Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari



Download 0,7 Mb.
bet20/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

O* n u c h i n c h i b o b
KORDILER TOG'LARIDAN TUShISh
Mak-Nabbsning o'rnida boshqa odam bo'lganda bu chaylaning yonidan, hatto ustidan yuz m arta o‘tib ketganda ham uning borligini sezmagan bo‘lardi. Qor bosib qolgan chayla atro fid a do‘mpayib yotgan minglab xarsang toshlardan deyarlik farq qilmas edi. Uni qor tagidan ochib olishga to ‘g ‘ri keldi. Vilson bi-ían M yulredi yarim soatcha zo‘r berib ishlaganlaridan so‘ng kichkina otryad chaylaga kirib joylashdi.
Kazucha deb atalgan bu chaylani oftobda kuydi-

rilgan g ‘isht-adobes

bilan hindular

qurgan

edilar.

Kazucha

tom onlari

o‘n ikki futdan

keladigan kub

shaklidagi bino bo‘lib, bazalt qoya

ustig a

quril-

gan edi.

Chaylaga

kiriladigan torgina birdan -bir

teshik oldiga toshlardan zinapoya qilingan, teshik qanchalik to r bo'lm asin tog‘larda temporales qutur-gan vaqtda undan shamol, qor va do‘l yo‘l topib kira olardi.
0 ‘n kishi bahazo'r joylasha oladigan bu chaylaning yog‘ingarchilik paytlarda nam dan unchalik saqlay ol-maydigan devorlari hozir achchiq sovuqdan ancha saqlashi m um kin edi — term om etr o‘n gradus sovuqni ko'rsatib tu rardi. Buning ustiga, g'ishtdan nari-beri qo'nqaytirib qo'yilgan trubali o'choqqa o‘t yoqib, sovuq bilan kurashish ham mumkin edi.
— Mana boshpana ham topdik,— dedi Glenar-


100

van,— u qadar qulay bo'lm asa ham, h ar holda o‘ziga yarasha.
— Nima, nima?! — dedi Paganel. — Saroy-ku, saroy! A ’yonlar bilan qorovullar yetishm aydi, xolos. Mazza qilib dam olamiz bu yerda!
— Ayniqsa o'choqqa o‘t yoqib yuborsak bormi, — dedi Tom Ostin.— Axir sovuq bizga ochlikdan kam azob berayotgani yo‘q, hozir bir bog‘ o‘tin meni bir parcha mazali go‘shtdan ham xursand qilgan bo'lar edi.
— Tashvish tortm ang, Tom, o‘tin ham topam iz,— dedi Paganel.
— K ordiler cho‘qqilarida o‘tin nim a qilsin! — dedi Myulredi, ishonmaganday bosh chayqab.
— Kazuchaga o‘choq qilganlaridan keyin, yaqin oradan o‘tin ham topilishi kerak, — dedi mayor.
— D o'stim iz Mak-Nabbs juda to ‘g ‘ri aytdi, — de­ di G lenarvan.— Sizlar ovqat taraddudini ko'rave-ringlar, o'tin topib kelish mening bo‘ymmga.
— Vilson ikkovimiz ham birga boram iz, — dedi Paganel.
— Mening ham foydam tegib qolar... — dedi o‘rnidan tu ra r ekan Robert.
— Yo‘q, jasur o‘g ‘ilcham, sen dam ol, — deb javob berdi Glenarvan. — Tengdoshlaring hali yosh bola chog‘ida sen kamolga yetgan yigit bo'lib olasan.
Glenarvan, Paganel va Vilson kazuchadan chiqdi-lar. Kech soat olti edi. Tiq etgan shabada bo'lm asa ham havo juda sovuq. Moviy osmon qorayib kela bosh-ladi, botib borayotgan quyoshning oxirgi n u rlari tog‘ cho‘qqilarining nayza uchida jilolanib o ‘ynardi. Paganel barom etrni o‘zi bilan olib oldi. U ning simobi o‘n bir ming yetti yuz fu t balandlikni ko'rsatib tu rar,

demak, K ordilerning bu qismi M onblandan nihoyati



to ‘qqiz yuz o‘n m etr past edi. Shveytsariyaning gi-
gant tog'larida har qadamda uchrab turadigan qiyin-chiliklar bu yerlarda ham uchrab, sayohatchilarim iz bo‘ron va qor to'fonlariga duch kelgudek bo‘lganlari-da ularning birontasi ham Yangi Dunyoning qudratli tog‘ tizm alaridan oshib o'tolm agan bo‘lardi.
Glenarvan bilan Paganel porfir qoya ustiga chiqib, ufqqa nazar soldilar. Ular K ordiler tog‘ tizm alarining eng baland cho‘qqisida tu rar, qirq kvadrat mil maso-fani ko‘zdan kechirar edilar. Tog'ning sharqiy yon-bag‘ri qiya bo'lib, undan tushish qiyin emas edi, pe-


101

onlar hatto undan yuz sajenlab m asofalarda sirg‘anib tushib ketaverar edilar. Uzoqda m uzlar siqib tushirib yuborgan toshlar va xarsanglar to ‘planib hosil bo‘lgan katta -katta morenlar ko‘rinib turardi. Kolo-rado vodiysida qosh qoraya boshlagan: quyosh g ‘arb-ga botib bormoqda. Sharqdagi uning so'nggi shu’lalari tushib turgan do'ngliklar, qoyalar, cho‘qqi-lar birin-ketin so‘nib, tog‘ning butun sharqiy yon-bag‘ri sekin-asta qorong‘ulasha bordi. G‘arbiy tik yonbag'irdagi hamma past-baland tizm alar esa hali yorug4. Botib borayotgan quyosh nurida bu qoya va m uzliklar juda chiroyli tovlanadi. Shimol tomonga esa borgan sari pastlashib borgan qat-qat cho‘qqilar cho‘zilib ketgan: asta-sekin bir-biriga qo‘shila borib, oxiri ko‘rinm ay ketgan bu qator cho‘qqilar tajribasiz odam qo‘li bilan chizilgan to ‘g ‘ri chiziqqa o‘xshaydi. Lekin janub tomondagi manzara g ‘oyat go‘zal bo'lib, tu n yaqinlashib kelgan sari yana ham go‘zal va ulug‘vor bo‘la bordi. Pastda yow oyi bir vodiy yast-lanib yotar, uning tepasida esa, bizning sayohatchilar turgan yerdan ikki mil narida A ntuko krateri og'iz ochib tu rardi. Vulqon og'zidan o‘t, kul va tutun purkab, bahaybat ajdahodek o'kirar, uni qurshab tu r ­ gan tog‘lar o‘t tushgandek qizarib tu ra r edi. Vulqon og‘zidan do‘ldek otilib turgan, qiziganidan oppoq oqarib ketgan toshlar, buruqsib chiqayotgan qizg‘ish tutun, to'xtovsiz oqib chiqayotgan lava — bularning hammasi qo'shilib yarqiroq bir oqim hosil qilgan. Quyosh o‘chib borayotgan chiroqdek botib, qorong‘u ufq orqasiga yashiringan sari, vulqonning tobora kuchayib borayotgan o‘tk ir yog‘dusi ko‘z ilg'am as masofada butun atrofni yorita borardi.
Tasodifiy o‘tinchilarim iz Paganel bilan Glenarvan qalbida rassom lik hissiyoti uyg'ondi, ular zavqlanib tabiatni tom osha qilishga berilib ketdilar, agarda o‘zi-ni hushyorroq tutgan Vilson haqiqat olamiga qaytar-maganda ular osmon va yer yog‘dusi o‘rtasidagi bu ajoyib kurashni hali uzoq tomosha qilgan bo‘lar edi­ lar. To‘g ‘ri, bu atrofda o‘tin topilm adi, lekin baxtla-ridan bo‘lib, qoyalar ingichka, quruq lishaynik bilan qoplangan ekan. Sayohatchilarimiz shu lishaynik bi­ lan ildizi yaxshi yonadigan lyaretta degan o‘simlik-dan anchagina g'am lab oldilar. Bu qimmatbaho o‘tin-ni kazuchaga olib kelish bilanoq, darhol o‘choqqa qa-


102

ladilar. Lekin o 'tn i yoqish, ayniqsa uni o‘chirm ay yoqib turish juda qiyin ish edi. Siyraklashib qolgan havoda o‘tning o'chib qolmasligi uchun yetarli dara-jada kislorod yo‘q edi, to ‘g‘rim i-yo‘qmi, h ar holda, mayor bunga shunday izoh berdi.
— Lekin, — deb qo'shib qo'ydi u, — bu yerda qay-natish uchun suvni yuz gradusgacha isitish sh a rt emas; suvni yuz gradus issiqda qaynatib kofe ichishni yaxshi ko'rgan kishi bu yerda kam roq issiqlikda qay-nagan suvga qanoat qilishi lozim bo‘ladi, chunki kofe to'qson gradusdan ham kamroq issiqda qaynab ketadi1.
Mak-Nabbs to ‘g‘ri aytgan ekan: suv qaynatganda
uning ichiga tushirilgan term om etr faqat sakson yet-ti gradusni ko‘rsatdi. Ham m alari ham mazza qilib bir necha qultum dan kofe ichishdi. Qoq go‘shtga kelsak, u yo‘lovchilarga kam lazzat berdi, shunda Paganel garchi to ‘g ‘ri bo‘lsa ham, hozir tam om an foydasiz bir fikr bildirdi.
— Rostim ni aytsam, — dedi u, — hozir b ir parcha qovurilgan lama go'shti bo‘lsa ortiqchalik qilmasdi-da. Bu ajoyib jonivor ho‘kizning ham, qo'yning ham o‘rnini bosa oladi, deyishadi. Bu gap uning go‘shtiga ham taalluqlim ikin, shuni bir bilishni istardim .
— Ana xolos! Hali ovqatimizdan rozi ham emassiz deyman, olim Paganel? — deb so‘radi Mak-Nabbs.
— Yo‘q, hurm atli mayor, men ovqatdan juda min-natdorm an, lekin bir parchadan yangi go‘sh t bo'lsa juda o‘rniga tushardi-da.
— Siz noz-ne’m atni sevgan odam ekansiz, — dedi Mak-Nabbs.
— Bu qochirig‘ingizga qo‘shilisham an, mayor, lekin ochig‘ini ayting, hozir yaxshilab pishirilgan bif-shteks bo‘lsa, yemas edingizmi?
— Yo‘q demasdim, albatta, — dedi mayor.

— Bordi-yu, sovuqqa ham, qorong'uga ham qara-may, hozir sizni ovga yuborishsa, borar edingizmi?


— A lbatta. A gar lozim topsangiz...
M ak-N abbsning ham rohlari unga tash ak k u r bildirib, uning doim xizm atga tayyor ekanini suiiste’-mol qilmoqchi em asliklarini bildirm oqchi bo‘lib tu r ­ gan edilarki, uzoqdan uvlagan tovush eshitildi. Bu
1Taxminan har 324 m etr balandlikda suv b ir gradus past tempera-turada qaynaydi. ( M u a l li f izohi.)

1 0 3


biror yakka jonivorning emas, balki yaqinlashib ke-layotgan butun bir podaning tovushiga o‘xshar, tin-may eshitilib turardi. Geografning miyasiga lop etib, bizga boshpana bergan tasodif, yana shirin taom ham yetkazib bermoqchi em asm ikan degan fik r keldi. Lekin Glenarvan K ordilerning bunchalik baland yer-larida to ‘r t oyoqli jonivorlar uchram aydi, deb uning xafsalasini pir qilib qo‘ydi.
— Bo'lmasa bu nim aning ovozi? — deb so'radi Tom Ostin. — Yaqinlashib kelyapti, eshityapsizmi?
— K o'chki bo'lm asin yana? — dedi Myulredi.

— Yo‘q! — deb e’tiroz bildirdi Paganel. — Bu hayvonlarning uvlagan tovushi.


— H ozir ko'ram iz, — dedi Glenarvan.

— Ko‘rganda ham qo‘lga qurol ushlagan holda ko'ram iz, — deb qo‘shimcha qildi qo‘liga karabin olib mayor.


H am m alari kazuchadan yugurib chiqishdi. Qop-qorong‘u tun, yulduzlar charaqlab turibdi. Hali oy chiqmagan edi. Shimol va sharq tomondagi cho'qqilar qorong‘ulik qo‘yniga g ‘arq bo'lgan; eng yaqindagi bir necha qoyaning xayoliy shakllarigina g 'ira -sh ira ko'zga ilg'ardi. A llanarsadan cho‘chib ketgan hayvon­ larning uvlagan tovushi tobora yaqinlashib kelar edi. Tovush qop-qorong‘u zimiston ichiga g‘arq bo‘lgan tog‘lar tomonidan eshitilardi.


  1. tom onda nima hodisa yuz berdi ekan-a? Birdan yassi tog‘ ustiga qo‘rquvdan es-hushini yo'qotgan tirik jonivorlardan iborat quyun yopirildi. Butun yas­ si to g ‘ tebranib ketgandek bo‘ldi. Havo siyrak bo'lishiga qaram ay, quloqni kar qilar darajada shovqin ko'tarib, yuzlab, ehtim olki, minglab jonivor­ lar yugurib kelar edilar. Bu — pam paslarda yashovchi yovvoyi hayvonlar edimi, yoki faqat lama va vigonlar podasi edimi? Glenarvan, Mak-Nabbs, Robert, Ostin va ikki m atros o‘zlarini tappa yerga tashlashlari bi-lanoq tepalaridan, nihoyati bir necha fut balanddan jonli quyun o‘tib ketdi. Kechasi kunduzgidan yaxshi-roq ko'radigan va chopib kelayotgan jonivorlarni to ­ mosha qilish uchun tik turganicha qolgan Paganel bir zum da ag'darib tashlandi.

Xuddi shu payt o‘q tovushi eshitildi. Bu o‘qni tavakkaliga mayor otgan edi. N azarida bir necha qadam narida allaqanday jonivor yiqilgandek tuyuldi,


1 0 4


poda esa yana ham b attarro q uvlab vulqon o‘ti yorug‘idan qizarib turgan tog‘ yonbag'ri tomonga o‘qdek uchib o‘tib ketdi.
— Ey! Mana bu yoqda ekan! — degan tovush eshi-tildi, bu Paganelning tovushi edi.
— Nima u? — deb so‘radi Glenarvan.
— Ko‘zoynagim -da. Bu u r-y iq itd a ko'zoynak yo'qotmay bo'ladimi!

— 0 ‘zingizga biror shikast yetmadim i?

— Yo‘q! Sal-pal ezib ketdi, xolos, lekin nima ez-ganini bilmayman.
— Mana bu ezgan, — dedi m ayor, o ‘zi otgan jonivorni sudrab kelar ekan.
H am m alari kazuchaga kirib, o‘choqdagi o ‘t yorug‘ida Mak-Nabbs otib oigan jonivorni ko'zdan kechira boshladilar.
Bu kichkinagina tuyaga o'xshagan, lekin o‘rkachi yo‘q, boshi chiroyli, gavdasining bichim i kelishgan, oyoqlari uzun, ingichka, och jigar rang yungi ipakday mayin, qorinda oq-oq xollari bor chiroyli jonivor edi. Paganel uni ko'rgani hamon:
— Bu guanako-ku! — deb qichqirib yubordi.

— Guanako qanday hayvon? — deb so 'rad i Glenarvan.


— G o'shtini yesa bo'ladigan hayvon, — dedi Paganel.
— Juda shirin bo‘ladi. Olimp tangrilariga loyiq taom! Yangi go‘sht yeyishimizni bilgan edim! Yana qanday go‘sht deng! Xo‘sh, qassoblikni kim qiladi?
— Men, — dedi Vilson.

— Juda soz! Qovurish mening bo‘ynim ga, — dedi Paganel.


— Demak, oshpazlikni ham bilar ekansiz-da, janob Paganel? — deb so‘radi Robert.
— Fransuz bo‘lganim dan keyin bilam an-da, o‘g‘lim. H ar bir fransuz o‘tk ir pazanda bo'ladi.
Besh m inutdan keyin Panagel o‘choqdagi laqqa cho‘g ‘da k atta -k atta bo'lak go'shtni pishira boshladi. 0 ‘n m inutlardan keyin u ham rohlari oldiga juda ish-taha ochadigan «guanako file»sini tayyor qilib qo'ydi. Hech kim noz qilib o‘tirm adi, hamma ham bu «tang-rilar taomi»ga zo‘r ishtaha bilan o'zini urdi.
Lekin go‘shtni og'ziga oigan odam borki, basha-rasini burishtirib, uni tuflab tashladi.

1 0 5


— Tuf-e! Biram bemazaki! — dedi kim dir.
— Mutlaqo og‘izga olib bo‘lmaydi! — deb qo‘shib qo'ydi ikkinchisi.
Bechora olim o‘zi pishirgan go'shtni totib ko'rib, rost, och odamlar ham og‘ziga ololmaydigan go‘sht ekan, deb e’tirof qilishga majbur bo‘ldi. H am rohlari uni askiyaga oldilar, bunga o‘zi ham qo‘shilishib, «tangrilar taomi»ni m asxara qilib kula boshladi. U ham maning maqtoviga sazovor bo‘la oigan mazali guanako go‘shti qanday qilib bemaza bo‘lib qoldiykin, deb rosa bosh qotirdi. Shunda lop etib miyasiga bir fik r keldi...
— Topdim! — deb yubordi u. — Sababini topdim! Gapning nimada ekanini bilaman endi!
— Bu go‘sht uzoq yotib, buzilib qolgan bo‘lsa ke-rak, a? — deb kesatdi xotirjam lik bilan Mak-Nabbs.
— Yo‘q, achchiq so‘z do‘stim , bu go'sht ko‘p yotib emas, ko‘p chopib buzilib qolgan. Shuni ham esimdan chiqarib qo‘yibman-a!
— Bu bilan nima demoqchisiz, janob Paganel?— deb so'radi Tom Ostin.
— Guanakoni dam olib yotgan vaqtda otib olsangiz go‘shti shirin bo'ladi, demoqchiman. Agar ketidan uzoq quvgan bo‘lsangiz-u, u ko‘p chopgan bo'lsa, gua-nakoning go‘shtini yeb bo‘lmaydi. Jarkop nihoyatda bemaza bo‘lib pishganining sababi ham shundaki, bu jonivor, umuman, butun poda uzoqdan kelayotgan ekan.
— Siz bunga am inm isiz?— deb so‘radi Glenarvan.

— Tamomila aminman.

— Lekin ularni qanday sabab, qanday tabiiy hodisa qo‘rqitib, tinchgina uxlab yotgan yeridan qochishga m ajbur qildi ekan?

— Men bu savolingizga javob berishdan ojizman, aziz Glenarvan. Bu masalada ortiqcha bosh qotirib o‘tirishning foydasi yo‘q, kelinglar, yaxshisi yotib


uxlaylik . M ening o‘lgudek uyqum kelib tu rib d i. Xo‘sh, mayor, uxlaymizmi?

— Uxlaymiz, Paganel!

0 ‘choqqa o‘tin tashlab qo'ydilar, so‘ng har kim o‘z ponchosiga o'ralib, uxlagani yotdi. Ko‘p o'tm ay ham-ma hurrak to rta boshladi, bu xurraklar orkestri ichi-da geografiya olimining bahodirona tortgan xurrak tovushi alohida ajralib turardi.

1 0 6


Faqat G lenarvanning ko‘ziga uyqu kelmadi. Uni allaqanday bir tashvish kelib bosgan edi. G lenar­ vanning fikri yana va yana hammasi ham b ir tomon-ga qarab tiraqaylab qochayotgan guanakolar podasiga qaytib kelaverdi. U larni yirtqich hayvonlar quvib ke-layotgan bo‘lishi mumkin emasdi, chunki tog‘ning bunday baland yerlarida yirtqich hayvonlar deyarli yo‘q, ovchilar esa undan ham kam uchraydi. Antuko jarlariga o‘zini urishga ularni nim a m ajbur qildi ekan? Glenarvan allaqanday falokat yaqinlashib ke-layotganini oldindan sezib turardi.
Lekin m udroq aralash uning fik rla ri boshqa

n arsalar ustiga ko'chdi, xavotirlik um id bilan al-


mashindi. E rtaga u o‘z ham rohlari bilan K ordilerdan tushib oladi. Pastda kapitan G rantni astoydil qidirish ishlari boshlanadi, ehtimol, ko‘p o'tm ay uni topishar. Glenarvan kapitan G rant bilan uning ikki m atrosini asirlikdan qutqarishlari to ‘g ‘risida shirin xayol surib yotdi. Bu m anzaralar birin-ketin uning ko‘zi oldidan o'taverdi. Goh-gohda chirs etib o‘choq ustida uchgan uchqun yoki lov etib yonib uxlab yotgan ham rohlari-ning yuzini yoritgan va kazucha devorlariga soya tushirgan o‘t uning fikrini bo'lar edi. Keyin yana har xil vahimali xayollar kelib, uni bosar edi. U tashqari-dan eshitilgan tiq etgan tovushga ham uyqu aralash quloq solib yotar, lekin bunday balandlikda u nim aning tovushi bo'lishi m um kinligini izohlab berolm asdi.
Qulog‘iga uzoqdan m om aqaldiroq tovushiga o'xshash gulduragan tovush eshitilganday bo'ldi, lekin bu tovush osmondan kelmasdi. A ftidan, bu — sayohatchilarim iz tu rgan yerdan bir necha ming fu t pastda, tog‘ yonbag‘rida quturayotgan momaqaldi-roqning ovozi edi. Glenarvan buni o‘z ko‘zi bilan ko'rish uchun kazuchadan tashqari chiqdi.
Oy chiqib kelmoqda. Havo tiniq, tiq etgan shamol yo‘q. Yuqorida ham , pastda ham bir parcha bo'lsin bulut ko‘rinm aydi. U yer-bu yerda o‘t purkab yotgan A ntuko vulqonining cho‘g‘lari yalt etib ko‘rinib qola-di. Na momaqaldiroq bo'lmoqda, na chaqmoq chaq-moqda. Osmonda m inglarcha yulduz porlab turibdi. Lekin gum burlagan tovush tinm as, K ordiler bo'ylab harakat qilib, tobora yaqinlashib kelayotgandek tuyu-lardi. Glenarvan yana ham battarroq tashvishlangan holda kazuchaga qaytib kirdi. Bu yer ostidan kelayot-

1 0 7


gan gum burlashlar bilan guanakolar podasining qochishi o‘rtasida qanday bog‘lanish bor ekan-a? Biri-birining natijasi emasmikan? U soatiga qaradi. Tungi ikki. Biror xavf yaqinlashib kelayotganiga aniq ishon-chi bo‘lmagani uchun dong qotib uxlab yotgan o‘rtoq-larini uyg‘otm adi, o‘zi ham bir necha soat yarim uyg‘oq holda to ‘lg‘anib yotdi.
Birdan dahshatli gum burlagan tovushni eshitib, u sakrab o'rnidan turib ketdi. Bu to ‘p snaryadlari ortib, tosh ko‘chani gum burlatib ketayotgan son-sanoqsiz aravalar tovushiga o‘xshar edi. Glenarvan oyog‘i os-tidagi yer larzaga kelayotganini sezib qoldi; kazucha lapanglab ketdi, devorlari yorildi.

— Trevoga! — deb qichqirdi u.


H am rohlari darhol uyg‘ondilar. Endi ham m alari to ‘p bo‘lgan holda yumaloq yostiq bo‘lib, tik yon-bag‘irdan pastga tushib keta boshlagan edilar. Tong yorug‘ida ularning ko‘zi oldida dahshatli m anzara ochildi. Tog‘larning qiyofasi birdan o‘zgardi: ular pastroq bo‘lib qoldi; uchli tog‘ cho‘qqilari tebranib-tebranib turib, o‘raga tushib ketgandek birdan g ‘oyib bo‘lib qolardi. K ordiler tog'lariga xos hodisa yuz bermoqda edi1. Bir necha mil masofaga cho‘zilgan tog‘ tizm alari o‘rnidan ko‘chib, pastlikka qulab tushmoq-da edi.
Paganel:

— Zilzila! — deb qichqirdi.


Geograf yanglishmadi. Bu Chilining tog‘li chega-ralarida odat tusiga kirib qolgan tabiiy ofatlardan biri edi: o‘n to ‘rt yil ichida Kopiapo ikki m arta yakson qilib tashlangan, Sent-Yago esa to‘r t m arta vayron qilingan. Yer sharining bu qismi yer osti o‘tlarining harakatiga ayniqsa ko‘p duchor bo'ladi, bu tog‘ tiz-m alaridagi yaqinginada vujudga kelgan vulqonlar-ning klapani esa yer osti bug‘lari va gazlarining chiqib ketishiga yetarli darajada xizm at qila olmaydi-

lar. Mahalliy tilda

tram blores deb atalgan to ‘xtovsiz




zilzilalarning sababi ana shu.

to g ‘ toshlari




K o‘chib tushib

kelayotgan yassi




orasida qo'rqib ketganidan dovdirab

qolgan, to ‘rt



11820-yilda Monblan tog‘ tizm alarida xuddi shunga o'xshash tabi-at hodisasi yuz bergan edi. U dahshatli ofat paytida sham unlik uchta yo‘l boshlovchi halok bo'ldi. (M u a l li f izohi.)


1 0 8


atrofda o'sib yotgan lishayniklarga yopishib oigan yetti kishi kurer poyezdi tezligida, ya’ni soatiga ellik mil tezlik bilan pastga tushib borar edilar. Bu falokat-dan qochib qolish yoki o‘zini bir chetga olish u yoqda tursin, hatto qichqirishning ham iloij yo‘q edi. Yer

osti gum bur-gum buri,

granit va

bazalt qoyalarning

bir-biriga urilishidan

hosil

bo‘lgan

shovqin,

qor

to ‘zoni fikr alm ashinishga

sira

yo‘l

qo‘ym as,

aslo

birov-birovining gapini eshitib bo‘lmasdi. Y axlit tog*

tizm alari goh tekis

tushib borar, goh

to'lqin

quturib

tu rg an dengizdagi

kema

singari

u

yoq-bu yoqqa

chayqalardi. U yo'lda uchragan

ja rlik lar

ustidan

o‘ta r, tog* jinslaridan hosil

bo‘lgan

xarsanglar tash-

lab asriy daraxtlarini tag -tugi bilan qo‘porar, bahay-bat bir o‘roqday sharqiy yonbag‘irdagi do‘ngliklarni tekislab, pastga tushib borar edi.
Ellik graduslik qiyalikdan pastga qarab borgan sari tezlashib uchib kelayotgan bir necha m illiard ton-nali bu bahaybat m assaning butun qudratini hatto ta sa w u r qilish ham qiyin!
Bu tasvirlab bo'lm aydigan ko‘chishning qancha vaqt davom etganini sayohatchilardan hech kim aytib berolm asdi. Ko‘chib ketayotgan bu bahaybat tog* massasi qaysi jarga tushib to ‘xtashini ham ulardan hech kim bilmasdi. H ozir ularning ham masi tirikm i yoki birontasi allaqachon biror jar tagida dabdala bo‘lib yotibdimi — buni ham hech kim aytolm asdi. Tezlikdan nafaslari tiqilib, qaqshatg'ich sham olda sovuqqa qotib, qor to ‘zonida ko‘r bo‘lgan, holdan toy-gan, deyarlik butunlay hushini yo‘qotgan sayohatchi-lar zo‘rg ‘a nafas olar, o‘z jonini saqlab qolish instink - tigina ularni qoyalarga tarm ashishga m ajbur qilardi.
Birdan qudratli siltov ularni ko‘chib tushayotgan oroldan ajratib oldi, ular tog'ning so'nggi etagidan pastga dumalab keta boshladilar. U lar tushib kelayot­ gan yassi tog* birdan taqqa to'xtadi.
B ir necha m inutgacha hech kim qim irlam adi. Nihoyat sayohatchilardan biri o'rnidan tu rd i. Siltov paytida qulog'i kar bo'layozgan esa-da, u oyoqlarini mahkam bosib turardi. Bu mayor edi. U ko'zlarini to ‘ldirib yuborgan changni artib, atrofini ko‘zdan kechirdi. Yoni-verida biri ustiga biri m ingashib, ham-rohlari yotishardi. Hammasi tosh-tuproqqa qorishib yotar, faqat bittasi — Robert G rant yo‘q edi.

1 0 9



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish