5- MAVZU. ICHKI AUDIT USULLARI
REJA:
5.1. Ichki audit metodikasi xususiyatlari
5.2. Mulk va majburiyatlar inventarizatsiyasi.
5.3. Ko’rik, tekshiruv, nazorat o’lchash.
5.4. Alohida olingan hujjatlarni va ularning jamlanmalarini bir turdagi va o’zaro bog’liq operatsiyalar yordamida tekshirish usuli.
5.5. Tahliliy amallar.
5.6. Auditorlik tanlash.
5.7. Ichki auditning boshqa metodlari.
Adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (o’zgartirishlar bilan).
2. Karimov N.F. Tijorat banklarida ichki audit. Monografiya.–Toshkent: 2006. –120 b.
3. Евдокимова А.В., Пашкина И.Н. Внутренний аудит и контроль финансово-хозяйственной деятельности организации: Практическое пособие/. – М.: Издательстко-торговая корпорация «Дашков И К», 2010,-208с.
4. Пугачёв В.В. Внутренний аудит и контроль. Организация внутреннего аудита в условиях экономического кризиса: учебник. -М.: Дело и Сервис, 2010. – 224 с.
5. Сотникова Л.В. Внутренний контроль и аудит. Учебник. -М.: ЗАО «Финстатинформ», 2000. – 239 с.
6. Аудит: учебник / под ред. Булыги Р.П. –М.: “ЮНИТИ – ДАНА”, - 2009 г. – 431 стр.
7. Подольский В. Аудит. Учебник. – М.: Изд. Юрайт, 2010 г. – 605 стр.
8. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.
9. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.
10. Internet saytlari:
http://www.aicpa.org,
http://www.accountingweb.com,
http://www.gaap.ru,
http://www.auditinfo.ru
5.1. Ichki audit metodikasi xususiyatlari
Rasmiy xarakterga ega va moliyaviy hisobga asosan o’tkazilgan tashqi auditdan farqli o’laroq, ichki audit tashkilot uchun ham rejalashtirilgan, ham to’satdan o’tkazilish xarakteriga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham ichki audit uchun nazoratning uch bosqichi ham xarakterlidir: taxminiy — ho’jalik operatsiyalari sodir etilguncha; joriy — ho’jalik operatsiyalari sodir etilayotgan paytda va keyingi — ho’jalik operatsiyalari sodir etilgandan so’ng.
Tashkilot ichki auditi jarayonlari (o’z-o’zini nazorat qilish) uchun umumiylik bu ularning ikki yoqlama yozuv, balans umumlashganligi, nazorat, tahlil va boshqalar kabi buxgalteriya hisobi funksiyalari va tamoyillariga asoslanganligi hisoblanadi.
Ichki auditda auditorlik dalillarini to’plash uchun turli usullardan keng qo’llaniladi. Ularni quyidagi yo’sinda tasniflash mumkin:
Nazoratning umumiy metodik usullari (tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, reduksiya, analogiya, modellashtirish, mavhumlashtirish, tajriba va b.);
Nazoratning empirik metodik usullari (inventarizatsiya, ishlarning nazorat o’lchovi, uskunalarni ishga tushirilishi, formal va arifmetik tekshiruv, ikki tomonlama tekshiruv, teskari hisoblash usuli, bir turdagi faktlarni solishtirish metodi, xizmat tekshiruvi, turli ko’rinishdagi tekshiruvlar, skaynerlash, mantiqiy tekshiruv, yozuv va og’zaki so’rovlar va b.);
Iqtisodiy fanlarga yaqin fanlar spetsifik usullari (iqtisodiy tahlil usullari, iqtisodiy-matematik metodlar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika metodlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |