Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet12/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Klan — oila, urug‘.


2Piper-bag — polk surnaychilari. (M uallif izohi.)

3Ingliz flotida matroslarni jazolash uchun ko'pincha qamchin ish-latilar edi (M u a llif izohi).


38


uchun mayor Mak-Nabbsni ham eslatib o'tish lozim. U elliklarga kirgan, chiroyli va xotirjam yuzli, ajoyib tabiatli, kamtarin, indamas, beozor va soddadil kishi edi. Mak-Nabbsni qayerga boshlasangiz ketaverar, hech vaqt birov bilan tortishib o‘tirmas, hech kim bi-lan aytishmas, aslo achchig'lanmas edi. U xarob etil-gan transheyalarga ham o‘z yotoqxonasiga chiqayot-gandek bamaylixotir ko'tarilar, uni hech narsa, hatto bomba ham hayajonga keltirolmas va yo'lidan qay-tarolmas edi; u butun umrida bir marta ham achchig‘lanmay o‘lib ketsa kerak. Mak-Nabbs faqat jismoniy jihatdan baquwat bo‘lgan kishilarga xos jangovar jasoratga, jismoniy quwatgagina emas, bal-ki bundan ham qimmatliroq bo‘lgan fazilatga, ya’ni bukilmas ma’naviy quwatga ham ega edi. Uning bir-dan-bir kamchiligi butun borligi bilan shotlandiyalik bo‘lishi, shotlandiyalik ham emas Kaledoniyaning chin farzandi bo‘lishi, o‘z vatanining qadimiy urf-odatlariga qattiq amal qilishi edi. Shuning uchun u hech vaqt Angliyaga xizmat qilishni istamadi, o‘zi-ning mayorlik unvonini esa komanda sostavi nuqul shotlandiyalik dvoryanlardan iborat bo‘lgan 42-gvardiyachi tog4 polkida oldi. Mak-Nabbs Glenar-vanning yaqin qarindoshi bo'lgani uchun Malkolm-Kestlda yashardi, mayor bo‘lgani tufayli esa «Dun-kan»da safarga chiqishni tabiiy deb topdi.
Kutilmagan sabablarga ko‘ra zamonamizning eng ajoyib sayohatlaridan biriga otlanayotgan kemaning yo'lovchilari ana shunday kishilar edi.
«Dunkan» Glazgodagi paroxod pristanida paydo bo‘lgan paytdan boshlab hammaning diqqatini o‘ziga tortdi. Har kuni odamlar to‘p-to‘p bo‘lib uni tomosha qilishar edi: hamma «Dunkan» to‘g‘risida gapirar, unga qiziqar edi. Bu esa ko‘p kapitanlarga xush kel-mas, shu jumladan, pristanda «Dunkan» bilan yonma-yon turgan va Kalkutta safariga tayyorlanayotgan «Shotlandiya» nomli ko‘rkam paroxodning kapitani Bertonga ham yoqmas edi. Haqiqatan ham bu kat-takon paroxodnnig kapitani o‘zining kichkina qo‘shnisi «Dunkan»ni nazar-pisand qilmaslikka haqli edi. Shunga qaramay, xalqning kundan-kun oshib bo-rayotgan nazar-e’tibori Glenarvanning kemasiga qaratilmoqda edi.

«Dunkan»ning jo‘nab ketish payti yaqinlashib kela




39

boshladi. Jon Mangls mohir va g‘ayratli kapitan ekanini ko'rsatdi. Kema Klayd qo‘ltig‘ida sinovdan o'tgan kundan bir oy keyin ko‘mir, oziq-ovqat bilan ta’minlanib, uzoq safarga zarur bo'lgan barcha asbob-uskuna bilan jihozlangach, «Dunkan» dengizga chiqishga tayyor edi. 25-avgustda jo‘nab ketadigan bo'ldilar. Demak, kema janubiy kengliklarga taxmi-nan bahorning boshlanishiga yetib borar edi.

Glenarvanning plani odamlarga ma’lum bo‘lib qol-gach, ko‘p kishilar uni bunday sayohatning qiyin va xavfli ekani to‘g‘risida ogohlantira boshladilar. Lekin Glenarvan bu so‘zlarga zarracha ham e’tibor bermadi, u kapitan Grantni topib kelish maqsadidan aslo qayt-madi. Glenarvanning bu ishini qoralagan kishilarning ko‘pi ayni vaqtda ichdan unga qoyil bo'lardilar. Borib-borib, butun afkor-omma ochiqdan-ochiq Glenarvanni yoqlab chiqdi, shuning uchun ham hukumat gazetala-ridan tashqari barcha matbuot admiralteystvodagi lordlarni bir og'izdan qoraladi. Glenarvan esa maq-tovlarga ham, qoralashlarga ham e’tibor bermasdi — u o'zining burchi deb hisoblagan ishni amalga oshirmoq-da, boshqasi bilan uning nima ishi bor?


24-avgustda Glenarvan, Elen, mayor Mak-Nabbs, Meri va Robert Grantlar, kema styuardi1mister Olbinet, uning Elen Glenarvanga xizmat qiluvchi xotini missis Olbinet Malkolm-Kestldan jo'nab ketishdi. Glenarvan oilasiga sodiq bo'lgan xizmatkorlar ularga butun yurak-dan oq yo‘l tilab, xayrlashdilar.
Bir necha soatdan so‘ng sayohatchilar «Dunkan» bortiga chiqdilar. Tinch, rohat turmushidan kechib, halokatga uchragan baxtsizlarni qutqarishga os-hiqqan mard xotin Elenni Glazgo aholisi mehr bilan qizg‘in tabrikladi.
Glenarvan bilan Elenga ajratilgan kayutalar «Dunkan»ning yut qismida bo‘lib, ikki yotoqxona, mehmonxona va kiyinib-yuvinish uchun ajratilgan ikkita kichkinagina bo'lmadan iborat edi. So'ngra ke-mada yana bir umumiy kayut-kompaniya bo‘lib, unga oltita kayutaning eshigi ochilar edi, undan beshtasini Meri va Robert Grantlar, mister va missis Olbinetlar va mayor Mak-Nabbs egallagan edilar. Jon Mangls bi­ lan Tom Ostinning kayutalari kemaning tumshuq
1S ty u a r d — bufetchi.


40

tomonida joylashgan bo‘lib, eshigi palubaga ochilardi. Komanda esa palubalar o'rtasidagi kayutalarga joy-lashtirilgan edi; joy keng va butun qulayliklari bor edi, chunki kemada ko‘mir, oziq-ovqat va quroldan boshqa hech qanday yuk yo‘q edi. Shunday qilib, kapi-tanning ixtiyorida joy juda ko‘p edi, u esa bundan ustalik bilan foydalandi.
«Dunkan» 25-avgust erta tong soat uchlarda, suv qayta boshlaganda dengizga chiqishi kerak edi.

Kechqurun soat o‘n birda hamma kemada bo‘ldi. Kapitan bilan komanda jo‘nab ketish uchun oxirgi tayyorgarlik ishlarini ko‘ra boshladilar. Yarim kecha-da bug‘ qozonlariga o‘t yoqildi. Kapitan o‘tga tezroq ko‘mir tashlash to‘g‘risida buyruq berdi, ko‘p o‘tmay kema trubalaridan chiqqan qop-qora tutun tungi tu-manga ulanib ketdi. Janubi-g‘arb shamoli esayotgani uchun yelkanlardan foydalanib bo‘lmas edi — dud-lanib qolmasligi uchun ularni kanop g'iloflar bilan yaxshilab o‘rab qo‘yildi.


Soat ikkida «Dunkan »dagilar bug‘ qozonlarining kuchi bilan kemaning titray boshlaganini sezdilar; manometr to‘rt atmosfera bosim kuchini ko‘rsatardi; qizib ketgan bug‘ klapanlar ostidan chiyillab otilib chiqa boshladi. Dengiz suvining ko'tarilishi to‘xtadi, suvning qaytishidan oldingi vaqtincha tinish payti boshlandi. G‘ira-shira tong otib kela boshladi, Klayd daryosining farvateri, uning tong yorig'ida xiralasha boshlagan baken chiroqlari ko‘rina boshladi. Yo‘lga chiqish payti keldi. Jon Mangls buni Glenarvanga xabar qilishni buyurdi. Glenarvan tez palubaga ko‘tarildi.
Ko‘p o‘tmay suv qayta boshladi. «Dunkan»ning qattiq hushtagi yangradi: kema bog'lab qo‘yilgan qo-ziqlardan bo‘shatildi va qirg'oqdan ajraldi. Vint ishga tushdi va «Dunkan» daryo farvateridan yo'lga chiqdi. Jon lotsman olmadi; Klayd daryosining farvaterini u juda yaxshi bilar, kemani ochiq dengizga hech kim undan yaxshiroq olib chiqa olmas edi. Kema o‘z kapi-tanining irodasiga bo'ysunib, itoat bilan borardi. Kapitan ishonch bilan o‘ng qo'lida mashinani va so‘l qo‘lida rulni boshqarar edi. Ko‘p o'tmay qirg'oqdagi eng so‘nggi zavodlar ham orqada qoldi, qirg‘oqdagi tepalar ustiga joylashgan villalar ko‘zga tashlana boshladi. Shahar shovqini orqada qoldi.

41


Bir soatdan so'ng «Dunkan» Dumbarton qoyalari oldidan o‘tdi; ikki soatdan so‘ng u Klayd qo‘ltig‘iga yetib bordi... Ertalab soat oltida esa «Dunkan» ochiq dengizga chiqib oldi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish