moqda edilar? Boshlari oqqan tarafga, lekin har holda ular ozod edilar.
Soat beshlarda tong yorishib kela boshladi. Baland osmonda suzib yurgan bulutlar zangori tusga kirdi. Tog,‘ cho‘qqilari ertalabki tumandan tozalandi. Ko‘p o‘tmay quyosh chiqadi, quyosh chiqishi bugun ular-ning o‘limiga signal bo‘lishi kerak edi, endi esa ular-ning qochib ketganidan darak beradi, xolos.
Shuning uchun qochqinlar quyosh chiqquncha har qanday qilib bo‘lsa ham yowoyilar quvib yetolmaydi-gan joyga borib olishlari kerak. Lekin qochqinlar an cha sekin ilgarilab borardilar, chunki so‘qmoq ancha tik edi. Glenarvan xotinini qo‘l-tiqlab emas, ko‘tarib ketayotgandek olib borardi. Meri Grant Jon Manglsning qo‘liga tayanib oigan. Topgan chorasi muvaffaqiyatli chiqqanidan o‘zida yo‘q xursand, Robert hammadan oldinda borardi. Eng ketinda ikki matros kelardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |