Glenarvan u bilan gaplashmoqchi bo‘lgan edi, yow oyi odamning o‘zi undan oldinroq gap boshlab, sof ingliz tilida:
— 0 ‘tiring, aziz ser! Ovqat tayyor, — dedi.
Bu Paganel edi. Hammalari uning ovozini tanib muhtaram olimga tashlandilar va quchoqlashib ko‘risha ketdilar. Paganel topildi! Qochqinlar uning topilishi o'zlarining qutulishlariga garov deb bilar edilar. Har kim ham tezroq undan hol so‘ragusi, uning Maunganamu cho‘qqisiga qanday qilib kelib qolganini bilgisi kelardi, lekin Glenar-van bu bevaqt sinchkovlikka bir og‘iz so‘z bilan barham berdi.
— Yowoyilar! — dedi u.
— Yowoyilar deysizmi! — dedi Paganel, yelkasini qisib. — O‘sha yowoyilaringizni men zarracha ham pisand qilmayman.
— Axir ular...
— Ular-a! 0 ‘sha befahmlar-a? Yuringlar, ularni bir ko'ringlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |