Boshlang’ich qiymat
— bu asosiy vositalarni yaratish (qurish va
qayta qurish) yoki sotib olish bo’yicha xaqiqiy amalga oshirilgan
xarajatlar qiymati bo’lib, jumladan to’langan va qayta qoplanmaydigan
soliqlar va yig’imlar, shuningdek, tashib keltirish va montaj qilish,
o’rnatish va foydalanishga topshirish bo’yicha xarajatlar va aktivni
tayyorlanishi bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan
bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich qiymat ob’ektni korxonada ishga tushirish paytida
shakllanadi. Asosiy vositani korxonada bo’lib turgan davri mobaynida
faqat uning boshlang’ich qiymatida hisobga olinadi.
Mehnat vositalari turli davrlarda, turli mehnat unumdorligi darajasida,
xom ashyo materiallarining baholari turlicha bo’lganda va turlicha ish
haqi darajasi sharoitlarida ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham, turli
davrlarda ishlab chiqarilgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati
solishtirib bo’lmaydigan mehnat xarajatlarini aks ettiradi. Bir turdagi
asosiy vositalarni yagona baholanishini amalga oshirish maqsadida
vaqti-vaqti bilan ularni qayta tiklash qiymatlarida qayta baholanib
boriladi.
Qayta tiklash qiymati
- bu asosiy vositalarni hozirgi vaqt
sharoitida takror ishlab chiqarish qiymatidir. Asosiy vositalarning
boshlang’ich qiymati inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda
ma’lum davrda qayta baholanadi. Qayta baholash O’zbekiston
Respublikasida hukumat qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta
baholash natijasidan keyingi asosiy vositalar qiymati qayta tiklash
qiymati deb ataladi. Bunday qayta baholashlar bizni mamlakatimizda
1925, 1945, 1960, 1972, 1992, 1995, 1997 va 2001, 2003 yillarda
o’tkazilgan. Qayta baholash amalga oshirilgan fursatdan boshlab
ob’ektning qayta tiklash bahosi uning bosh-lang’ich qiymati
hisoblanadi.
Joriy qiymat
- bu ma’lum sanada amal qilayotgan bozor baholari
bo’yicha asosiy vositalarning qiymati yoki o’zaro manfaatdor
tomonlar o’rtasida aktivlar-ni almashtirish mumkin bo’lgan summadir.
Asosiy vositalar ishlatilishi jarayonida eskiradi va buning
oqibatida esa uning boshlang’ich qiymati kamayib boradi. Asosiy
vositalarni o’z texnik-iqtiso-
diy sifatlarini sekin-asta yo’qotib borishini pul ko’rinishida
ifodalanishi ularni eskirishi deb aytiladi.
Qoldik qiymat
- asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati yoki
joriy qiymatidan to’plangan eskirish summasini ayirmasidan keyingi
hisobotda aks ettiriladigan qiymatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |