O 11 i n ch i b o b
O L TIN ChI K A Y uTA D AGI YO‘LOVChI
Safarning birinchi kuni dengiz ancha notinch edi; kechga borib shamol yana biroz kuchaydi. To'lqinlar «Dunkan»ni kuchligina chayqar edi. Shuning uchun ayollar palubaga chiqmadilar. Ular kayutalardagi koykalarda yotar edilar.
Ertasiga shamolning yo'nalishi bir qadar o‘zgar-di. Kapitan Jon Mangls fok, kontr-bizan va kichik marsel yelkanlarini ochishni buyurdi. Shundan so‘ng «Dunkan »ning chayqalishi kamaydi. Elen bilan Meri Grant ertalab palubaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Glenarvan, mayor va kapitan ham shu yer-da edilar.
Quyoshning chiqib kelishi juda jozibador edi. Kattakon oltin doiraga o‘xshagan quyosh nihoyatda katta galvanik vannadan ko‘tarilib kelayotgandek edi. «Dunkan» zarrin nurlar ustidan suzib borar, uning yelkanlarini shamol emas, quyosh nurlari kelib yoyay-otgandek tuyulardi.
Kema yo'lovchilari quyoshning ko'tarilib kelishini indamay turib tomosha qildilar.
Nihoyat bu jimlikni Elen buzdi.
— Qanday go‘zal manzara-ya! — dedi u. — Quyoshning bunday chiqishi kunning yaxshi bo‘lishi-dan darak beradi. Faqat shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartmay, orqadan esib tursa bo'lgani!
— Bundan yaxshi shamolni orzu qilish ortiqcha, azizim Elen, — dedi Glenarvan, — sayohatimizning bunday muvaffaqiyatli boshlanishidan mamnun bo‘lishimiz kerak.
— Azizim Eduard, biz manzilga qancha vaqtda yetamiz?
— Buni faqat kapitan Jon ayta oladi, — dedi Glenarvan. — Qalay ketyapmiz, Jon? Kemangizdan xursandmisiz?
— Juda xursandman, ser. «Dunkan» juda yaxshi kema, bunday kemada suzgan har bir dengizchi o'zini
42
baxtiyor sezadi. Mashina ham, korpus ham bir-biriga juda mos tushgan. Shuning uchun kema to'lqinlarni osongina yorib o‘tib, orqada tekis iz qoldirib kelmoq-da. Biz hozir soatiga o‘n yetti dengiz milyasi tezligi-da ketyapmiz, agar bu tezlik kamayib qolmasa, o‘n kundan keyin ekvatordan o'tamiz, besh haftaga ham qolmay Gorn buruniga yetib boramiz.
— Eshitdingizmi, Meri? Besh haftaga ham qol may! — dedi qizga qarab Elen.
— Eshitdim, xonim, — deb javob berdi Meri. — Kapitanning bu so‘zlarini eshitib, yuragim gupullab urib ketdi.
— Dengiz sayohatida o‘zingizni qalay his qilyap-siz, Meri? — deb so‘radi undan Glenarvan.
— U qadar yomon his qilayotganim yo‘q, ser. Hademay dengizga butunlay o‘rganib olaman.
— Kichkina Robertimiz-chi?
— Robertmi?! — deb gapga aralashdi Jon Mangls.— Agar u hozir mashina bo‘limida bo‘lma-sa, machtaga chiqib olgani aniq. Bu yigitcha dengiz kasalining nima ekanini mutlaqo bilmaydi... Ana, o‘zingiz bir tomosha qiling-a. Qayerga chiqib olganini ko‘ryapsizmi?
Hamma kapitan qo‘li bilan ko‘rsatayotgan tomon-ga — fok-machtaga qaradi: Robert palubadan yuz futcha balandlikda bram-stengoning arqonlarida osi-lib turardi. Meri beixtiyor titrab ketdi.
— Xotirjam bo‘lavering, miss! — deb unga tasalli berdi Jon Mangls. — Uning yiqilib tushmasligiga men kafilman. Tez orada men yigitchani jasur dengizchi sifatida kapitan Grantga taqdim qilishga so‘z bera-man, men hurmatli kapitanni topishimizga zarracha ham shubha qilmayman.
— Koshki edi shunday bo'lsa! — deb javob qildi qiz.
— Umidimiz katta, miss Meri, — dedi Glenar van. — Ishimiz muvaffaqiyatli boryapti. Bizning bu olijanob maqsadimizni amalga oshirishga bel bog‘la-gan mana bu azamatlarga bir qarang. Ular bilan biz albatta maqsadga erishamiz, erishganda ham ko‘p qiynalmasdan erishamiz. Men Elenga ko'ngil ochish sayohatiga olib boraman, deb va’da qilgan edim, bu va’damni amalga oshiraman deb ishonaman.
— Eduard, siz bebaho odamsiz! — dedi Elen Glenarvan.
44
— Yo‘q, aslo, lekin mening komandam — koman-dalarning, kemam esa — kemalarning eng yaxshisi. Nahotki, siz bizning «Dunkan»ga qoyil qolmagan bo'lsangiz, miss Meri!
— Juda qoyilman, ser, — deb javob berdi qiz, — qoyil bo'lganda ham dengizchilik ishlariga tushunadi-gan kishi sifatida qoyilman.
— Rosti bilan-a?!
— Men hali yosh bola ekanimdayoq otamning ke-malarida o‘ynab yurar edim. U meni dengizchi qilib yetishtirishi kerak edi. Lozim bo‘lib qolsa, men hozir ham yelkan ochish ishlarini bajara olaman.
— Rostdan ham-a, miss? — deb xitob qildi Jon Mangls.
— Unday bo‘lsa, — dedi Glenarvan, — siz kapitan Jon bilan juda do'stlashib ketasiz, chunki u dunyoda dengizchilik hunarini hammadan ham yuksak qo'yadi. Hatto ayollar uchun ham bundan yaxshi ish yo‘q deb hisoblaydi. Shunday emasmi, Jon?
— Juda to‘g‘ri aytdingiz, ser,— deb javob berdi yosh kapitan,— shunday bo‘lsa ham men miss Grant-ning yelkan yozishdan ko‘ra kayutada tinchgina o‘tir-ganini afzal ko'raman. Shunga qaramay missning boyagi so'zlari menga juda yoqib tushdi.
— Ayniqsa «Dunkan»ga qoyil bo‘lib turganda, a?.. — deb qo‘shib qo‘ydi Glenarvan.
— U bunga loyiq kema, — deb javob berdi Jon Mangls.
— Rostimni aytsam, siz kemani shunday maqtab yubordingizki, men uni boshdan-oyoq, to tryumlari-gacha ko‘zdan kechirgim kelib qoldi, — dedi Elen. — Shu bilan birga azamat matroslarimiz qanday joylash-ganlarini ham ko‘rib kelamiz.
— Ular juda yaxshi o‘rnashib olishgan, — dedi Jon Mangls: — xuddi o‘z uyidagiday.
— Ular haqiqatan ham o‘z uylaridalar, azizim Elen, — dedi Glenarvan. — Axir bu kema — o‘z yur-timizning bir qismi, Dumbarton grafligining okean to‘lqinlarida suzib ketayotgan bir bo‘lagi-da! Biz o‘z vatanimizdan ketganimiz yo‘q: «Dunkan»— Mal-kolm-Kestlning xuddi o‘zi.
Elen:
— Azizim Eduard, bo'lmasa bizga o‘z qasringizni bir ko'rsating, — deb hazil qildi.
45
— Jonim bilan! — dedi Glenarvan. — Lekin oldin Olbinetga ikki og‘iz so‘z aytishga ruxsat etsangiz.
«Dunkanning bufetchisi Olbinet o‘z ishiga nihoy-atda mohir kishi bo‘lib, o‘z vazifasini jon-dili bilan, juda o‘rinlatib bajarar edi. U xo‘jayinining chaqir-ganini eshitib, darhol yetib keldi.
Glenarvan, go‘yo gap qasrning atrofida sayr qilish to‘g‘risida borayotgandek, Olbinetga dedi.
— Olbinet, biz ovqatdan oldin biroz sayr qilib kel-moqchimiz. Biz qaytganda ovqat stol ustiga taxt qilib qo'yilgan bo‘ladi deb umid qilaman.
Olbinet g'urur bilan bosh egdi.
— Biz bilan borasizmi, mayor?— deb so‘radi Mak-Nabbsdan Elen.
— Buyursangiz, boraveraman,— deb javob berdi mayor.
— Mayor hozir, o‘z sigarasining tutuniga qarab zavq qilib o‘tiripti,— deb gapga aralashdi Glenar van, — qo‘yinglar, uning rohatini buzmaylik. Bilasizmi, miss Meri, bizning mayor chekishga nihoyatda berilgan odam — hatto uyqusida ham sigarasini og‘zidan qo'ymaydi.
Mayor to‘g‘ri degandek qilib bosh silkitdi. Undan boshqa hamma kubrikka tushib ketdi.
Palubada yolg'iz qolgach Mak-Nabbs o‘z odati bo‘yicha atrofini quyuq tutun bilan qoplab, o‘zi bilan o‘zi suhbat qilishga kirishdi. U qimirlamay turar va kemaning orqasida qolayotgan ko‘piklangan izni to-mosha qilardi. Bir necha minut indamasdan turib to-mosha qilgandan so‘ng orqasiga o‘girilib qaradi-yu, ko‘zi notanish bir kishiga tushdi. Agar biror narsa mayorni taajjubga sola oladigan bo‘lganda edi, hozir u bu odamni ko'rib taajjublangan bo‘lardi, chunki qarshisidagi bu odam unga mutlaqo notanish edi.
Bu notanish kishi qirq yoshlar chamasidagi baland bo‘yli> qotmadan kelgan odam edi. U qattiq qalpoqli uzun mixga o‘xshardi. Kallasi katta va dumaloq, peshonasi keng, burni uzun, og‘zi katta, dahani o‘tkir. Katta dumaloq ko‘zoynak orqasiga yashi-ringan ko‘zlarining qarashi kechasi ham kunduzgidek bahuzur ko'raveradigan kishining boqishiga o'xshar-di. Basharasidan aqlli va quvnoq odam ekanligi ko‘rinib turar edi. U o‘zining mayda va miskin odam ekanini jiddiylik niqobi ostiga yashirishga tirishib,
mutlaqo kulmay, doim gerdayib yuradigan odamlarga aslo o‘xshamas, aksincha, o‘zini erkin va samimiy tutishi bu noma’lum kishining odamlardagi va narsalardagi yaxshi jihatlarni ko‘rishga moyil ekanidan darak berardi. U hali bir og‘iz so‘z aytma-gan bo‘lsa ham suhbatni sevadigan odam ekani ko‘rinib turardi. U qarab turgan narsasini ko‘rmaydi-gan va unga aytilayotgan so'zlarni eshitmaydigan parishon kishilarni eslatardi. Notanish kishi boshiga safar shapkasi, oyog'iga pishiq sariq botinka va charm getr kiygan edi. Egniga qo‘ng‘ir baxmal shim va xuddi shunday kurtka kiygan, kurtkasining son-sanoqsiz cho‘ntaklari liq to‘la ekanligini sezish qiyin emasdi, chunki ulardan har xil yon daftarchalar, bloknotlar, kartmonlar, xullas, yonda olib yurish sira ham zarur bo'lmagan har xil ortiqcha narsalar ko'rinib turardi. Uzun tasmasini yelkasidan oshirib ilib oigan dengizchilar trubasi ham bor edi.
Bu noma’lum kishining betinchligi bilan mayor-ning xotirjamligi bir-birining butunlay aksi edi. U Mak-Nabbsning atrofida gir aylanar, uni ko'zdan kechirar, unga savol nazari bilan qarar edi, mayor esa, aftidan, bu janobnnig qayerdan paydo bo‘lib qol-gani, qayoqqa ketayotgani va «Dunkan»ga qanday tushib qolganiga mutlaqo qiziqmas edi.
Notanish kishi o‘zining barcha urunishlari may-orning xotirjamligi oldida bekor ketgach, yelkasiga osib oigan durbinini qo‘liga oldi — uzuniga yozib yuborganda bu durbin to‘rt futga yetardi, — u oyoq-larini kerib yo‘l yoqasidagi simyog‘ochdek qotib tur gan holda dengiz bilan osmon birlashib ketgan ufqni ko‘zdan kechira boshladi. Shu tarzda besh minutcha dengizni tomosha qilgandan keyin u durbinini paluba-ga qo‘ydi-da, hassaga tayangandek unga suyandi; lekin trubasining qismlari biri-birining ichiga kirib ketib, birdan yig‘ilib qolgan edi, yangi yo‘lovchi tayanch nuqtasini yo‘qotib, grot-machta oldiga uzala yiqilishiga oz qoldi.
Mayordan boshqa odam bo‘lganda juda bo‘lmasa jilmayib qo‘ygan bo‘lardi, lekin u pinagini ham buz-madi. Shundan so‘ng notanish odam ishga kirishdi.
— Styuard! — deb qichqirdi u, ajnabiylarga xos ta-laffuz bilan.
Lekin hech kim kelmadi.
— Styuard! — deb qattiqroq chaqirdi u.
Mister Olbinet shu payt kambuzga o‘tib keta-yotgan edi. U noma’lum bir novcha kishi o‘zini bunday odobsizlik bilan chaqirayotganini ko‘-rib, shunday ham hayron qoldiki, asta qo‘yaverasiz!
«U qayerdan kelib qoldiykin? — deb o‘ylar edi Olbinet.— Mister Glenarvanning bironta do‘stimi-kin? Yo‘q-e!»
U notanish kishining oldiga keldi.
— Siz shu kemaning styuardi bo'lasizmi?
— Ha, ser, lekin men sizni...
Lekin noma’lum yo'lovchi uning so‘zini birdaniga shart kesdi:
— Men oltinchi kayutadagi yo‘lovchiman, — dedi
u.
— Oltinchi kayuta yo'lovchisi? — deb takror so‘radi Olbinet.
— Ha, ha! Sizning ismingiz nima?
— Olbinet.
— Gap bunday, do'stim Olbinet, — dedi oltinchi kayutali notanish kishi, — menga bir oz ovqat bersan-giz bo'lardi, lekin tezroq. Men o'ttiz olti soatdan beri og'zimga hech narsa olganim yo‘q, to‘g‘rirog‘i, men o'ttiz olti soat qimir etmay uxladim, bu esa Parijdan Glazgoga hech qayerda to‘xtamay yetib kelgan odam uchun yo‘l qo‘yiladigan narsa. Aytingchi, bu kemada nonushta soat nechada bo'ladi?
— To'qqizda, — deb javob berdi hech o'ylamasdan Olbinet.
Notanish kishining soatga qaragisi kelib qoldi, lekin bu ancha vaqtni oldi, chunki u soatini faqat to‘qqizinchi cho‘ntagidan topdi.
— Juda soz. Lekin hali sakkiz ham bo‘lmapti-ku! Unday bo‘lsa, Olbinet, nonushtagacha menga biskvit bilan bir stakan cherri bera turing — ochimdan o‘lar holdaman.
Olbinet hech narsaga tushunmay, unga quloq solib turar, notanish kishi esa bir mavzudan ikkinchiga o'tib to‘xtovsiz gapirar edi.
— Xo‘sh, kapitan qani? Hali turgani yo‘qmi? Uning yordamchisi-chi? U ham uxlab yotibdimi? — deb bidirlardi notanish kishi. — Baxtimizga, havo ochiq, shamol orqadan esmoqda, kema juda yaxshi suzib bormoqda.
Xuddi shu payt yutdagi zinadan Jon Mangls chiqib keldi.
— Kapitan mana shu kishi bo'ladi, — dedi Olbinet.
— Oh, juda baxtiyorman! — dedi notanish kishi. — Siz bilan tanishganimga juda xursandman, kapitan Berton!
Jon Manglsning hayronligi cheksiz edi. U o‘zini kapitan Berton deb ataganlari uchungina emas, balki o‘z kemasida butunlay noma’lum odamning paydo bo‘lib qolganidan ham hayron edi.
Notanish kishi esa hamon shirin so‘zlarni yog'dirib tashlamoqda edi:
— Qo'lingizni qisishga ijozat bersangiz, — dedi u. Buni bundan uch kun oldin qilmaganimga sabab, sa-farga chiqish oldidan hech kimni bezovta qilmay deb o'ylaganimdan edi. Lekin bugun men siz bilan tani-shish sharafiga erishganim uchun behad xursandman, kapitan.
