi mumkin:

A) noto’g’ri to’ldirilgan, masalan, o’rnatilmagan shaklda to’ldirilgan hujjatlar;
B) to’ldirilmagan yoki to’liq to’ldirilmagan, masalan, ma’lum bir hujjatlar uchun zaruriy bo’lgan qandaydir rekvizitlari ko’rsatilmay qolgan hujjatlar.

  1. Mazmuniga ko’ra ishonarsiz hujjatlar. Ular orasida quyidagilar bo’lishi mumkin:

A) tasodifiy xatolar va hatto noqonuniy operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar (masalan, iqtisodiy sub’ekt tomonidan u yoki bu yo’riqnoma, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar mazmunini bilmaganligi uchun amalga oshirilgan);
B) qasddan amalga oshirilgan hatti-harakat belgilariga ega (mazkur hatti-harakat jinoiy ish qo’zg’atilganda moddiy yoki intellektual asos bo’lib xizmat qiladi).
Ichki auditda hujjatlarni tekshirishda foydalaniladigan metodik usullar tasniflanishi rasmda keltirilgan.

Birlamchi hujjatlar va hisob registrlarini navbatli ko’zdan kechirish – skanerlashdir.
Skanerlash natijasida auditor nostandart hujjatlarga e’tibor qaratadi, masalan:

  1. O’rnatilmagan shakldagi blanklardan foydalanilganlik yoki ularni to’ldirish tartibi buzilganligi (masalan, buxgalteriya hisobining umumiy kompleks avtomatlashtirilgani holda ularning qo’lda to’ldirilishi);

  2. Ba’zi kerakli rekvizitlarning to’ldirilmay qolganligi – tez-tez uchrab turadigan ma’sul rahbar shaxslarning imzosi yo’qligidan tortib, to kam uchraydigan inventar hisobdan qoldiqlarni chiqarish sanasi yo’qligigacha;

  3. Odatdagi shaklda ko’zda tutilmagan qo’shimcha rekvizitlardan foydalanish. Masalan, agar tovar-moddiy boyliklarini olishga berilgan yukxat tamg’ali muhr bilan tasdiqlangan bo’lsa, u holda bu tekshiruvchining e’tiborini o’ziga tortadi. Chunki, tegishli shaxslar amalga oshirilgan isrofgarchiliklarni berkitish maqsadida haddan tashqari harakat qilib yuborgan bo’lishlari mumkin;

  4. O’rnatilgan shaklda ko’zda tutilmagan keraksiz rekvizitlardan foydalanish, masalan, ma’lum bir oyda kassa chiqim orderlarini skanerlashda (tartibli ko’zdan kechirishda) auditor ulardan bir qismi direktor tomonidan emas, balki, na ta’sis hujjatlari, na maxsus ishonchnoma, na buyruq asosida bunday huquqqa ega bo’lmagan reklama bo’yicha menejer tomonidan imzolanganini aniqladi.

Yuqorida keltirilgan usullar natijasida auditorda hujjatlarning ishonarliligida shubha tug’dirishi mumkin bo’lgan ko’plab holatlar mavjud, biroq bunday shubhalar so’zsiz isbot bo’la olmaydi. Bunday hollarda, masalan, hujjatda aks ettirilgan operatsiyaning haqqoniy yoki noto’g’riligini aniqlashga yordam beruvchi qo’shimcha ma’lumotlarni to’plash zarur. Buning uchun auditor bir turdagi yoki o’zaro bog’liq xo’jalik operatsiyalari aks ettirilgan hujjatlarni tekshirish usullaridan foydalanishi mumkin. Bu toifadagi eng ko’p foydalaniladigan usullar – rasmiy so’rov va tashqi tasdiqni olish, o’zaro solishtirish, xronologik tekshiruv va hokazo.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish