Ko‘k bo‘g ‘ozidan to Sharqiy burungacha butun orol b o ‘y l a b cho‘zilib boradi. Demak, hozir cho'qqining na-
rigi tarafiga tushish va tor daralardan biriga kirib ketish kerak, bu daraning oxiri berk bo‘lsa ham ajab emas.
Glenarvan jonsaraklik bilan alanglab atrofni ko‘zdan kechirdi. Quyosh nuri ostida turnan tarqab ketganidan atrof baralla ko‘rinib turardi. Yowoyi-larning bironta harakati uning nazaridan qochmadi.
Qochqinlar cho‘qqiga chiqib olganlarida yerliklar ulardan besh yuz futcha berida edilar.
Glenarvan bir minutni ham qo'ldan berib bo‘lmasligini tushunardi. Har qancha charchagan bo'lsalar ham, quvib kelayotganlarning qo'liga tushib qolmaslik uchun qochish zarur edi.
— Pastga tushamiz! — dedi u. — Yo‘lni kesib q o ‘y m a s l i k l a r i d a n oldin pastga tushib olish kergjd
Do'stlaringiz bilan baham: |