Jon Mangls ko‘zlarini katta ochib, hayronlik bilan goh Olbinetga, goh notanish kishiga qarar edi.
— Mana, tanishib ham oldik, bundan buyoq qadr-don do‘st bo'lamiz, qimmatli kapitan, — deb so‘zida davom etdi notanish kishi. — Keling, endi u yoq-bu yoqdan otamlashaylik. Aytingchi, siz o‘z «Shotlandiya »ngizdan mamnunmisiz ?
— Qaysi «Shotlandiya» to‘g‘risida gapiryapsiz? — deb so‘radi nihoyat Jon Mangls.
— Siz bilan bir ketayotgan «Shotlandiya» paroxo-di to‘g‘risida-da. Ajoyib kema. Menga uning tashqi sifatlarini ham, uning hurmatli komandiri ajoyib ka pitan Bertonning yuksak axloqini ham rosa maqtash-di. Ha, aytgandek, siz jasur Afrika sayyohi Ber tonning qarindoshi emasmisiz? Agar shunday bo'lsa, mening qizg‘in tabriklarimni qabul etgaysiz.
— Ser, men sayyoh Bertonning qarindoshi ham emasman, kapitan Berton ham emasman, — deb javob berdi Jon Mangls.
— Ha-a... — dedi cho‘zib notanish kishi, — de-mak, men kapitan Bertonning yordamchisi mister Berdnes bilan gaplashayotgan ekanman-da-a!
— Mister Berdness dedingizmi? — deb takror so'radi Jon Mangls.
U endi masalaga tushuna boshlagan, lekin
qarshisidagi kishining qanday odam ekanini: biror ah-moq odammi yo shunchaki devonatabiat kishi ekanini aniqlay olmay turgan edi. Yosh kapitan bu masalani endi uzil-kesil hal qilmoqchi bo‘lib turgan ediki, palubaga Glenarvan, uning rafiqasi va miss Grant chiqib kelishdi.
Notanish kishi ularni ko‘rib, qichqirib yubordi:
— A, yo'lovchilar! Juda soz! Mister Berdnes, meni ular bilan tanishtirib qo'yarsiz deb umid qilaman...
Ammo o‘zi Jon Manglsning tanishtirishini ham kutmay bemalol yurib, o‘rtaga chiqdi.
— Missis... — dedi u miss Grantga. — Missis... — dedi u Elenga. — Ser... — deb qo‘shib qo‘ydi u Glenarvanga qarab.
— Mister Glenarvan, — deb tanitdi Jon Mangls.
— Ser, — deb davom qildi notanish kishi, — sizlar bilan o‘zim tanishayotganim uchun kechirim so‘ray-man, lekin, o‘ylashimcha, dengizda nazokat qoidala-ridan bir oz chetga chiqilsa ham zarari bo‘lmasa ke-rak. Umidvormanki, biz tez do'stlashib ketamiz va bu xonimlar bilan birga «Shotlandiya» kemasidagi sa-farimiz ham ko‘ngilli, ham qisqa ko‘rinadi.
Na Elen, na miss Grant bunga javob berishga so‘z topolmadilar. Ular bu notanish kishining «Dunkan» palubasida qanday paydo bo‘lib qolganiga sira tushunolmas edilar.
— Ser, — deb unga murojaat qildi Glenarvan,— men kim bilan suhbatlashish sharafiga muyassarman?
— Parij geografiya jamiyatining sekretari, Berlin, Bombay, Darmshtadt, Leypsig, London, Peterburg, Vena, Nyu-York geografik jamiyatlarining korrespon-dent a’zosi, shuningdek qirollikning sharqiy Hindistondagi geografiya va etnografiya instituti-ning faxriy a’zosi Jak-Eliasen-Fransua-Mari Paganel. Qarshingizdagi kishi o‘z kabinetida o'tirib yigirma yil ishlagandan keyin, nihoyat geografiya fani bilan amalda shug‘ullanishga qaror qilib, buyuk say-yohlarning ilmiy asarlarini bir butun asarga bir-lashtirish maqsadida hozir Hindistonga jo‘nab ketyapti.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |