0 ‘ n t o‘ r t i n ch i b o b
TABU JORIY QILINGAN TOG‘
Qochqinlar hali tog‘ cho‘qqisidan yuz fut pastda edilar. Ular maorilar ko‘zidan g ‘oyib bo'lish uchun ana shu cho‘qqiga yetib olishlari kerak edi. Undan nari esa tog‘ tizmasining biror qulayroq qirrasidan boshqa bir cho'qqiga o‘tib ketadilar, tog‘ tizmala-rining shunday bir chigal joylariga kirib ketadilarki, ularni bular bilan birga bo'lganda faqat bechora Pagenel ajratib olishi mumkin edi.
Yerliklarning g'azabli tovushlari tobora yaqin-lashib kelaverdi, shuning uchun qochqinlar iloji boricha tezroq yuqori ko‘tarila boshladilar. Quvib ke-layotgan olomon tbg‘ etagiga yaqinlashib qoldi.
— Tezroq, tezroq do'stlarim! — deb qichqirdi Glenarvan, o'rtoqlariga so‘z va imo-ishoralar bilan dalda berib.
Qochqinlar besh minutga ham qolmay cho‘qqiga chiqib oldilar. Bu yerda ular vaziyatni aniqlash va maorilarni adashtirib ketish imkoniyatini beradi-gan yo'lni tanlash uchun bir nafas to‘xtadilar.
G‘arb tarafdagi ajoyib tog‘lar orasida Taupo ko‘li yastanib yotardi. Shimol tomonda Pirongiya cho'qqi-lari qad ko‘targan, janubda esa — Tan-gariro vulqonining o‘tpurkab turuvchi krateri. Sharq taraf-da Vaxiti tog‘lari bilan tugaydigan baland tog‘ devori cho'zilib ketgandi, bu tog‘ tizmasi shimoliy orolda
Do'stlaringiz bilan baham: |