0 ‘ n i k k i n c h i b o b
0 ‘N IKKI MING FUT BALANDLIKDA
Chilidan o‘tishda safar shu paytgacha hech qanday qiyinchiliksiz davom etdi. Lekin endi tog‘ sayohati bi-lan bog'liq bo‘lgan barcha qiyinchiliklar va xavflar bir yo'la uchray boshlashi kerak edi. Tabiiy qiyinchiliklar bilan kurash boshlanmoqda edi.
Yo'lga chiqishdan oldin muhim bir qarorga kelish, ya’ni keyinchalik belgilangan yo‘ldan og‘ib ketm aslik uchun K ordilerdan qaysi yo‘l bilan oshib o‘tishlarini aniqlab olish kerak edi. K atapatsning fikrini so‘rash-di.
— Men K ordilerning bu qism ida xachir bilan o‘tish m um kin bo‘lgan faqat ikkita dovonni bila-man, — deb javob berdi u.
— Siz Valdivia Mendosa ochgan A rika dovonini
nazarda tu ty ap siz, shundaym i? — deb so 'rad i Paganel.
— Ha.
— Ikkinchisi, Viarika dovoni to ‘g‘rim i?
— To‘ppa-to‘g‘ri.
Lekin bu dovonlarning bittasi ham bizga to ‘g ‘ri kelmaydi, do‘stim , nega desangiz ulardan biri bizning yo‘lim izdan ancha shimolda, ikkinchisi esa ancha janubda.
— 0 ‘zingiz boshqa bir yo‘l ko‘rsatolmaysizm i? — deb so‘radi mayor geografiya olimidan.
— K o'rsata olaman, — dedi Paganel, — men Antuko vulqoni yonidan o'tadigan 37°3' janubiy keng-likdagi yo'lni nazarda tutam an, u bizning yo‘limizdan taxm inan yarim graduscha chetdan o‘tadi. Yana tag'in, u nihoyati yetti ming fu t balandlikdan o'tadi.
— Juda soz! — dedi Glenarvan. — K atapats, siz ham bu dovonni bilasizmi?
9 2
— Ha, bu dovondan bir o‘tgan edim, lekin bu yo‘l tog‘ning sharqiy yonbag'ridan hind cho'ponlari poda haydab o'tadigan yolg'izoyoq so‘qmoq yo‘l bo‘lgani uchun indam agan edim.
— Hechqisi yo‘q, do‘stim , — dedi Glenarvan, — biya ho‘kiz va qo‘y podalari o‘ta oigan joydan biz ham o‘tamiz. Rostki u yo‘l bizni o 'ttiz yettinchi paral-leldan olib yuradim i, o‘sha yo‘ldan borm og'im iz ke-rak.
Darhol yo‘lga chiqish uchun signal berildi, otryad katta -katta ohak toshlar orasidan yurib, Las-Lexas vodiysiga kirib ketdi. Yo‘l sezilar-sezilmas ko‘tarila borardi. Ertalab soat o‘n birlarda kichikroq bir ko‘lni aylanib o‘tishga to ‘g ‘ri keldi. Bu tabiiy suv ombori go‘yo bir-biriga hamma qo'shni daryochalarning va’-dalashib uchrashadigan joyi edi: ular shildirab oqib kelib, m usaffo ko‘l suvida jim gina qovushlar edilar. Shu ko'lning yuqorisidan toqqa qarab lyanoslar, ya’ni hindular mol boqadigan boshoqli o ‘sim liklar to ‘la keng adirlar boshlanar edi. Ko‘p o'tm ay, otryad janub va shimolga cho'zilib ketgan botqoqlikka duch keldi. U yerdan faqat xachirlarning in stin k ti soyasidagina eson-omon o'tib ketdilar. Soat birga borib, Ballenare qal’asi ko‘rindi, bal and qoya ustida qad ko'targan bu qal’aning yarim xaroba devorlari cho'qqiga kiygizil-gan tojga o'xshab turardi. O tryad qoya yonidan o‘tib ketdi. Yo‘l tik tosh yo‘lga aylana bordi; xachirlar oyog‘i ostidan ko‘chgan tosh suron ko'tarib, pastga otilar edi. Soat uchlarda 1770-yil qo‘zg‘oloni vaqtida vayron qilingan boshqa bir qal’aning xushm anzara xarobalari ko‘rindi.
Shu yerdan boshlab yo‘l qiyingina emas, hatto xavfli bo‘lib qoldi. U tobora tikkalashib, jarliklar chuqurlashib, ular yoqasidan o‘tgan so'qmoq tobora torayib bordi. X achirlar boshini egib, yo'lini hidlab-hidlab, ehtiyot bilan ilgarilab borar edilar. Oldinma ketin tizilib borishar edi. Ba’zida oldinda ketayotgan madrila tik m uyulishda birdan ko‘zdan g'oyib bo‘lar-di, bunday paytda kichkina karvon uning uzoqdan eshitayotgan qo‘ng‘iroq tovushiga qarab boraverar edi. Ko‘pincha ilon izi bo‘lib ketgan so'qmoq bo‘linib ketar, ikki qator bo'lib yurishga imkon tu g 'ilard i, shunday paytlarda katapats kengligi nihoyati ikki sajen chiqar-chiqm as, lekin chuqurligi ikki yuz sajen
9 3
keladigan o‘tib bo‘lmas o'pqon osha o‘z peonlari bilan gaplashib borardi.
Bu yerlarda o‘t hali toshga so‘z bermay, ular orasi-dan chiqib o‘sib yotar, lekin hademay m inerallar dun-yosi o‘sim lik olami ustidan g'alaba qilajagi sezilib tu-rardi. A ntuko vulqonining yaqinligi goh unda, goh bunda ko‘zga chalinib qolayotgan, ninasimon sariq k ristallar bilan qoplanib, qotib qolgan ternir rangli la va oqimidan sezilib turardi. Biri ustiga biri min-gashib ketgan qoya toshlar m uvozanat qonuniga xilof ravishda o‘z joyidan qimirlamay tu rar, mana hozir ustlaridan bosib tushadiganday ko‘rinardi. Yer qimir-lash paytida bu yerlar o‘z qiyofasini osonlik bilan o‘zgartirib yuborishi mumkin edi, albatta. Bir yonga qiyshaygan nayza uchli cho‘qqilarni, gumbazsimon tosh uyum larini, yonboshlatib qo‘yil£&n tepalarni ko'rganda bu tog‘lik yerlarning hali tamom tashkil topib bitm agani ravshan bo'lib qolardi.
Bunday sharoitda yo‘lni topib yurish oson ish emas. K ordiler yer osti qatlam ining deyarlik tinm ay tebratib tu rish i yo‘lni tez-tez o‘zgartirib yuborar, undagi belgilar ko'pincha yo‘qolib ketardi. Shuning uchun katapats ikkilanib tez-tez to ‘xtab qolardi. U to'xtab, atrof-tevarakni ko‘zdan kechirar, qoyalar-ning shakliga diqqat qilar, tez maydalanib ketadigan toshlar orasidan hindularning oyoq izini ax tarar edi. Lekin, aftidan, m o'ljal qilib yo‘l yurishning iloji qol-madi.
G lenarvan yo‘l boshlovchidan ajralm ay, qadam-baqadam uning ketidan bordi. Yo‘l yurish qiyinlash-gan sari katapatsning ikkilanishi ortayotganini ko‘rib va sezib tu rardi. U faqat xachirlardagina emas, ehti-mol yo‘l boshlovchilarda ham ishonsa bo'ladigan instinkt bordir degan umidda unga savol berm as edi.
Shu tarzda katapats tavakkaliga yana bir soatcha adashib yurdi, lekin tobora toqqa ko 'tarilav erd i. Nihoyat u to ‘xtashga m ajbur bo‘ldi. Otryad hindular «kebradas» deb ataydigan tor daralardan birining tagida edi. Tik ketgan bir porfir qoya yo‘lni to ‘sib qo‘ydi. 0 ‘tib ketish uchnu yo‘l axtarib rosa ovora bo‘lgach, katapats xachirdan tushdi-da, qo'llarini ko‘ksida qovushtirib, payt poylayotganday jim turib qoldi. G lenarvan uning oldiga keldi.
— A dashdingizm i? — deb so‘radi u.
9 4
— Yo‘q, ser, — deb javob berdi K atapats.
— Lekin biz hozir Antuko yo‘lida emasmiz-ku?
— Biz shu yo‘ldamiz.
— Yanglishayotganingiz yo‘qmi?
— Yanglishayotganim yo‘q. A na hindular yoqqan gulxanning kuli, anavilar esa biya va qo‘y podalari qoldirgan iz.
— Demak, ilgari bu yo‘ldan o ‘tish m um kin ekan-
da?
— Ha, o 'tsa bo'lardi, lekin endi o‘tib bo‘lmaydi: oxirgi yer qim irlash bu yo‘lni o‘tib bo‘lm aydigan qilib berkitib tashlabdi.
— X achirlar o‘ta olmasligi m um kin, lekin odam o‘ta oladi, — deb gap qistirdi mayor.
— Bu endi sizning ishingiz, — dedi katapats, — men qo‘limdan kelgan hamma ishni qildim . A gar lo-
zim topsangiz, biz xachirlar bilan orqaga qaytib,
K ordilerdan o'tish mumkin bo'lgan boshqa yo‘l ax-
tarib ko‘ramiz.
— Bu qancha vaqtim izni olishi mum kin?
— Kamida uch kun.
Glenarvan bu gaplarga indamay tu rib quloq soldi. K atapats bo'yniga oigan m ajburiyatni halol bajarish-ga harakat qilayotgani aniq ko‘rinib tu rard i, lekin uning xachirlari nari borolmasdilar. K atapats orqaga
qaytishni tak lif qilganda G lenarvan ham rohlariga o‘girilib, so'radi:
— Nima bo‘lsa ham shu yo‘ldan qolmay, safarni davom etdirishga rozimisizlar?
— Biz sizdan qolmaymiz, — dedi Tom Ostin.
— H atto sizdan o‘tib ketam iz, — deb qo'shib qo‘ydi Paganel. — Bunday o‘ylab qaraganda, gap ni ma to ‘g ‘rida boryapti? N arigi yonbag'irning qiyaligi hozir biz turgan tomonning qiyaligiga qaraganda an
cha tekis
|
bo‘lgan bir tog‘ tizm asidan oshib
|
o‘tish
|
to ‘g‘risida boryapti. Tog‘ning
|
narigi
|
etagiga
|
tushib
|
olgach,
|
biz argentinalik
|
yo‘l
|
boshlovchi —
|
bakeanoslar ham, tekis qirlarda tez yuradigan uchqur otlar ham topib olamiz. Hech qanday ikkilanm asdan, olg‘a!
— 01g‘a! — deb uning so‘zini q u w atlash d i Glenarvanning ham rohlari.
— Siz ham biz bilan borm aysizm i?— deb so'radi katapatsdan Glenarvan.
— Men xachir haydovchiman,— deb javob berdi katapats. — Ixtiyoringiz.
— Usiz ham bir amallaymiz, — dedi Paganel. — Tog‘dan oshib o‘tgach, yana A ntuko yo‘lining so‘qmog‘iga tushib olamiz-ku, axir. Eng yaxshi ma-halliy yo‘l boshlovchidan ham yaxshiroq yo‘l boshlab, K ordilerning etagiga olib tushish mening bo‘ymmga.
Glenarvan katapatsning haqini to ‘ladi-da, peonlari va hachirlari bilan birga unga javob berib yubordi. Qurollar, kerakli asbob-uskuna va bor oziq-ovqatni yetti sayohatchi o‘zaro bo'lishib oldilar. Darhol yo‘lga tushish va agar kerak bo‘lib qolsa, tunda ham bir necha soat yuqoriga ko‘tarilib borish to ‘g ‘risida umu-miy bir fikrga kelindi. Tog‘ning so‘l yonbag‘rida xachirlar o‘tolmaydigan tik so‘qmoq ilonizi bo‘lib cho‘zilib ketgan edi. Bunday so‘qm oqdan toqqa ko‘tarilish haddan tashqari qiyin bo‘lishiga qaramay, ikki soatli zo‘r berishdan keyin Glenarvan bilan ham-rohlari yana Antuko yo'liga tushib oldilar.
Endi ular K ordiler tizm alariga yaqinlashib qolgan edilar. Lekin atrofda odam bosib o'tgan yo‘l ko'rin-mas, yaqinda bo‘lib o‘tgan zilzila bu yerlarning qiyo-fasini tamom o‘zg artirib yuborgan edi, shuning uchun endi tog‘ cho‘qqilariga hech qanday yo‘lsiz ko‘tarilishga to ‘g ‘ri keldi. Yo‘lning birdan yo'qolib qolishi Paganelni juda shoshirib qo‘ydi. Balandligi o'rtacha olganda o‘n bir ming futdan o‘n ikki ming olti yuz futgacha yetadigan K ordiler cho‘qqilari tepasiga yetib olish juda qiyinlashib ketadigan bo‘ldi, deb o‘yladi u. Sayohatchilarning baxtiga, yilning eng yaxshi payti edi: havo tinch, osmonda qilt etgan bulut yo‘q. Qish oylarida — maydan oktabrgacha1 — tog‘ tepasiga chiqish sira mumkin bo‘lmasdi. Qor ko'chki-lari sayohatchilarni halok qilar, ulardan omon qolgan
kishilarni esa, yil sayin yangi-yangi qurbonlarni K ordilerdan tagsiz jarlarga otib tashlaydigan rahmsiz tem poraleslar (mahalliy bo‘ronlar) yo‘q qilardi.
Sayohatchilar kechasi bilan toqqa ko‘tarilish n i
davom etd ird ilar. U lar goh deyarlik sira chiqib
bo'lm aydigan joylarga tarm ashib chiqishlar, goh keng va chuqur yoriqlar ustidan sakrab o‘tib ketishardi.
1Janubiy yarim sharda qish Shimoliy yarim shardagi yoz oylariga to ‘g ‘ri keladi.
Bunday paytlarda ham rohlarning yelkalari b ir-biri
uchun
|
zina
|
vazifasini
|
o 'ta r,
|
bir-birlariga
|
uzatilgan
|
q o 'llar
|
esa
|
arqon vazifasini
|
bajarardi.
|
J a s u r sayo-
|
hatchilar allaqanday
|
epchil
|
akrobatlarga
|
o‘xshab
|
tu sh ard ilar.
|
M yulredining kuchi bilan
|
V ilsonning
|
epchilligi juda ish berdi. Bu ajoyib, fidokor va har yer-da hoziru nozir shotland yigitlari bo'lm aganda kichki-na otryad necha m artalab to ‘xtab qolishi tu rg an gap edi. Glenarvan Robertdan ko‘z uzmay borardi, chunki bola juda o‘t bo'lganidan o‘zini hech ehtiyot qilmas ei. Paganel fransuzlarga xos qizg‘inlik bilan olg‘a intila-di. Mayorga kelsak, u zarur bo'lganida boshqa bironta ham ortiqcha h arak at qilm ay to'xtovsiz yuqoriga ko‘tarilib borar edi. Umuman, mayor bir necha soatdan beri toqqa ko'tarilayotganini sezyaptimikan? Bu savol-ga javob berishi m ushkul edi. Ehtimol, u o‘zini tog‘dan tushayotgandek sezayotgandir.
Ertalab soat beshda barom etr sayohatchilarning yetti ming besh yuz fu t balandlikka chiqqanlarini ko'rsatdi. Ular yog‘och o'sim liklar tugaydigan yassi tog‘liqqa yetgan edilar. Bu yerlarda ovchilarni ham xursand qiladigan, ham boy qiladigan hayvonlar sakrashib yurar, lekin bu xususiyatlarini o‘zlari ham yaxshi bilganlaridan, odam larni uzoqdan ko 'rish bi-lanoq ura qochar edilar. Bu q o ‘y r iin g ham, ho'kizning ham, otning ham o'rniga o‘ta oladigan, h atto xachir tirikchilik qilolmaydigan balandlikda ham bahazur yashay oladigan lam alar edi. Bu yerlarda m o'ynasi qim m at turadigan, quyon bilan qo‘shoyoq o‘rtasidagi kichkinagina, hurkak, beozor kemiruvchi hayvon — shinshilla yashar edi. U orqa oyoqlarida tu rsa kengu-ruga o'xshab ketardi. Bu chaqqon jonivorning olma-xonga o'xshab darax tlar tepasida yugurib yurishini tom osha qilish juda maroqli edi.
— Bu hali qush emas, lekin oyoqli ham emas, — dedi Paganel.
Lekin toqqa k o 'tarilish paytida kichkina otryad uchratgan jonivorlar lama bilan shinshillagina emas edi. To'qqiz ming fu t balandlikda, abadiy erim ay yotadigan qorlar boshlanadigan joyda kavsh qaytara-digan nihoyatda chiroyli hayvonlar poda-poda bo'lib yurardi, bular: yungi ipakdek mayin, uzun tolali bo‘lgan pakoslar va yungi nihoyatda nozik, o‘zi chi royli va yuvosh vigon — shoxsiz echkilar edi. Lekin
4 Kapitan Grant bolalari. 97
bu tog‘ go‘zallariga aslo yaqinlashib bo‘lmas, xato yaxshilab tomosha qilish ham qiyin edi, chunki ular ko'zni qam ashtirar darajada oppoq qor gilam lari ust'i-dan sirpanib, hech qanday shovqin-suronsiz ura qochib qolar edilar.
Manzara butunlay o‘zgardi: to 'rt tomonda osmon-ga bo‘y cho‘zgan, ba’zi yerlari ko‘kish, yaltiroq katta-katta muz parchalari ko'tarilib kelayotgan quyosh-ning ilk nurlari ostida jilvalanardi. Toqqa ko‘tarilish juda xavfli bo‘lib qoldi. Endi qor ustida biror yoriq yo‘qmikan deb oldindan ehtiyot bilan paypaslab ko‘rmasdan tavakkaliga oyoq bosib bo'lm asdi. Vilson otryad oldida oyog'i bilan muzning qanchalik mus-tahkam ligini sinab ko‘rib borar edi. Uning ham-rohlari xuddi u bosgan yerga oyoq bosishga harakat qilib, uning ketidan borishar, qattiq gapirm aslikka tirishar edilar, chunki salgina shovqin ham havoni titratib , tepalarida, yetti yuz-sakkiz yuz fu t baland-likda uyulib yotgan qorlarni ko‘chirib yuborishi mumkin edi.
Sayohatchilarim iz shu tarzd a changalzorlar m intaqasiga yetib oldilar; yana bir ming yetti yuz fu t ko‘tarilganlarida changalzorlar boshoqli o‘sim liklar va kaktuslar bilan almashindi. 0 ‘n bir ming fu t ba-landlikda ular ham yo'qoldi. Unumsiz tog‘ bag‘rida endi hech qanday o‘simlik ko‘rinm as edi. Butun bu ko‘tarilish paytida sayohatchilar faqat bir m arta, er-talab soat sakkizda birpasgina dam oldilar. Tezgina, nari-beri ovqatlanib olib tobora ortib borayotgan xavf-xatarlarni pisand qilmay, m ardlik bilan yana toqqa tarm ashdilar. Ular nayza uchli tog‘ o'rkachla-ridan, pastga qarashning o‘ziyoq kishini dahshatga soladigan o‘pqonlar yoqasidan o‘tib bordilar. Ko‘pgi-na joylarda ilgari bu yerlarda yuz bergan falokatlar-dan guvohlik berib, yog‘och butlar qaqqayib turardi. Kunduz soat ikkilarda faqat toshdan iborat bo'lgan, cho‘qqilar orasida cho'zilib yotgan va hech qanday o‘simlik zoti o‘smaydigan taqir cho‘lga o'xshagan yassi tog‘liklar boshlandi. Havo quruq, osmon ko‘m-ko‘k. Bunday balandlikda yom g'ir mutlaqo yog‘may-di: namlik bu yerlarda yo qorga, yo do‘lga aylanib ke-tadi. U yer bu yerda skelet suyaklari singari oppoq qor ostidan p o rfir va bazalt cho‘qqilar so‘rrayib chiqib turardi. Ba’zan shamol yalab yem irilishi nati-
9 8
jasida
|
kvars
|
yoki gneys jinslari
|
gum burlab ko‘chib
|
|
tu sh ard ilar;
|
siyraklashib
|
qolgan
|
havo
|
ularning
|
|
tovushini deyarli o'tkazm as edi.
|
|
k o 'rsatm asin lar,
|
|
Sayohatchilar
|
qancha
|
jaSorat
|
|
baribir charchab
|
qoldilar.* H am rohlarining bunchalik
|
|
toliqib
|
qolganlarini ko‘rgan
|
G lenarvan
|
u larn i
|
|
tog'ning buqadar baland yerlariga boshlab kelganiga pushaymon qila boshladi. Yosh Robert charchoqqa so‘z berm aslikka tirishardi, lekin uning kuchi tugab bormoqda edi.
Soat uchda Glenarvan to ‘xtadi.
— Dam olish kerak, — dedi u, o‘zi aytm asa hech kim dan bunday gap chiqmasligini sezib.
— Dam olish kerak -ku, lekin qayerda dam olamiz? — deb so‘radi Paganel. — Bu yerda dam oladigan joy yo‘q-ku.
— Baribir dam olish zarur, juda bo‘Imasa Robert uchun.
— Yo‘q, ser, men hali yura olam an... — deb e’tiroz bildirdi jasur yigitcha. — To‘xtam anglar...
— Seni ko‘tarib olishadi, o‘g ‘lim, — deb uning so‘zini bo‘ldi Paganel, — lekin biz har nim a qilib bo‘lsa ham tog‘ning sharqiy yonbag'riga yetib oli-shimiz lozim. U yerda dam oladigan biror chayla-pay-la topsak ham ajab emas. Ana shuning uchun, menim-cha, yana ikki soatcha yurishim iz kerak.
— Shunga rozim isizlar? — deb ham rohlarining rayini so‘radi Glenarvan.
— Rozimiz, — deb javob berdi hamma.
— Bolani men o‘zim ko‘tarib olaman, — dedi Myulredi.
Shundan so‘ng otryad sharqqa qarab yana yo‘lga tushdi. Toqqa chiqishdek nihoyatda m ashaqqatli yo‘l yana ikki soat davom etdi. Tog‘ning eng baland cho‘qqisiga yetib olish lozim edi. Havo siyraklashib ketgani uchun nafas olish qiyin bo‘lib qoldi, sayo-hatchilarning milk va lablari qonab keta boshladi. Havo siyrakligi natij asida sekinlashib qolgan qon yurishini tezlatish uchun tez-tez nafas olishga to ‘g ‘ri kelardi, bu esa qorda aks etib, ko‘zni qam ashtirayot-gan quyosh nuridan ham ko‘proq charchatar edi. Sayohatchilarning irodasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, ularning eng baq u w atlari ham holdan toyib qoldi, tog‘larda yurgandagi eng yomon hol — bosh aylanish
ularni jism oniy kuchdangina emas, balki ruhiy quv-vatdan ham mahrum qildi. Bunday haddan tashqari charchoqni nazar-pisnd qilmasalikning sira ham iloji yo‘q, sayohatchilardan goh bittasi, goh ikkinchisi yiqilib qolar, qaytib turgandan keyin esa yurishga qurbi kelmay, emaklab sudralib yo‘lida davom etardi. Bu nihoyatda holdan toygan odam larning ko‘p o‘tm ay sira ham siljiy olmay qolishlari aniq ko'rinib turardi. Glenarvan muz va qor bilan qoplangan bu cheksiz, m ash’um o'lkaga, bo‘m-bo‘sh cho'qqilarni qora parda-ga o'rab kelayotgan kechki g ‘ira-shira qorong‘ulikka qo‘rqib-qo‘rqib qarar va atrof-tevarakda b itta ham boshpana yo‘q-a, deb alam bilan o 'y l a r ekan, birdan mayor uni to ‘xtatib, bam aylixotir:
— Cnayla, — dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |