Bola yanglishmagan edi. Ulardan ellik futcha
yuqorida, cho‘qqining uchida yangi bo‘yalgan to'siq ko'rinib turardi. Endi yangi zelandiyaliklar boshli-g'ining qabrini Glenarvan ham tanib qoldi. Baxtli tasodif qochqinlarni Maunganamu cho‘qqisiga olib kelgan edi.
Glenarvan bilan hamrohlari boshliqning qabriga chiqdilar. Atrofi o‘rab qo'yilgan qabrga kiriladigan keng yo'lga bo‘yra to‘sib qo‘yilgan edi. Glenarvan ichkari kirmoqchi bo‘ldi-yu, lekin darrov orqasiga qaytdi.
— Ichkarida bir yow oyi o‘tiribdi, — dedi u.
— Qabr yonida-ya? — deb so‘radi mayor.
— Ha, Mak-Nabbs.
— 0 ‘tirgan bo‘lsa nima? Yuringlar, kiramiz. Glenarvan, mayor, Robert va Jon Mangls ichkari-
ga kirdilar. Haqiqatan ham ichkarida formiumdan to‘qilgan uzun plashch kiygan bir maori o ‘tirardi. To‘siq soyasida o‘tirgani uchun uning betini ko'rib bo‘lmasdi. U, aftidan, tamomila xotirjam bo‘lib, ba-hazur ovqat yemoqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |