Lekin Glenarvan yanglishdi.
Yo‘lga chiqish paytida Talkav g‘alati qilib qattiq hushtak chaldi, shu zahotiyoq yaqin oradagi chakalakdan baland bo'yli ajoyib bir ot chiqib keldi. Bu chiroyli kuchli, mag‘rur, asov, dovyurak qorato'riq ot edi. Uning kallasi kichkina, nihoyatda kelishgan bo‘lib, kishnaganda burun teshiklari keng kerilar, ko'zlarida o‘t chaqnardi, oyoqlari baquwat,
125
yoli uzun, ko‘krakdor — xullas, kuchli, chayir ekan-ligi shunday ko‘rinib turardi. Ot zotidan yaxshi xabardor bo‘lgan Mak-Nabbs pampas otlarining bu chiroyli namunasidan ko‘z uzolmay qoldi; mayor bu go‘zal jonivorning ingliz gunteriga o'xshash ketadi-gan joylari borligini aniqladi. Bu uchqur otning ismi «Tauka» ekan, patagón tilida bu so‘zning ma’nosi «qush» demakdir. Shubhasiz, bu ism unga juda ke-lishib tushardi.
Talkav bir sakrab o‘z Taukasiga mindi, ot darhol olg‘a otildi. Patagoniyalikka qaragan kishining zavqi kelardi: Talkav ajoyib chavandoz chiqdi. Uning egari-ga Argentina qirlarida rasm bo'lgan ikkita ovchilik quroli — bolas va lasso bog'lab qo'yilgandi. Bolas bir-biriga charm qayish bilan ulangan uchta shardan ibo-rat. Hindular bolasni quvib borayotgan dushman yoki hayvonlariga yuz qadam masofadan ham otaveradilar, yana shunday ustalik bilan mo‘ljallab otadilarki, u qochib ketayotgan kishi yoki hayvonning oyog‘iga o‘ralib, uni darhol yerga yiqitadi. Bolas mohirlik bi lan ishlata bilgan hindu qo'lida juda qo‘rqinchli qurol. Lasso esa hech qachon ovchining qo'lidan bu-tunlay chiqib ketmaydi. U ikkita pishiq qayishdan to‘qilgan, bir uchi sirtmoq qilinib, temir halqa o‘rnatilgan o‘ttiz futcha uzunlikdagi charm arqondan iborat. Ovchi bu sirtmoqni o‘ng qo‘li bilan uloqtiradi, chap qo‘li bilan esa uning egarga mahkam bog‘lab qo'yilgan uchini ushlab turadi. Yelkasiga osib oigan uzun karabin patagoniyalikning uchinchi quroli edi.
0 ‘zining mag‘rur, bamaylixotir, kelishgan xatti-harakatlari hamrohlarini qanchalik zavqlantirganini sezmay Talkav otryadning oldiga tushib, yo‘l boshla-di. Chavandozlar goh ot choptirib, goh mayda qadamlab bordilar, chunki Argentina otlari, aftidan, yo‘rtib yurishni bilmas edi. Robert egarda shunday mahkam o'tirar ediki, Glenarvan undan mutlaqo xavotir olmay qo'ydi.
Pampaslar Kordiler tog'larining xuddi etagidan boshlanadi. Ularni uch qismga bo‘lish mumkin: pas-tak daraxtlar va chakalaklar bilan qoplangan birinchi qismi Kordilerdan ikki yuz ellik milga cho'ziladi; ajoyib barra o‘tlar bilan qoplangan va eni to‘rt yuz el lik mil masofaga cho‘ziladigan ikkinchi qismi Buenos-Ayresdan bir yuz sakson mil narida tugaydi. B'u yer-
126
Do'stlaringiz bilan baham: |